Nasmetova Saodat Mamajanovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aspergillus terreus mahalliy shtammlari asosida statinlarni olish biotexnologiyasi», 03.00.12–Biotexnologiya (biologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/B25.

Ilmiy maslahatchi: Gulyamova Tashxan Gafurovna, biologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mikrobiologiya  instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.V.38.01.

Rasmiy opponentlar: Davranov Kaxramon, biologiya fanlari doktori, professor; Dalimova Surayyo Nugmanovna, biologiya fanlari doktori, professor; Muxamedov Rustam Sultanovich, biologiya fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Botanika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: yangi gipoxolesterinemik preparatlarni ishlab chiqarish uchun istiqbolli produsent sifatida A.terreus mahalliy shtammlarining potensialini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor A.terreus mahalliy shtammlarining statin hosil qilish xususiyatlari isbotlangan;

mahalliy shtammlar sintez qiluvchi bir necha biofaol poliketidlarni: pravastatin, simvastatin, monakolin L va uch xil lovastatinni (lakton, gidroksikislota, metil efiri) o‘z ichiga olgan statin tabiatga ega metabolitlar tarkibi aniqlangan;

ilk bor A.terreus mahalliy shtammlarining yarim sintetik sintezga muqobil ekzogen lovastatindan fermentatsiya jarayonining oxirgi mahsuloti bo‘lgan simvastatin sintezlash qobiliyati isbotlangan;

ozuqa muhiti asosiy komponentlarining optimal nisbatlari (ozuqaning uglerod va azot manbalari), A.terreus-20 kulturasini chuqur o‘stirish parametrlari (foydalanilgan inokulyumning miqdori, tipi va yoshi, o‘stirish davri, ozuqaning rN ko‘rsatkichi) tanlab olingan, natijada dastlabki ko‘rsatkichlarga nisbatan lovastatinning darajasi 2–3 marta va simvastatinning darajasi 12 marta oshishi aniqlangan;

g‘alla-don substratlarda qattiq fazali fermentatsiyaning chuqur o‘stirishga nisbatan afzalligi ko‘rsatilgan va o‘stirishning optimal parametrlari (inokulyasiya usuli, harorat, ozuqa muhitining rN ko‘rsatkichi, substratni namlantirilishi va substrat miqdori) aniqlangan bo‘lib, bu esa mahsulotning maksimal to‘planish vaqtini 11 sutka qisqartirilishi va mahsuldorlik spesefik ko‘payishini 10–15 marta oshishiga olib kelishi asoslangan;

tozalangan lovastatin preparatining referentli lovastatinga teng bo‘lgan B.subtilis bakteriyalari va S.albicans, V.dahliae hamda A.alternata zamburug‘lariga nisbatan antibakterial va antifungal faolligi aniqlangan;

biologik faol qo‘shimcha «Ateris» gipoxolesterinemik ta’siri in vivo hayvonlar modeli eksperimental dislipoproteinemiyada isbotlangan, quyi zichlikdagi lipoproteinlarning samarali kamayish va zaharli ta’sirining yo‘qolish darajasi baholangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

A.terreus mahalliy shtammlari asosida statinlar olish biotexnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

lovastatin hosil qiluvchi Aspergillus terreus-20 zamburug‘i shtammi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 05086, 2013 y.). Natijada lovastatinning ingibitori 3-gidroksi 3-metilglutaril-koferment A (HMG-CoA) reduktazaning mikrobiologik sinteziga bog‘liqligini va lovastatinning produsent shtammini namoyon etish imkonini bergan;

ozuqaga biologik faol qo‘shimcha «Ateris» preparati uchun tashkilot standarti «O‘zstandart» agentligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan (Ts15011021-011:2018). Natijada tabiiy zaytun moyi va A.terreus-20 zamburug‘ini quruq ekstraktini faol moddalarini kompleksini o‘zida ifodalaydigan «Ateris» preparati ozuqaga biologik faol moddalar qo‘shimchasini ishlab chiqarish imkonini bergan;

A.terreus mahalliy shtammlarida statinlarni identifikatsiya qilish va eng faol shtammlarning statin sintezlash bo‘yicha olingan ma’lumotlardan yuqori impakt faktorli (IF) 4 ta xorijiy jurnallarda qattiq fazali fermentatsiya usuli yordamida tozalangan statinlarni-lovastatin va simvastatinlarni olish uchun foydalanilgan (Journal of  Microbial and Biochemical Technology Vol 7(6), (2016); 334-337, IF-4,09,  ResearchGate; Asian Pacific journal of cancer prevention Vol 17., 2016, 3797-3803, IF-2,39, ResearchGate; Current Microbiology 75(1), 2017, 84-91,  IF-1,92, ResearchGate; American Journal of Phamacy and Health Research 3(7), 2015, 116-126, IF-0,865, Global). Natijada A.terreus mahalliy shtammlarining statin ishlab chiqarish xususiyatlarini aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish