Eshtaev Alisher Abdug‘anievichning

fan doktorlik (DSc) dissertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Globallashuv sharoitida turizm  industriyasini boshqarishning marketing strategiyasi (O‘zbekiston Respublikasi turizm tarmog‘i misolida)”, 08.00.05–Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti, 08.00.11–Marketing (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Iqt29.

Ilmiy maslahatchi: Bekmurodov Adxam Sharipovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSs.27.06.2017.I.18.01.

Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori,  professor, akademik; Ergashxodjaeva Shaxnoza Djasurovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Pardaev Olim Mamayunusovich, iqtisodiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot  universitetining Toshkent shahridagi filiali.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: globallashuv sharoitida O‘zbekistonda turizm industriyasini boshqarishning marketing strategiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

«Buyuk ipak yo‘li» brendi asosida  raqobatbardosh milliy turistik mahsulotni yaratish va jahon turizm xizmatlari bozoriga olib chiqishning marketing strategiyasi ishlab chiqilgan;

iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha mahsulotlar (tovarlar, ishlar, xizmatlar)ning statistik tasniflagichi tarkibiga turistlar sayohatini tashkil qilish, dam olish va sog‘lomlashtirish xizmatlarini kiritish orqali turizm xizmatini sotib olish va iste’molining har bir bosqichida olingan daromadlarni real baholash va nazorat qilish, kamchiliklarni aniqlash jarayonlari takomillashtirilgan;

turizm industriyasini boshqarishda mavjud risklar, tashqi omillar hamda trendlar ta’sirini inobatga olgan holdagi tarmoq salohiyatidan to‘la foydalanishda sub’ektlar faoliyati samaradorligining turistik mahsulotlar jozibadorligini differensiatsiyalash va diversifikatsiyalash, raqobatni kuchaytirish orqali oshirish asoslangan hamda hududiy turistik klaster modeli shakllantirilgan;

sanoat, savdo, transport va aloqa, asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar hajmining turizm sohasini milliy iqtisodiyotning strategik sektori sifatida rivojlantirishga ta’sirini korrelyasion bog‘liqlik asosida baholash usuli ishlab chiqilgan;

 turizm infratuzilmasi hamda turistik oqim hajmining iqtisodiy o‘sishini jadallashtiruvchi ta’sirini baholash asosida turizmni YaIMdagi ulushi qo‘shimcha o‘sishining uzoq muddatli 2019–2025 yillardagi prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Turizm industriyasini boshqarishda marketing strategiyasini qo‘llash yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:

raqobatbardosh milliy turistik mahsulotni yaratish va «Buyuk ipak yo‘li» brendini jahon turizm xizmatlari bozoriga olib chiqishning marketing strategiyasidan keng foydalanish masalasi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish  davlat qo‘mitasining 2017 yil 26 iyundagi 94p-sonli buyrug‘ida qamrab olingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish  davlat qo‘mitasining 2018 yil 28 dekabrdagi 01-22/8424-son ma’lumotnomasi). Mazkur marketing strategiyasining amaliyotga joriy qilinishi natijasida Markaziy Osiyo mintaqasi hududidan o‘tuvchi xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirishga va turistik resurslardan samarali foydalanishga imkoniyat yaratgan;

turizm sohasini strategik sektor sifatida rivojlanishini milliy iqtisodiyot tarmoqlarining bo‘linish tasniflagichi asosida tasnifiy ko‘rsatkichlarini takomillashtirish O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish  davlat qo‘mitasining 2017 yil 10 fevraldagi 20-sonli buyrug‘i bilan ishlab chiqilgan hujjatlarida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish  davlat qo‘mitasining 2018 yil 28 dekabrdagi 01-22/8424-son ma’lumotnomasi). Mazkur tasnifiy ko‘rsatkichlarni takomillashtirish amaliyotga joriy qilinishi turizm xizmatini sotib olish va iste’mol qilish jarayonining har bir bosqichida turizmdan olingan daromadlarni real baholash va nazorat qilish, kamchiliklarni aniqlashga imkoniyat yaratgan;

tavsiya etilgan turizm industriyasini boshqarishda hududiy turistik klaster modelini shakllantirishning konseptual yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish  davlat qo‘mitasining 2017 yil 24 yanvardagi 13-sonli buyrug‘i doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish  davlat qo‘mitasining 2018 yil 28 dekabrdagi 01-22/8424-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyaning amaliyotga joriy qilinishi klaster  tarkibiga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati samaradorligini oshirishga va mamlakatda mavjud bo‘lgan turistik resurslardan yanada to‘liqroq foydalanishga imkon yaratgan;

sanoat, savdo, transport va aloqa, asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar hajmining turizm sohasini milliy iqtisodiyotning strategik sektori sifatida rivojlantirishga ta’sirini korrelyasion bog‘liqlik asosida baholash usuli bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy tavsiyalar Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, shuningdek, mamlakatdagi turizm sohasi sub’ektlari faoliyatida  (14.02.2017 yildagi 21-sonli buyruq) qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2018 yil 28 dekabrdagi 01-22/8424-son ma’lumotnomasi). Mazkur sanoat, savdo, transport va aloqa, asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar hajmining turizm sohasini milliy iqtisodiyotning strategik sektori sifatida rivojlantirishga ta’sirini korrelyasion bog‘liqlik asosida baholash usuli natijasi kelgusida turizmni rivojlantirish vazifalarini samarali amalga oshirish hamda xorijiy va ichki tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatuvchi turdosh sohalar va tarmoqlarning hamkorlikdagi rivojlanishi uchun turizm sohasini tizimli yondashuvlar asosida rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishga imkon yaratgan;

O‘zbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini hamda turistik oqimning iqtisodiy o‘sishini jadallashtiruvchi ta’siri baholash asosida uzoq muddatli prognozlash bo‘yicha ilmiy tavsiyalar Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, shuningdek, mamlakatdagi turizm sohasi sub’ektlari faoliyatida (14.02.2017 yildagi 21-sonli buyruq) qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2018 yil 28 dekabrdagi 01-22/8424-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognozlashtirish natijasi kelgusida turizmni rivojlantirish vazifalarini samarali amalga oshirish hamda xorijiy va ichki tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatuvchi turdosh sohalar va tarmoqlarning hamkorlikdagi rivojlanishi uchun turizm sohasini tizimli yondashuvlar asosida rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish