Nebesniy Anatoliy Fedorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «8 bitli mikrokontroller asosida spektrometrlarni kompyuterlashtirish», 01.04.01–Eksperimental fizikaning asboblari va usullari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T973.
Ilmiy rahbar: Ashurov Muxsin Xurramovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Yadro fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, Astronomiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.27.06.2017.FM/T.33.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Rajapov Sali Ashurovich, fizika-matematika fanlari doktori;
Vil`danov Ramil` Rifgatovich,fizika-matematika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Konstruktorlik byurosi va tajribaviy ishlab chiqarish ilmiy-texnik markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 8 bitli PIC18F448 va C8051F127 MK asosida optikaviy va yadro spektrometriyasi sohasidagi fizikaviy tajribalarni avtomatlashtirish vositalarini ishlab chiqish va yaratish, optikaviy spektrlarni gaussianlarga ajratish uchun eksperimental natijalarni qayta ishlash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
personal kompyuterdan beriladigan buyruq orqali MDR-12 monoxromatorini boshqaradigan, ma’lumotlarni to‘playdigan va monitorda doimiy tok yoki impul`s rejimida o‘lchangan optikaviy spektrlarni aks ettirgan holda saqlaydigan mikrokontroller tizimi ishlab chiqilgan;
chegaradan tashqarida maksimumi bo‘lgan optikaviy spektrlarni Gauss tashkil etuvchilariga yoyish uchun dastur ishlab chiqilgan;
mass-spektrometr uchun VVR-SM reaktori issiqlik neytronlari ta’sirida 235U yadrolarining bo‘linish mahsullarini qayd qilishning har bir energetik spektrini aks ettiruvchi 32 kanalli mul`timikrokontroller tizimi ishlab chiqilgan;
mikrokontroller va personal kompyuter uchun 32 kanalli detektrlash tizimini boshqarish, birlamchi ma’lumotlarni to‘plash va ularni saqlash dasturlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
8 bitli MK bazasida spektrometrlarni kompyuterlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
personal kompyuterdan beriladigan buyruq orqali diffraksion panjarali
(MDR-12) monoxromatorni boshqaradigan optik spektrni skanerlash uchun modul sifatida ishlab chiqilgan mikrokontroller tizimiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan (№FAP 00570, 2010 y.). Ishlab chiqilgan mikrokontroller tizimining qo‘llanilishi kompyuterdan beriladigan buyruqlaridagi ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va monitorda doimiy tokda yoki impul`s rejimida o‘lchangan optikaviy spektrlarni aks ettirgan holda saqlash imkonini bergan;
mass-spektrometr uchun VVR-SM reaktori issiqlik neytronlari ta’sirida 235U yadrolarining bo‘linish mahsullarining avtomatik masofaviy tartibga solish bo‘yicha ishlab chiqilgan qurilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan (№FAP 00873, 2012 y.). Ishlab chiqilgan qurilmaning qo‘llanishi 32 stripli yarimo‘tkazgichli detektor asosida 235U va 239Pu yadrolarini issiqlik neytronlari bilan bo‘linish mahsullari taqsimotining mass-spektrometrik tadqiqotlarini amalga oshirish uchun yadrolarning bo‘linish mahsullarini detektirlashning kompyuterlashgan 32 kanalli elektron sistemasini yaratish imkonini bergan;
chegaradan tashqarida maksimumi bo‘lgan optikaviy spektrlarni Gauss tashkil etuvchilariga yoyish uchun ishlab chiqilgan dastur Yadro fizikasi institutida OT-F2-23 raqamli «Keng zonali oksid va ftorid qattiq jism materiallarda generatsiyaviy va rekombinatsiyaviy jarayonlarning o‘ziga xos xususiyatlari» (2017–2020) fundamental loyihasida, Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida FA-F2-F081raqamli «Qattiq jismli nanoo‘lchamli strukturalarning shakllanish jarayoni mexanizmi va xususiyatlarini hamda ularning elektr va issiqlik fizikaviy, optik va magnit xossalarini tadqiq etish» (2008–2010) va FE2-FA-F155 raqamli «O‘tuvchi metallar bilan legirlangan ZnO dagi optik yutilish chegarasini tadqiq qilish» (2012–2013) fundamental, A4-FA-F156 raqamli «ZnO nanostruktura va organik yarim o‘tkazgichlar asosida yuqori samarali gibrid quyosh elementlarini yaratish texnologiyasini ishlab chiqish» (2012–2014)amaliy loyihalarida optik spektrni skanerlash uchun modul` diffraksion panjarali monoxromatorni kompyuterlashgan boshqaruvi uchun qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 12 dekabrdagi 2/1255-3252-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarining foydalanishi keng doiradagi optikaviy materiallarning optikaviy spektrlarini personal kompyuterdan boshqarish orqali yozib olish imkonini bergan;
mikrokontroller va personal kompyuter uchun 32 kanalli detektrlash tizimini boshqarish, birlamchi ma’lumotlarni to‘plash va ularni saqlash uchun ishlab chiqilgan dasturlar Yadro fizikasi instituti FA-F2-F078 raqamli «Aktinid yadrolarining klasterli strukturasini va ularning reaktor neytronlari bilan binar bo‘linishi jarayonlarini kuchli assimetrik massa taqsimoti oblastida tadqiq etish» (2007–2011) fundamental loyihasida og‘ir yadrolar bo‘linish mahsulotlarini tadqiqot reaktoridagi mass-spektrometrida qayd etish uchun qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 12 dekabrdagi 2/1255-3252-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarining qo‘llanishi massa sonlarining 125 dan 158 gacha va bo‘linish mahsullarini ion zaryadlarining 16 dan 28 gacha bo‘lgan qiymatlarida tajriba ma’lumotlarini zamonaviy talablarga muvofiq qayta ishlashni tezlashtirishga imkon bergan.