Madumarov Talantbek Tolibjonovichning
yuridik fanlar doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Mikrokredit tashkilotlarining faoliyatini fuqarolik-huquqiy tartibga solish”, 12.00.03–Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/Yu35.
Ilmiy rahbar: Ro‘ziev Rustam Jabborovich, yuridik fanlar doktori professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi,IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, DSc30.08.2018.Yu.74.01.
Rasmiy opponentlar: Samarxodjaev Botir Bilyalovich, yuridik fanlar doktori, professor; Imomov Nurillo Fayzullaevich, yuridik fanlar doktori, professor; Rustambekov Islombek Rustambekovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mikrokredit tashkilotlari faoliyatini fuqarolik-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy xulosalar va qonunchilikni rivojlantirishga tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mikromoliyalash xizmatlari sohasida kuchli raqobat muhitini yaratish hamda mikrokredit tashkilotlar tomonidan mikroqarzlar foiz stavkalarining oshishiga yo‘l qo‘ymaslik choralari hamda mikroqarzlar berish faoliyati bilan banklar ham shug‘ullanishi lozimligi asoslab berilgan;
mikrokredit tashkilotlari faoliyatini mikroqarz, mikrokredit, mikrolizing, mikrofaktoring, maslahat va axborot xizmatlari ko‘rsatishni qo‘llash bilan bog‘liq huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish takliflari asoslantirilgan;
xususiy banklar va boshqa xususiy moliya institutlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini rejali tekshirishlar ko‘pi bilan besh yilda bir marta amalga oshirilishi borasidagi takliflar asoslantirilgan;
mikrokredit tashkiloti lisenziya uchun hujjatlarni notarial tartibda tasdiqlangan nusxasi talab qilish tartibini bekor qilish hamda lisenziyani qayta rasmiylashtirishga yangidan vujudga kelgan mikrokredit tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida lisenziyasi mavjud bo‘lgan mikrokredit tashkilotlari qo‘shib yuborilgan taqdirda yo‘l qo‘yilishi haqidagi mikrokredit tashkilotlarini lisenziya olish jarayonini soddalashtirish asosida takliflar ishlab chiqilgan;
mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish shartnomalari bo‘yicha yillik qarz miqdorining yarmidan ko‘pini tashkil etadigan summada foizlar hisoblashni, vositachilik haqi va neustoyka (jarima, penya) undirishni, javobgarlikning boshqa choralarini qo‘llashni taqiqlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mikrokredit tashkilotlarining faoliyatini fuqarolik-huquqiy tartibga solish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mikrokredit tashkiloti lisenziya olish uchun taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlarining yangi ro‘yxatini joriy etish, lisenziya uchun mikrokredit tashkilotining ta’sis hujjatlari va mikrokredit tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning notarial tartibda tasdiqlangan nusxasini talab qilish tartibini bekor qilishga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud huquq masalalari qo‘mitasining 2016 yil 19 yanvardagi 19/01-16/01-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif mikrokredit tashkilotlari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdagi ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etishga xizmat qilgan;
xususiy banklar va boshqa xususiy moliya institutlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini rejali tekshirishlar ko‘pi bilan besh yilda bir marta amalga oshirilishiga doir taklif O‘zbekiston Respublikasi “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 101-moddasi ikkinchi qismida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2016 yil 16 dekabrdagi 21-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif xususiy moliya instituti sifatida mikrokredit tashkilotlari faoliyatini tekshirish tartibini belgilaydi va ularning tadbirkorlik faoliyatiga asossiz aralashuvlarini bartaraf etishga xizmat qilgan;
lisenziyani qayta rasmiylashtirishga yangidan vujudga kelgan mikrokredit tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida lisenziyasi mavjud bo‘lgan mikrokredit tashkilotlari qo‘shib yuborilgan taqdirda yo‘l qo‘yilishi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasi beshinchi qismida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2017 yil 16 dekabrdagi 21-son ma’lumotnomasi). Ushb taklif mikrokredit tashkilotlarini qayta tashkil etishning faqat qo‘shib borish usulida lisenziya qayta rasmiylashtirilish tartibini joriy etilishiga xizmat qilgan;
mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish shartnomalari bo‘yicha yillik qarz miqdorining yarmidan ko‘pini tashkil etadigan summada foizlar hisoblash, vositachilik haqlari va neustoyka (jarima, penya) undirish, javobgarlikning boshqa choralarini qo‘llash ta’qiqlanishiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasiga uchinchi qism sifatida kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2018 yil 10 oktyabrdagi 05-21/1475-son ma’lumotnomasi). Bu taklif iste’molchilar huquqlarini ta’minlash va mikrokredit tashkilotlarining insofsiz faoliyat yuritishlarining oldini olishga xizmat qilgan;
banklar tomonidan mikroqarz operatsiyalari ham amalga oshirilishi mumkinligi xususidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining ikkinchi moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2018 yil 10 maydagi 29-11/440-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif banklar tomonidan mikroqarz berish faoliyatining huquqiy asoslarini belgilash hamda mikromoliyaviy xizmatlar bozori manbalarining kengayishiga xizmat qilgan.