Allambergenov Ilimpaz Xasanbaevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Akademik lisey-universitet tizimida matematik analiz asoslarini o‘qitishda uzviylikni ta’minlash metodikasi», 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (matematika) (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped377.

Ilmiy rahbar: Turgunbaev Riskeldi Musamatovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, Nukus davlat pedagogika instituti, Urganch davlat universiteti, DSc.28.12.2017.Ped.20.02.

Rasmiy opponentlar: Tojiev Mamarejab, pedagogika fanlari doktori, professor; Kamalov Amangeldi Bazarbaevich, fizika-matematika fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: akademik lisey-universitet tizimida matematik analiz asoslarini o‘qitishda uzviylikni ta’minlash metodikasini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

matematik analiz asoslarini o‘qitish uzviyligini ta’minlash modelining mazmunli-jarayonli komponenti matematik tilni rivojlantirish, ta’rif va teoremalarni o‘rganishda asosiy mantiq qonunlari va usullarini tatbiq etish hamda asoslangan mushohada yuritish kompetensiyalarini maqbul uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;

akademik lisey-universitet tizimida matematik analiz asoslarini o‘qitishga bo‘lgan metodik talablar (algoritmi, identiv o‘quv maqsadi) takrorlanadigan o‘quv elementlarini o‘zlashtirish darajasi (a), o‘quv axborotini bayon qilish tilini tavsiflaydigan abstraksiya pog‘onalari (b) yordamida aniqlashtirilgan;

matematik analiz asoslarini o‘qitish jarayonida qo‘llaniladigan nostandart va mantiqiy o‘quv topshiriqlar muammoni masalaga aylantirishni, masala echimining integrativ usulini izlashni, olingan natijani tekshirishni, echimning to‘g‘riligini isbotlashni talab etadigan Poyya universal sxemasi (masalaga muammo sifatida yondashuv) asosida ishlab chiqilgan;

o‘quvchilarning matematik bilimlarini rivojlantirishning interfaol (produktiv, kreativ, mental) texnologiyalari matematik analizning asosiy teorema va tushunchalarini to‘liq o‘zlashtirish, formal-mantiqiy va muammoli metodlarni uyg‘unlashtirish, tafakkur shakllarini koordinatsiyalash asosida takomillashtirilgan.

IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi

Akademik lisey-universitet tizimida matematik analiz asoslarini o‘qitishda uzviylikni ta’minlashga doir ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:

matematik tilni rivojlantirish, ta’rif va teoremalarni asosiy mantiq qonunlari va usullarini tatbiq etish asosida takomillashtirilgan matematik analiz asoslarini o‘qitish uzviyligini ta’minlash modelining mazmunli-jarayonli komponenti aniq fanlar uchun tasdiqlangan dasturi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 martdagi 89-03-899-son ma’lumotnomasi). Natijada matematik analiz fanini o‘qitishning modulli o‘quv dasturi ishlab chiqilgan va matematik analiz asoslarini o‘qitishning uzviyligi ta’minlangan;

akademik lisey-universitet tizimida matematik analiz asoslarini o‘qitishda o‘quv elementlarini o‘zlashtirish darajasi (a), o‘quv axborotini bayon qilish tilini tavsiflaydigan abstraksiya pog‘onalari (b) yordamida o‘quv materiallarini tizimlashtirishga doir takliflar asosida aniq fanlarga ixtisoslashgan akademik liseylarda chuqurlashtirib o‘qitiladigan matematika fanining ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2019 yil 22 fevraldagi 07-09/5-02/196-sonli ma’lumotnomasi). Natijada akademik lisey o‘quvchilari ta’limning keyingi bosqichida matematik analizni o‘zlashtirish ko‘rsatkichining oshishiga xizmat qilgan;

matematik analiz asoslarini o‘qitish jarayonida qo‘llaniladigan muammoni masalaga aylantirish, masala echimining integrativ usulini izlash, olingan natijani tekshirish, echimning to‘g‘riligini asoslashga doir nostandart, kombinator va mantiqiy o‘quv topshiriqlari, o‘quvchilarning matematik bilimlarini rivojlantirishning interfaol texnologiyalari matematik analizning asosiy teorema va tushunchalarini to‘liq o‘zlashtirish, formal-mantiqiy va muammoli metodlarni tafakkur shakllarini koordinatsiyalash yordamida ishlab chiqilgan kompleks metodni qo‘llashga doir metodik tavsiyalardan fan mashg‘ulotlarining soatlari bo‘yicha taqsimoti optimallashtirilib, analiz asoslarining ketma-ketliklar hamda funksiyaning limitiga bag‘ishlangan mavzulari bo‘yicha auditoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ta’limini tashkil etishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 mart 89-03-899-sonli ma’lumotnomasi). Natijada akademik lisey o‘quvchilarining matematik bilimlar sifati ortishiga, o‘qish motivatsiyasi kuchayishiga, mustaqil ishlash ko‘nikmalari va evristik tajribalari rivojlanishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish