Kulmatov Sharof Asadovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jinoyat-protsessual majburiyatlar va ularni bajarmaganlik uchun javobgarlikning nazariy, huquqiy va amaliy jihatlari», 12.00.09–Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Yu61.
Ilmiy maslahatchi: Radjabova Mavjuda Abdullaevna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, DSc.27.06.2017.Yu.25.01.
Rasmiy opponentlar: Pulatov Baxtiyor Xalilovich, yuridik fanlar doktori, professor; Pulatov Yuriy Sayfievich, yuridik fanlar doktori, professor; To‘laganova Gulchexra Zaxitovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jinoyat-protsessual majburiyatlar va ularni bajarmaganlik uchun javobgarlik institutini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jinoyat protsessi ishtirokchilari tomonidan o‘zlariga yuklatilgan majburiyatlarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishiga erishish maqsadida ularning xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq alohida qonun qabul qilish zarurligi asoslantirilgan;
jinoyat-protsessual majburiyatlarni bajarmaganlik uchun qo‘llanishi mumkin bo‘lgan jinoyat-protsessual qonun hujjatlaridagi huquqiy choralar turlarini belgilash va ularni qo‘llashning huquqiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish bilan bog‘liq qonun hujjatlaridagi bo‘shliqni to‘ldirish zarurligi isbotlangan;
jinoyat protsessi ishtirokchilari tomonidan protsessual majburiyatlarni samarali bajarilishiga to‘sqinlik qiluvchi omillarni bartaraf qilishda ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, mas’uliyatini oshirish va javobgarlikni kuchaytirishning zarurati hamda ahamiyati asoslantirilgan;
jinoyat-protsessual majburiyatlarning o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini ta’minlash uchun surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud`yalarda jinoyat protsessi ishtirokchilari bilan psixologik muloqot o‘rnatish, tegishli taktik usullarni tanlash va ularni samarali qo‘llashga doir ko‘nikmalarni oshirib borish lozimligi asoslantirilgan;
protsessual majburiyatlarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarishga undaydigan rag‘batlantiruvchi normalarni, xususiy ayblov instutitining qo‘llanish doirasini yanada kengaytirish zarurati asoslantirilgan;
protsessual majburiyatlarning to‘liq, o‘z vaqtida va ortiqcha qiyinchiliklarsiz bajarilishini ta’minlash hamda jinoyat ishini yuritishda protsess ishtirokchilariga qulaylik yaratish maqsadida ayrim tergov harakatlarini masofadan turib elektron tartibda o‘tkazish zarurligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jinoyat-protsessual majburiyatlar va ularni bajarmaganlik uchun javobgarlikning nazariy, huquqiy va amaliy jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
protsess ishtirokchilari tomonidan o‘zlariga yuklatilgan majburiyatlarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishiga erishish maqsadida ularning xavfsizligini ta’minlashni yanada takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 14 yanvardagi O‘RQ-315-son «Jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2018 yil 28 dekabrdagi 06-16/998-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif protsess ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish hamda ular tomonidan protsessual majburiyatlarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishiga xizmat qilgan;
jinoyat-protsessual majburiyatlarni bajarmaganlik uchun qo‘llanishi mumkin bo‘lgan jinoyat va jinoyat-protsessual qonun hujjatlaridagi huquqiy choralarni takomillashtirishda pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash masalasini sud orqali hal qilishga oid takliflar Jinoyat-protsessual kodeksi 271-moddasi (Protsessual majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik) normasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2018 yil 29 dekabrdagi 06/2-06-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishga xizmat qilgan;
protsess ishtirokchilari tomonidan protsessual majburiyatlarni samarali bajarilishiga to‘sqinlik qiluvchi omillarni bartaraf etishga doir ishlab chiqilgan takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 14 yanvardagi O‘RQ-315-son «Jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunning 1, 3, 4-moddalarini (Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari, himoyalanuvchi shaxslarning asosiy himoya qilish prinsiplari, himoyalanuvchi shaxslar) shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2018 yil 28 dekabrdagi 06-16/998-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif protsess ishtirokchilarini huquqiy madaniyatini yanada oshirilishiga xizmat qilgan;
protsess ishtirokchilari tomonidan protsessual majburiyatlarning o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini ta’minlash maqsadida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud`yalarda protsess ishtirokchilari bilan psixologik muloqot o‘rnatish va boshqa protsessual harakatlarning samarali amalga oshirilishiga xizmat qiluvchi ko‘nikmalarni hosil qilish hamda jinoyat-protsessual majburiyatlarni bajarmaganlik uchun javobgarlikka tortish tartibini takomillashtirishga doir takliflardan amaliyotda foydalangan (O‘zbekiston Respublikasi IIV Tergov departamentining 2018 yil 1 dekabrdagi 18/6244-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif tergov organlariga protsess ishtirokchilari tomonidan protsessual majburiyatlarni bajarmaslik holatlarini aniqlash, ularni isbotlash hamda tegishli javobgarlikka tortish tartibi bilan bog‘liq muammolarning hal etish, protsess ishtirokchilari bilan samarali psixologik muloqot o‘rnatishga xizmat qilgan.