Qurbonov Anvar Razzaqovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «3.25 A GeV/s impul`sli 16Or-to‘qnashuvlarida ko‘p nuklonli tizimlar va yadrolar hosil bo‘lishi», 01.04.08Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika (fizika-matematika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/FM27.

Ilmiy rahbar: Olimov Qosim,fizika-matematika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fizika-texnika instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, Astronomiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.FM/T.33.01.

Rasmiy opponetlar: Muminov Tolib Musaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik; Bozorov Erkin Hojievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: 3.25 A GeV/s impul`sli 16Or-to‘qnashuvlarida A ≤ 7 massa sonli ko‘p nuklonli tizimlar va yadrolar hosil bo‘lishi, kislorod yadrosining dastlabki tuzilishi va zaryad almashinuv jarayonlarining 16Or-reaksiyalar oxirgi mahsuli tarkibi va chiqishiga ta’siri qonuniyatlarini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

«ko‘zgu» 7Li va 7Be yadrolar hosil bo‘lishining inklyuziv ko‘ndalang kesimlari bir-biriga mos kelib, ular orasidagi zaryad farqi 6 va 7 nuklonli tizimlardagi kabi qo‘shimcha ravishda protonlar hosil bo‘lishi bilan kompensatsiya qilinishi aniqlangan;

yariminklyuziv reaksiyalarda «ko‘zgu» 7Li va 7Be hosil bo‘lishi bilan birga kuzatiladigan A=2–4 li yadrolar nuklonlari o‘rtacha ko‘plamchiligi hamda ushbu yadrolar kinematik xarakteristikalari o‘rtacha qiymatlarining mos kelishi, bu yadrolar shakllanish kinematik sharoitlarining yaqinligi va snaryad yadrosi parchalanish darajasi bir xilligi ko‘rsatilgan;

3.25 A GeV/s  impul`sli 16Or-to‘qnashuvlarda 6 va 7 nuklonli tizim va yadrolar hosil bo‘lishining yariminklyuziv kesimlari birinchi marta olingan, kislorod yadrosi a-klasterli tuzilishining A ≤ 7 massa sonli oxirgi ko‘p nuklonli yadrolar shakllanishi hamda elektr va barion zaryadlar saqlanish qonunlaridagi muhim rolini ko‘rsatuvchi tasdiq olingan;

proton va neytron fragmentlari o‘rtacha ko‘plamchiligi assotsiatsiyalangan deytronlar soniga bog‘liq emasligi va deytronlarning salmoqli qismi kislorod yadrosi tarkibidagi a-klasterlarning bo‘linishi hisobiga hosil bo‘lishi aniqlangan;

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

3.25 A GeV/s impul`sli 16Or-to‘qnashuvlarida ko‘p nuklonli tizimlar va yadrolar hosil bo‘lishi bo‘yicha olingan natijalar asosida:

impul`slari 3.25 A GeV/s bo‘lgan 16Or-to‘qnashuvlarida «ko‘zgu» bo‘lgan 3H va 3He, 7Li va 7Be hamda 6- va 7-ko‘p nuklonli tizim va yadrolarning hosil bo‘lish kesimi bo‘yicha eksperimental ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonida olingan natijalar tahlili Qozog‘iston Respublikasi Fan va ta’lim vazirligi Fizika-texnika instituti kosmik nurlar laboratoriyasida 304 raqamli «Tyan`-Shan` tog‘ining yuqori qismida joylashgan ilmiy stansiyada fizika, kosmik nurlar astrofizikasi bo‘yicha olib borilayotgan fundamental tadqiqotlar istiqbollari» ilmiy shartnoma natijalarini tushuntirishda qo‘llanilgan (Qozog‘iston Respublikasi Fan va ta’lim vazirligi Fizika-texnika institutining 2018 yil 6 iyuldagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi kosmik nurlar astrofizikasi bo‘yicha olingan natijalar tahlili va α-zarralar (o‘zaro ta’sirlashuvchi yadrolarning α-klasterli tuzilishini tadqiq qilish) hosil bo‘lish kesimidan bog‘liq ravishda ularning yarim inklyuziv va inklyuziv ulushini baholash imkonini bergan;

3.25 A GeV/s impul`sli 16Or-to‘qnashuvlarda 6- va 7-nuklonli tizim va yadrolarning hosil bo‘lish yarim inklyuziv kesimlarni hisoblash bo‘yicha natijalari Yuqori energiyalar fizikasi laboratoriyasining Nuklotronida bajarilayotgan «Bekkerel`» dasturi doirasida yadro fotoemul`siyasini nurlantirish uchun qisqa yashovchi fragmentlar oqimini hosil qilish natijalarini tushuntirishda qo‘llanilgan (Rossiya Fanlar akademiyasi Birlashgan yadro tadqiqotlari institutining 2018 yil 29 oktyabrdagi 010-43/472-son ma’lumonomasi). Ilmiy natijalarining qo‘llanilishi qurilayotgan NIKA kollayderda rejalashtirilayotgan tadqiqotlar uchun Monte Karlo modellashtirilgan hodisalar fragmentatsiya bo‘yicha natijalarida dastlabki ma’lumot sifatida ishlatish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish