Musurmanov Alisher Amirqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mirzacho‘l vohasi sug‘oriladigan tuproqlarining unumdorligini mulchalash va kam ishlov berish orqali oshirish», 06.01.03–Agrotuproqshunoslik va agrofizika (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Qx273.
Ilmiy rahbar: Qurvontoev Raxmontoy, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx/B.43.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Anvar Xaydarovich, biologiya fanlari doktori; Parpiev G‘ofurjon Toxirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mirzacho‘l vohasi sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi tuproqlarining unumdorligini mulchalash va kam ishlov berish texnologiyasini qo‘llash orqali oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Mirzacho‘l vohasi sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi tuproqlarida kam ishlov berish va organik moddalar bilan mulchalashning birgalikda qo‘llanilishining tuproq umumiy fizikaviy, sho‘rlanish va namlik darajalariga ta’siri aniqlangan;
tuproq yuzasini mulchalashda shirinmiya o‘simligi chiqindisi qo‘llanilganda tuproq struktura holatiga ta’siri aniqlangan;
mulchalash va kam ishlov berishning tuproq va o‘simlik tarkibidagi ozuqa moddalar miqdorining oshishiga ta’siri isbotlangan;
mulchalash va kam ishlov berishning g‘o‘za va bug‘doy miqdoriy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi korrelyasiya bog‘lanishlar darajasiga ta’siri isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mirzacho‘l vohasi sug‘oriladigan tuproqlarining unumdorligini mulchalash va kam ishlov berish orqali oshirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi tuproqlarda organik qoldiqlar bilan mulchalash (shirinmiya qoldig‘i, go‘ng) va kam ishlov berish texnologiyasi Sirdaryo viloyati Guliston tumani «Qarabchi» fermer xo‘jaligining 64 ga er maydonida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 26 noyabrdagi 02/021-218-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida fermer xo‘jaliklarida an’anaviy qo‘llanilayotgan usulga nisbatan bug‘doydan gektaridan 3,0–10,4 sentner, moshdan 1,1–2,0 sentner qo‘shimcha hosil olinib, rentabellik 20,2–32,7% foizga oshishiga erishilgan;
g‘o‘zani pushtada ekish va organik qoldiqlar bilan mulchalash texnologiyasi Sirdaryo viloyati Guliston tumani «Karimjon Murodjon Fayz» fermer xo‘jaligining 46 ga er maydonida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 26 noyabrdagi 02/021-218-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu texnologiyani qo‘llash hisobiga mulcha sifati va turlariga bog‘liq holda g‘o‘zadan gektaridan 2,6–4,7 sentner qo‘shimcha hosil olingan va rentabellikni 18,0–25,9 foizga oshirish imkonini bergan;
tuproqqa kam ishlov berish texnologiyasi Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani «Eldor Kamron Baxti» fermer xo‘jaligining 22 ga maydonida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 26 noyabrdagi 02/021-218-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu texnologiyani qo‘llash asosida g‘o‘zadan gektaridan 2,6–3,5 sentner, bug‘doydan 3,1–3,8 sentner, moshdan 1,3–1,5 sentner qo‘shimcha hosil olingan va rentabellikni 18,0–22,0 foizga oshirishga erishilgan va hudud tuproqlarining unumdorligini oshirish bo‘yicha bir qator asoslangan xulosalar ishlab chiqish imkonini bergan.