Xabibullaeva Gulbaxor Raxullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chinorsoy va Kokpatas oltin-sul`fidli ma’danlarning texnologik mineralogiyasi va uning asl metallarni ajratib olish usullarini ishlab chiqishdagi ahamiyati», 04.00.08–Mineralogiya. Kristallografiya» (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/GM25.
Ilmiy rahbar: Dunin-Barkovskaya Eleonora Ashotovna, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Geologiya va geofizika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mineral resurslar instituti, Geologiya va geofizika instituti, Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti, Seysmologiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.GM.40.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Soy Vladimir Den`evich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Turesebekov Arpay Xalilovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ikki xil oltin-sul`fidli ma’danlarni hosil bo‘lishiga ko‘ra turlashtirish va texnologik jarayonlarda ularni boyitilishining mineralogik-texnologik mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oltin ma’danlashuvining texnologik xususiyatlari uning tabiiy hosil bo‘lish sharoitiga bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor O‘zbekiston rudalari uchun oltin-sul`fidli ma’danlarini boyitilishini bashorat qiluvchi mineralogik-texnologik mezonlari ishlab chiqilgan;
oltin-sul`fidli ma’danlardan yarimsanoat va eksperimental ishlar jarayonida ko‘rinuvchi va ko‘rinmas oltinning namoyon bo‘lish holati aniqlangan;
iotsitning yangi marganesli turdoshihamda Erda ikkinchi topilma zyussit aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oltin-sul`fidli ma’danlarining texnologik mineralogiyasi va uning asl metallarni ajratib olish usullarini ishlab chiqishdagi ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oltin-kolchedan-polimetall va oltin-sul`fid-margimushli ma’danlarni boyitish jarayoniga ta’sir qiluvchi asosiy mineralogik omillar «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKda amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2018 yil 8 noyabrdagi 01-02-02/269-son ma’lumotnomasi). Natijada texnologiyalarni mukammallashtirish va ma’danlardan oltinni ajratib olishni ko‘paytirish imkonini bergan;
oltinning va tarkibida oltin bo‘lgan minerallarning texnologik jarayonda o‘zini tutishi xossalari (Chinorsoy ost turi) «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKda amaliyotga joriy qilingan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2018 yil 8 noyabrdagi 01-02-02/269-son ma’lumotnomasi). Natijada ma’danlarni eng samarali qayta ishlash sxemasini tanlash imkonini bergan;
oltinning va tarkibida oltin bo‘lgan minerallarning qayta ishlash texnologik jarayonda o‘zini tutishi xossalari (Kokpatas ost turi) Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKda amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2018 yil 8 noyabrdagi 01-02-02/269-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqarishda «BIOX» texnologiyasini takomillashtirish imkonini bergan.