Rasulov Jamshid Djurabaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mikroxirurgiya yordamida residiv varikotsleni davolashda yangi yondashuv», 14.00.27–Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib253.
Ilmiy rahbar: Kayumxodjaev Abdurashid Abdusalomovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Gaybullaev Asilbek Asadovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ismailov Uktam Safaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika yurak qon-tomir xirurgiyasi ilmiy markazi Todjikiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoyalash vazirligi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mikroxirurgik texnikani qo‘llagan holda takroriy amaliyot usullarini ishlab chiqish yo‘li bilan residiv varikotseleni xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
varikotsele residivining oldini olish imkonini beradigan mikroxirurgik texnikani qo‘llagan holda “ichki suspenzoriya” shakllantiriladigan xirurgik usul ishlab chiqilgan;
chov-yonbosh sohasi tomirlarining gistostruktur o‘zgarishlarini baholash bilan, varikotseleda urug‘ venalariga hos patomorfologik o‘zgarishlar xususiyatlari aniqlangan;
varikotsele va uning residivini davolashda mikroxirurgik VAA shakllantirish uchun chov-yonbosh sohasining optimal resipient venalari belgilab berilgan;
birlamchi amaliyot vaqtida yo‘l qo‘yilgan texnik xatoliklarni hisobga olgan holda varikotsele residivi rivojlanish xavfining anatomo-morfologik omillari aniqlashtirilgan;
varikotsele va uning residivida VAA shakllantirish uchun optimal muqobil resipient qon-tomirlar v.epigastrica inferior va v.circumflexia ileaca profunda ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Residiv varikotsele bilan bemorlarning xirurgik davolash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
ishlab chiqilgan «Bepushtlik bilan asoratlangan varikotseleni xirurgik davolash usuli»ga Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 04683-son patent). Taklif qilingan usul kasallik qaytalanishi chastotasini 4,9%dan 1,8%gacha kamaytirish imkonini bergan;
residiv varikotsele bo‘lgan bemorlarning xirurgik davolash natijalarini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazidagi (RMIAXM) plastik va rekonstruktiv mikroxirurgiya bo‘limi, Ibn Sino nomli 1-son Toshkent shahar klinik shifoxonasidagi mikroxirurgiya bo‘limi, Samarqand, Andijon va Xorazm viloyatlari ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari urologiya bo‘limlari amaliy faolitiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 13 dekabrdagi 8n-d/272-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Natijada davolash taktikasini optimallashtirish, mehnat qobiliyati tiklanishini jadallashtirish, amaliyot vaqtining 120 daqiqadan 82 daqiqagacha qisqartirish, kasallik qaytalanish sonini 5,7%dan 1,8%gacha kamaytirish, spermogrammaning reproduktiv ko‘rsatkichlarini oshirish imkonini bergan.