Xalmuratov Omonboy Utamuratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Axborot xavfsizligi ko‘rsatkich va mezonlari tizimini shakllantirish usullari va algoritmlari», 05.01.05–Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot xavfsizligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T55.
Ilmiy rahbar: Ganiev Salim Karimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.27.06.2017.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Madjit Malikovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Kuryazov Davlatyor Matyakubovich, fizika-matematika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: axborot xavfsizligi ko‘rsatkich va mezonlari tizimini shakllantirish va axborot tizimi xavfsizligini baholash usullari va vositalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tashkilot va uning axborot tizimi komponentlarining xususiyatlari asosida axborot tizimi xavfsizligining xususiy va qism-tizim konseptual modellari ishlab chiqilgan;
IDEF0 va IDEF1X metodologiyasi orqali axborot xavfsizligini baholash ko‘rsatkich va mezonlari tizimini shakllantirishning funksional va informatsion modellari ishlab chiqilgan;
ballar berish, rutbalash va noravshan mantiq nazariyasining «Mamdani» usullari va ekspertlar xulosasi yordamida axborot xavfsizligini baholash ko‘rsatkich va mezonlarini shakllantirish usuli ishlab chiqilgan;
axborot tizimi komponentlarining xavfsizlik bo‘yicha ustuvorliklari asosida axborot tizimini baholash usuli ishlab chiqilgan;
axborot tizimi xavfsizligining xususiy va qism-tizim konseptual modellari yordamida axborot xavfsizligini baholash ko‘rsatkich va mezonlari tizimini shakllantirish, axborot xavfsizligini baholash algoritmlari hamda dasturiy vositalari arxitekturasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ishlab chiqilgan axborot xavfsizligini baholash ko‘rsatkich va mezonlarini shakllantirish, axborot tizimini baholash usul va algoritmlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
axborot xavfsizligini baholash ko‘rsatkich va mezonlarini shakllantirish va axborot tizimlarini baholash usullari «O‘zbekiston pochtasi» AJ Xorazm filialigajoriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 12 dekabrdagi 33-8/9317-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida axborot tizimi himoyalanganligini baholash, natijalarga ishlov berish va tahlil etish vaqtini tejagan, axborot tizimi himoyalanganlik darajasini baholash tashkilotda axborot xavfsizligini takomillashtirish bo‘yicha kelgusi ishlarni rejalashtirish va vositalarning himoyalanganligini oshirish bo‘yicha qarorlarni qabul qilishda xizmat qilgan;
axborot tizimi xavfsizligining xususiy va qism-tizim konseptual modellari asosida ishlab chiqilgan dasturiy vosita «O‘zbektelekom» AK Xorazm filialiga joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 12 dekabrdagi 33-8/9317-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida tashkilot uchun axborot tizimini baholash va nazorat qilish, uni tahlil etishga hamda nazorat mezonlarini shakllantirish imkonini bergan;
axborot xavfsizligini baholash ko‘rsatkich va mezonlari tizimini shakllantirishning funksional va informatsion modellari asosida ishlab chiqilgan dasturiy vosita dasturiy mahsulotlarning axborot xavfsizligini baholash maqsadida «Mustafo software» MChJga joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 12 dekabrdagi 33-8/9317-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasi xavfsizlik ko‘rsatkichlarini shakllantirishda ekspertlar bilan muloqot vaqtini 12 marta kamaytirish, axborot xavfsizligini baholashda ko‘rsatkichlar qiymatlarini hisoblashda ekspertlar xulosasini olish vaqti va xulosalar hajmini 20 martadan ko‘proq kamaytirish hamda tashkilot tomonidan ishlab chiqilayotgan dasturiy mahsulotlarning axborot xavfsizligini qisqa muddatda baholash va kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish imkonini bergan.