Xalilova Lola Nasriddinovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zarafshon vodiysi sug‘oriladigan erlarida kuzgi bug‘doy va takroriy ekinlar etishtirishni ilmiy asoslash», 06.01.08–O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Qx167.

Ilmiy rahbar: Abdurahimov Mingjigit Kattabekovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.

Rasmiy opponentlar: Atabaeva  Halima Nazarovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Abduraxmonov Sodiqjon Obidovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.

Yetakchi tashkilot: O‘simlikshunoslik ilmiy-adqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: kuzgi bug‘doy yangi navlarining ekish muddatlari va o‘g‘itlashga ta’sirchanligi asosida mo‘l va sifatli don hosili etishtirish hamda bug‘doy ang‘izida ekilgan takroriy ekinlar soya va loviya navlarining maqbul ekish muddatlarini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor Zarafshon vodiysi tuproq-iqlim sharoitida yangi kuzgi bug‘doy navlarining ekish muddatlari va o‘g‘itlash me’yorlariga ta’sirchanligi aniqlash asosida mo‘l va sifatli don etishtirishni ta’minlaydigan takomillashtirilgan nav agrotexnikasi ishlab chiqilgan;

ekish muddatlari, o‘g‘itlash me’yorlari navlar kesimida maqbullashtirilishi natijasida don hosili va sifati oshirishni ta’minlaydigan texnologiyalar ishlab chiqilgan;

navlar o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi, qishga chidamligi, don sifati bo‘yicha qiyosiy baholangan;

bioiqlim resurslari, mintaqa tuproq-iqlim sharoiti inobatga olingan holda takroriy ekinlardan, soya, loviya navlar kesimida ularning o‘suv davri, rivojlanishi, hosildorligi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Zarafshon vodiysining o‘rta qismida kuzgi bug‘doy hamda takroriy ekinlardan soya va loviyaning yangi navlarini ekish muddatlari va o‘g‘itlash me’yorlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:

kuzgi bug‘doy va uning ang‘izida soya va loviya etishtirish bo‘yicha «Ang‘izga ekishga yaroqli yangi loviya navlarining urug‘chiligi va agrotexnikasi» va «Sug‘oriladigan erlarda kuzgi bug‘doy va takroriy ekinlarni uyg‘unlashgan etishtirish texnologiyasi» tavsiyanomalari ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 14 dekabrdagi 02/021-345-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanomalar ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;

kuzgi bug‘doyning o‘rtapishar Yaksart, Jasmina, ertapishar “Hazrati Beshir” navlarini oktyabrning birinchi o‘n kunligida ekish va gektariga N180P90K60 kg/ga ma’dan o‘g‘itlarni qo‘llash agrotexnologiyasi Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi “Fariza Jasmina Kumushkent” fermer xo‘jaligida, Samarqand veterinariya medisinasi instituti o‘quv-tajriba xo‘jaligida, PSUEAITI Samarqand tajriba stansiyasida hamda Jomboy tuman “Farboma selekt” ilmiy urug‘chilik fermer xo‘jaliklarida jami 51,7 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 14 dekabrdagi 02/021-345-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida don hosildorligm kuzgi bug‘doy navlariga bog‘liq holda gektariga 66,4–77,0 sentner, rentabellik darajasi 54,4–5,7 foizni tashkil etgan;

kuzgi bug‘doydan bo‘shagan maydonlarga soyaning “Orzu”, “Arleta” va loviyaning “Mahsuldor” navlarini takroriy ekin sifatida iyun` oyining ikkinchi o‘n kunligida ekish hamda soyaning Amigo, Sparta va loviyaning Ravot navlarini iyul` oyining birinchi o‘n kunligida ekish agrotexnologiyasi Samarqand viloyatida jami 37,5–14,2 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 14 dekabrdagi 02/021–345-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida takroriy ekinlardan gektaridan o‘rtacha 18,1–26,6 va 16,2–20,3 sentner don hosili oligan, iqtisodiy samaradorlik “Mahsuldor” va “Ravot” navlaridan 11931.8,–9135,2 ming so‘m, rentabellik darajasi 354,2–293,3 foizni, soya navlarida “Orzu”, “Aventa”, “Arletta”, “Amigo”, “Sparta” navlaridan 2532,–3641,3 ming so‘m daromad olingan, rentabellik darajasi 93,0–131,9 foizni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish