Nasrullaev Nurbek Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Axborot xavfsizligi monitoringi tizimi ishlashining samaradorligini oshirish usullari va algoritmlari», 05.01.05–Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot xavfsizligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T974.
Ilmiy rahbar: Ganiev Salim Karimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.27.06.2017.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Bekmuratov To‘lkin Fayzievich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Tuychiev G‘ulom Numonovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «UNICON.UZ» DUK – fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: axborot xavfsizligi monitoringi tizimi ishlashining samaradorligini oshirish imkoniyatini beruvchi, axborotni himoyalash vositalarining ishlashi holatlari ehtimolliklarini aniqlashga asoslangan usul va algoritmlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan insidentlar xususidagi ma’lumotlarni yig‘ish va tahlillash asosida axborot xavfsizligi monitoringi tizimlarida ma’lumotlarni ishlash sxemasi yaratilgan;
ma’lumotlarni ishlash sxemasi asosida axborot xavfsizligi monitoringi tizimining xususiy konseptual modeli ishlab chiqilgan;
«analiz orqali sintez» yondashuvi yordamida axborot xavfsizligi monitoringi tizimini qurish usuli ishlab chiqilgan;
axborotni himoyalash vositalarini xillarga ajratib, ularga tegishli holatlarni tanlash orqali ularning ehtimolliklarini aniqlashning modifikatsiyalangan usullari ishlab chiqilgan;
modifikatsiyalangan usullar asosida yaratilgan axborotni himoyalash vositalarining ishga layoqatligini ta’minlash qism-tizimi strukturasida, ularning ishlashi holatlari ehtimolliklarini aniqlash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ishlab chiqilgan axborot xavfsizligi monitoringi tizimi ishlashining samaradorligini oshirish usullari va algoritmlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
modifikatsiyalangan usullar asosida yaratilgan axborotni himoyalash vositalarining ishga layoqatligini ta’minlash qismtizimi strukturasida, ularning ishlashi holatlari ehtimolliklarini aniqlash algoritmi O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tasarrufidagi «Davlat geologiya axborot markazi» davlat korxonasining amaliy faoliyatida joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 11 yanvardagi 33-8/161-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida Kaspersky antivirus dasturiy ta’minotining ishga layoqatligini tiklash vaqtini 1,75 martaga qisqartirish va 355 ta ko‘p insidentni aniqlash imkonini bergan;
sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan insidentlar xususidagi ma’lumotlarni yig‘ish va tahlillashga asoslangan axborot xavfsizligi monitoringi tizimlarida ma’lumotlarni ishlash sxemasi «UNICON.UZ» DUK – fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazining faoliyatiga joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 11 yanvardagi 33-8/161-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasi sinovdan o‘tish jarayonida antivirus dasturiy ta’minotining ishga layoqatligini tiklash vaqtini qisqartirish va nisbatan ko‘p insidentlarni aniqlash imkonini bergan;
diskret va uzluksiz ish vaqtli axborotni himoyalash vositalari ishlash holati ehtimolliklarini aniqlash usullari va algoritmlari «STAND KOMPUTERS» MChJ faoliyatiga joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 11 yanvardagi 33-8/161-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida axborot xavfsizligi monitoringi tizimining ishga layoqatligini ta’minlovchi qism-tizim strukturasidagi axborotni himoyalash vositalari ishonchligini ta’minlash moduli axborotni himoyalash vositalarining ishga layoqatligini tiklash vaqtini 1,12 marta qisqartirish va 40 tadan ko‘p insidentni aniqlash imkonini bergan.