Azizov Tuxtamish A’zamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Favqulodda ekologik vaziyatlarni bartaraf etishga doir davlat siyosatining siyosiy diskursi (O‘zbekiston va Rossiya misolida)”, 23.00.02–Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.1.PhD/Ss12.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Narzulla Qosimovich, siyosiyfanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08. 2017.S.01.08.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Ibodulla, siyosiy fanlar doktori, professor; Fayziev Shuxrat Xasanovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston va Rossiya qonun hujjatlari asosida favqulodda ekologik vaziyatlarda davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari va umumiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“favqulodda ekologik vaziyat” kategoriyasining mazmuni favqulodda yuz bergan tabiiy yoki texnogen xavf oqibati ekanligi va ekologik xavfsizlik omili sifatida baholanishi orqali takomillashtirilgan;
favqulodda ekologik vaziyatning oldini olish va bartaraf etishda muammoning spesifik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda vaziyat echimiga situatsion yondashuvning empirik jihatlari ochib berilgan;
O‘zbekiston o‘z milliy ekologik siyosatini samarali amalga oshirishda Rossiya bilan hamkorligi har tamonlama manfaatli ekanligi asoslab berilgan;
davlatlararo hamkorlikning “Strategik sherikchilik” shartnomasi doirasida ekologik xavfsizlikka oid siyosiy-huquqiy tizimni rivojlantirish hamda uni amalga oshirishning vosita va usullarini qamrab oladigan qo‘shma dasturlarni ishlab chiqish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Atrof-muhitni muhofaza qilish siyosatini amalga oshirishni takomillashtirish bo‘yicha xulosa va takliflar asosida:
qiyosiy tahlillar asosida davlatlar hamkorligida favqulodda ekologik vaziyatlarning oldini olish, ekologik vaziyat bilan bog‘liq ijtimoiy va ekologik muammolarni bartaraf etish borasidagi taklif va tavsiyalardan IOT-2016-1-15 raqamli “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” innovatsion loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 30 apreldagi 89-03-1597-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya materiallaridan “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” darsligini tayyorlashda nazariy-metodologik manba bo‘lib xizmat qilgan;
bugungi kunda insoniyatning eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lgan ekologik muammolarni bartaraf etish va atrof-muhitni muhofaza qilish siyosiy darajadagi qarorlar qabul qilishni talab qilishi hamda ekologik xavfsizlik, favqulodda ekologik vaziyat tushunchasining takomillashtirilgan ta’rifiga oid tadqiqot xulosalari oliy ta’lim muassasasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” darsligi mazmuniga singdirilgan (№ 603-054). Natijada “Ekologiya” fanini takomillashtirish hamda o‘qitish samaradorligini oshirishiga xizmat qilgan;
O‘zbekiston va Rossiya milliy va mintaqaviy manfaatlarni ta’minlash, global ekologik makonning barqarorligiga doir o‘zaro siyosiy hamkorlik konsepsiyasini ishlab chiqish zarurat ekanligi yuzasidan berilgan taklif va xulosalardan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining bir qator loyihalari, tadbirlari, konferensiyalari va seminarlarida foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2018 yil 3 apreldagi 04/13/1811-son ma’lumotnomasi). Natijada “Eko Patrul`”, “Tabiatni birgalikda himoya qilaylik” loyihalarini amalga oshirishga hissa qo‘shgan;
favqulodda ekologik vaziyatlarning oldini olish muammolariga innovatsion va chiziqli bo‘lmagan “sinergetik” yondashuvning afzalliklari O‘zbekiston aholisining siyosiy, huquqiy va ekologik madaniyatini yuksaltirish borasidagi takliflardan “Mahalla” telekanalining “Aslidek asraylik” ijtimoiy-siyosiy va madaniy-ma’rifiy mavzudagi dasturiy ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2018 yil 24 martdagi 01-17-293-son ma’lumotnomasi). Natijada aholining favqulodda ekologik vaziyat bo‘yicha siyosiy, huquqiy va ekologik bilimlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etgan.