Do‘monov Baxromjon Muxtorovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Umumta’lim maktablarida kimyoviy bilim, ko‘nikma va malakalarni samarali rivojlantirish» (amaliy mazmundagi mustaqil ishlar misolida), 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo) (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped246.

Ilmiy rahbar: Askarov Ibroxim Raxmonovich, kimyo fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti,  Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.28.12.2017.Ped01.09.

Rasmiy opponentlar: Muxamadiev Muxtor Ganievich, kimyo fanlari doktori, professor;  Omonov Hojiqul Tovboevich, pedagogika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning kimyoviy bilim, ko‘nikma va malakalarini samarali rivojlantirishga doir tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

kimyo fani mazmuni aniq-tabiiy fanlar tayanch tushunchalari (qonuniyatlar, xodisalar, faktik materiallar)ning o‘zaro integrativ xususiyatlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;

o‘quvchilarning kimyo faniga oid tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayoni uy tajribalarini tashkil etishda zamonaviy tabiiy fanlar konsepsiyasiga asoslangan evtagogik fikrlash elementlarini (mustaqil izlanish, ixtirochilik) kiritish asosida takomillashtirilgan;

o‘quvchilarda kimyoviy bilim, ko‘nikma va malakalarni samarali rivojlantirishning metodik ta’minoti (test topshiriqlari, masala va mashqlar, kimyoviy tajribalar) tabiiy-ilmiy savodxonlik darajasiga qo‘yiladigan talablar (anglash, tushunish, amaliyotga tatbiq etish) asosida ishlab chiqilgan;

o‘quvchilarning kimyo darslarida mustaqil ishlarini tashkil etish texnologiyasi an’anaviy (produktiv, evristik, tadqiqotchilik) va noan’anaviy (virtual, bioadaptiv) usullarini amaliy mazmundagi mustaqil ishlardan foydalangan holda integratsiyalash asosida takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Umumta’lim maktablarida kimyoviy bilim, ko‘nikma va malakalarni amaliy mazmunga ega mustaqil ishlar asosida samarali rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:

kimyo fani mazmuni va aniq-tabiiy fanlar tayanch tushunchalarining o‘zaro integrativ xususiyatlari asosida takomillashtirish, kimyo o‘qitishda kompetensiyaviy yondashuvni joriy etishga oid takliflaridan Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-son qarori bilan tasdiqlangan kimyo fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Halq ta’limi vazirligining 2017 yil 25 dekabrdagi 01-02/2-2-524-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalar o‘quvchilarning mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, fanlararo aloqalar asosida nazariy bilimlarni kengaytirishni ta’minlashga xizmat qilgan;

o‘quvchilarning kimyo faniga oid tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayonini uy tajribalarini tashkil etishda zamonaviy tabiiy fanlar konsepsiyasiga asoslangan evtagogik fikrlash elementlarini kiritish asosida takomillashtirishga doir takliflar “Kimyo. 7-sinf” nomli metodik qo‘llanmada o‘z aksini topgan va o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (Halq ta’limi vazirligining 2017 yil 25 dekabrdagi 01-02/2-2-524-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktablari kimyo o‘quv kursida tadqiqotchilik ko‘nikmalarini samarali rivojlantirishga doir takliflar laboratoriya ishlari va amaliy mashg‘ulotlarni takomillashtirishga xizmat qilgan;

o‘quvchilarda kimyoviy bilim, ko‘nikma va malakalarni samarali rivojlantirishning metodik ta’minotini tabiiy-ilmiy savodxonlik darajasiga qo‘yiladigan talablar asosida ishlab chiqish, kimyo darslarida mustaqil ishlarni tashkil etish texnologiyasini an’anaviy va noan’anaviy usullarini amaliy mazmundagi mustaqil ishlardan foydalangan holda integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflardan Halq ta’limi vazirligining “2017-2018 o‘quv yilida ta’lim sifati monitoringi tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi” 299-son buyrug‘i 3-bandiga asosan kimyo fanidan o‘zlashtirilgan kimyoviy bilim, ko‘nikma, malakalarni aniqlash uchun ochiq va yopiq javobli hamda PISA testlarini tuzishda foydalanilgan (Halq ta’limi vazirligining 2017 yil 25 dekabrdagi 01-02/2-2-524-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalar o‘quvchilarning mavzular bo‘yicha kimyoviy bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirilishini nazorat qilish va baholash, samarali shakllanishi va rivojlanishini oshirishni ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish