Tursunmuratov Turdimurat Maxamatqulovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Global texnologik rivojlanish sharoitida O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizligiga evroatlantik omilning ta’siri”, 23.00.04–Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari (siyosiy fanlar).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Ss5.

Ilmiy maslahatchi: Karimov Baxtir Raxmanovich, falsafa fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, DSs27.06.2017.Tar/Yu/1/S/24.01.

Rasmiy opponentlar: Alimov Ravshan Mirzamuratovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Qosimova Nazokat Anvarovna, siyosiy fanlar doktori, professor; Abdurayimov Sobirjon Sayiljonovich, harbiy fanlar doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: global texnologik rivojlanish sharoitida evroatlantik tuzilmalar bilan hamkorlikni rivojlantirish asosida  O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizligi va barqarorligini mustahkamlashga yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy takliflarni ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

evroatlantik tuzilmalarning Markaziy Osiyodagi siyosiy faoliyati xalqaro munosabatlarning ushbu hududdagi segmentini shakllanishiga ijobiy ta’siri asoslab berilgan;

2014 yilda Afg‘onistondan Xavfsizlikka ko‘maklashuvchi xalqaro kuchlar (ISAF) chiqib ketishiga qaramay, Amerika Qo‘shma Shtatlari tashqi siyosati doirasida Markaziy Osiyo mintaqasi o‘zining geosiyosiy va geostrategik muhim ahamiyatini saqlab qolgani asoslab berilgan;  

Markaziy Osiyoda kuzatilayotgan geosiyosiy va geostrategik raqobat sharoitida va mamlakatning ichki siyosiy barqarorligini ta’minlash maqsadida, EI va NATO tomonidan mintaqa davlatlari uchun ajratilgan maqsadli mablag‘lari va texnik qo‘llab-quvvatlashi asosida, narkotiklarning noqonuniy tarqalishini oldini olishning axborot-kommunikatsion va koinot texnologiyalarga asoslangan mintaqaviy xavfsizlik tizimini yaratishning zarurati asoslab berilgan;

Markaziy Osiyo mintaqasining seysmik faol hududda joylashganligi hamda mintaqa davlatlarida, xususan O‘zbekiston Respublikasida yirik sanoat korxonalarining soni ortib borayotganligidan kelib chiqib, EI va NATO ilmiy fondlari va agentliklari bilan hamkorlikda texnogen xarakterdagi tahdidlarning oldini olish bo‘yicha milliy tizimni rivojlantirishga yo‘naltirilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish zarurati asoslab berilgan;

Evropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha tashqi siyosiy faoliyatida mintaqa davlatlarining, xususan O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o‘zga xos xususiyatlari va manfaatlari to‘la hisobga olinmaganligi tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikning rivojlanishiga salbiy ta’siri asoslab berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Global texnologik rivojlanish sharoitida O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizligiga evroatlantik omilning ta’siri bo‘yicha olingan natijalar asosida:

Evroatlantik tuzilmalarning Markaziy Osiyodagi siyosiy faoliyati xalqaro munosabatlarning ushbu hududdagi segmentini shakllanishiga ijobiy ta’siri bo‘yicha berilgan xulosadan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi axborot-tahliliy faoliyatida, xususan O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 10 sentyabrda qabul qilingan Tashqi siyosiy faoliyati Konsepsiyasini tayyorlashga bag‘ishlangan tahliliy materiallarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2018 yil 12 sentyabrdagi 02-2/50693-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif O‘zbekiston Respublikasining AQSh va EI bilan hamkorligini rivojlantirishning ustuvorligini aniqlashga xizmat qilgan;

2014 yilda Afg‘onistondan Xavfsizlikka ko‘maklashuvchi xalqaro kuchlar (ISAF) chiqib ketishiga qaramay, Amerika Qo‘shma Shtatalari tashqi siyosati doirasida Markaziy Osiyo mintaqasi o‘zining geosiyosiy, geostrategik muhim ahamiyatini saqlab qolgani haqidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining EI va AQSh bilan hamkorligini rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan tahliliy ma’lumotnomada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2018 yil 12 sentyabrdagi 02-2/50693-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif O‘zbekiston Respublikasining AQSh va EI davlatlari o‘rtasidagi innovatsion hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilgan;

EI va NATOning Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari uchun ajratilgan maqsadli mablag‘lari va texnik qo‘llab-quvvatlashi asosida narkotiklarning noqonuniy tarqalishini oldini olishning axborot-kommunikatsion va koinot texnologiyalarga asoslangan mintaqaviy xavfsizlik tizimini yaratishning zaruratiga oid xulosadan Evropa Ittifoqining Markaziy Osiyoda narkotiklarga qarshi kurash bo‘yicha KADAP loyihasini amalga oshirilishiga bag‘ishlangan tahliliy materiallarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2018 yil 12 sentyabrdagi 02-2/50693-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif O‘zbekiston Respublikasining EI bilan olib borayotgan hamkorligi samaradorligini baholash uchun xizmat qilgan;

EI va NATO ilmiy fondlari va agentliklari bilan hamkorlikda texnogen xarakterdagi tahdidlarning oldini olish bo‘yicha milliy tizimni rivojlantirishga yo‘naltirilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risidagi xulosadan EIning Markaziy Osiyo mintaqasidagi faoliyatini  amalga oshirishga bag‘ishlangan tahliliy materiallarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining2018 yil 12 sentyabrdagi 02-2/50693-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif O‘zbekiston Respublikasining EI bilan olib borayotgan hamkorligi samaradorligini baholash uchun xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish