Kurbaniyazov Maxsud Allambergenovning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «XIV asr o‘zbek adabiyotida hikoyat janri taraqqiyoti («Qisasi Rabg‘uziy» misolida)», 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fil299.
Ilmiy rahbar: Rahmonov Nasimxon Asqarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.30.05.2018.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: O‘raeva Darmon Saidaxmedovna, filologiya fanlari doktori, professor; Jabborov Nurboy Abdulxakimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: «Qisasi Rabg‘uziy»dagi hikoyatlar misolida mazkur janrning tarixiy-genetik asoslari, badiiy xususiyatlari, yaxlit kompozision struktura tarkibidagi vazifalarini o‘rganish, o‘rni bilan «Nahjul-farodis» bilan qiyoslash va XIV asr o‘zbek adabiyotida hikoyat janrining taraqqiyot tamoyillarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Oltin O‘rda adabiy muhitida yaratilgan qissalarning o‘zbek adabiyoti tarixida badiiy asar sifatidagi mavqei va janrning agiografik mazmundagi adabiy meroslarimiz tarkibidagi roli hamda ularning badiiy jihatdan sayqal topishini yuksaltirishdagi imkoniyatlari ochib berilgan;
hikoyat janrining struktur-semantik tasnifi amalga oshirilishi ko‘p qatlamli adabiy hodisaning yuzaga kelishidagi sintez va stilizatsiya jarayonlari kompleks jihatdan asoslangan;
Rabg‘uziy hikoyatlaridagi mavzular rang-barangligi adabiy-genetik nuqtai nazaridan isbotlangan;
hikoyat va ertak, hikoyat va qissa munosabatlarini yoritish asosida muallifning diniy manbalar va xalq og‘zaki ijodi imkoniyatlaridan ijodiy foydalanish tamoyillari, mahorati tarixiylik, an’anaviylik, individuallik qonuniyatlarining amal qilish yo‘sinlari ilmiy dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oltin O‘rda adabiy muhitida yaratilgan asarlardagi, xususan, «Qisasi Rabg‘uziy»dagi hikoyat janrini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va takliflar asosida:
XIV asr hikoyachiligining taraqqiyot omillariga oid materiallar va tahliliy xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2012–2016 yillarda bajarilgan F1-FA-0-43429, G002 raqamli «Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini o‘rganish» foydalanilganligi, FA-F-1-005 raqamli «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental loyihalarda hikoyat janri poetikasiga oid masalalarni yoritishda va agiografik asarlarning badiiy-estetik xususiyatlarini o‘rganishga doir tadqiqotlarni yaratishda muhim nazariy va amaliy manba sifatida foydalanilayotgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 22 oktyabrdagi 89-03-3542-son ma’lumotnomasi). Natijada «Qisasi Rabg‘uziy» asaridagi hikoyatlarga doir ilmiy-nazariy xulosalar chuqur yoritilishiga erishilgan;
«Qisasi Rabg‘uziy» asarining didaktik xususiyatlari hamda hikoyat janri taraqqiyotiga doir xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasi teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2018 yil 20 dekabrdagi 481-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlar va radioeshituvchilarning «Qisasi Rabg‘uziy» haqidagi tasavvurlarini boyitishda, kitobxonlarning ushbu asar mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini orttirishda, tadqiqot xulosalarini ommalashtirishda muhim ahamiyat kasb etgan;
Oltin O‘rda adabiy muhitida agiografik asarlarning yuzaga kelish omillarini o‘rganish, Rabg‘uziy hikoyatlaridagi tarixiy shaxslar obrazlarini tavsiflash, sehrli ertaklarning hikoyatlar bilan munosabatini yoritish bilan bog‘liq xulosalardan Berdaq nomidagi Milliy muzeyda ko‘rgazma va ekskurs darslar o‘tishda hamda ilmiy-nazariy anjumanlarda talabalarga ma’ruza shaklida targ‘ib qilishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2019 yil 13 fevraldagi 2-04/283-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek adabiyotidagi hikoyatlarning taraqqiyot tamoyillari xususidagi xulosalarni amaliyotga tatbiq etishda manba vazifasini bajargan.