Raximova Shaxnoza Palvannozirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ingliz tili idiomatik iboralarini o‘zbek tiliga o‘girishning lisoniy xususiyatlari», 10.00.06–Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fil.73.
Ilmiy rahbar: Siddikova Iroda Abduzuxurovna, filologiya fanlari doktori
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti, Andijon davlat universiteti, DSc.26.04.2018.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Tuxtaxodjaeva Nargiza Akmalovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tili idiomatik iboralarini o‘zbek tiliga o‘girishning lisoniy xususiyatlarini belgilash asosida turg‘un iboralar tarjimasiga oid nazariy-amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: idiomatik iboralarni o‘girish jarayonida tarjimaning lisoniy xususiyatlari, xususan ma’no va mazmun hodisasini qayta yaratish idiomalardagi lingvistik tamoyillarni qayta yaratishdan ustunroq ekanligi, tarjimada majoziy va abstrakt ma’no ekvivalentligi, polisemantiklik, psixolingvistik, turli tillarga xos so‘z signifikatlari, analogiya kabi omillar aniqlangan;
idiomatik iboralarni o‘girishda ikki tilning mavjud adekvat, ekvivalent variatsiyalari,idioma ma’no jilolarini topish, tarjima tilida ma’no ob’ekti bo‘lgan so‘zga mos, ekvivalent, adekvat ma’no ob’ekti va obrazlilikni yaratish kabi tarjima usullari dalillangan;
idiomatik iboralarni o‘girishda stilistik vositalar, jumladan metafora, metonimiya, ironiya, epitet, evfimizm, inversiya, epifora, ma’no oppozisiyasi va boshqa vositalar o‘rni, ularning asl matndagi obrazlilikni qayta yaratish, o‘zbek tilining so‘z boyligidan unumli foydalangan holda asl matn xususiyatlarini adekvat berishdagi ahamiyati belgilangan;
idiomatik iboralarni o‘girishda o‘zbek tilidagi maqol, matal, aforizmlar, ibratli so‘zlardan foydalanish tarjimada ma’no va obraz adekvatligini yaratishda ahamiyatli ekanligi isbotlangan;
idiomatik iboralarni o‘girishda tarjimon mahorati, originalga imkon qadar ergashish, emotsional-hissiy ekvivalentlikka erishish, milliylashtirish va arxaizatsiya, badiiy tarjimaning milliy madaniyat, madaniy o‘zlashtirish nuqtai nazaridan muqobil o‘rni kabilarga doir qarashlar asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalariningjoriy qilinishi.
Ingliz tili idiomatik iboralarini o‘zbek tiliga o‘girishning lisoniy xususiyatlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
idiomatik iboralarni o‘zbek tiliga o‘girishning ekspressiv, emotiv, volyuntativ, ma’nodorlik, obrazlilik xususiyatlari “Ingliz – o‘zbek tili idiomalari qisqacha lug‘ati” asosida ingliz tili darslarini zamonaviy talablar asosida tashkil qilish, talabalarning B-2 til bilish malakasini maqsadli shakllantirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 3 yanvardagi 89-03-04-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tili mutaxassislari va tarjimon kadrlarni tayyorlashda ta’lim tizimi mazmuni boyitilgan, yangilangan o‘quv ta’minoti ishlab chiqilgan, idiomalarni o‘zbek tiliga o‘girish usul, yo‘l, vositalari bilan ta’lim mazmuni takomillashtirilgan;
sinxron va badiiy adabiyot tarjimasi yo‘nalishida kadrlar kompetensiyasini ta’minlash, ularni idiomatik iboralarni o‘girishga o‘rgatish, tarjimonlar kvalifikatsion sifatlarini shakllantirishda tadqiqot xulosalaridan YoA-1-06 raqamli “Kompetentnosniy podxod k organizatsii kontrolya kachestva professional`nogo obucheniya perevodchikov” mavzusidagi yosh olimlar amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 27 iyul`dagi 89-03-885-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarjimonlarni tayyorlashning innovatsion shakllari, xususan “Tarjimonlik faoliyatida idiomalar muqobil tarjimasining o‘rni” mavzuidagi seminar-trening mashg‘ulotlari ta’lim samaradorligini ta’minlashga xizmat qilgan;
idiomatik iboralarni o‘zbek tiliga o‘girishda adekvat, ekvivalent variatsiyalar topish, ma’no ob’ekti bo‘lgan so‘zga mos, ekvivalent, adekvat ma’no ob’ekti va obrazlilikni yaratish, idioma ma’no jilolaridagi o‘xshashliklar kabi tarjima usul va vositalari “Filologiya yo‘nalishi bo‘yicha ingliz tili o‘rganish baholash sifatining shakl va tamoyillariga zamonaviy yondashuv” mavzusidagi amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 19 fevraldagi 89-03-727-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda idiomalar va ularni o‘zbek tiliga o‘girish borasidagi ilmiy asoslangan zamonaviy bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishga erishilgan;
ingliz tili frazeologik birikmalari, ular xususiyatlari, idiomalar tarjimasi, tarjimada maqol va matallarning o‘ziga xos o‘rni bo‘yicha xulosalardan “Ajdodlar xazinasi” va “Step by step” teleko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” teleradiokanalining 2017 yil 14 avgustdagi 75-son ma’lumotnomasi). Natijada tayyorlangan materiallar teledastur mazmunini boyitib, teletomoshabinlar, xususan o‘quvchilarda idiomalar borasida turg‘un tushuncha va tasavvur hosil qilishga xizmat qilgan.