Malishev Maksim Svyatoslavovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Medamin va al`bendazolni karboksil guruh tutgan polimerlar bilan ta’sirlashuvining fizik-kimyoviy xususiyatlari», 02.00.04–Fizik kimyo, 02.00.06–Yuqori molekulyar birikmalar (kimyo fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/K89.

Ilmiy rahbar: Mirzaxidov Xayrulla Abdullaevich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.K.01.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.

Rasmiy opponentlar: Sidikov Abdujalol Sidikovich, kimyo fanlari doktori, professor; Arslanov Sharafutdin Sultanovich, kimyo fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: medamin va al`bendazolning karboksiltutgan polimerlar bilan polimer komplekslarini olish hamda ularning fizik-kimyoviy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor medamin gidroxloridning pektin, pekta kislotasi, poliakriloilglikol, polimetakriloilglikol hamda al`bendazolni pektin, polimetakril va pekta kislotalari bilan polimerlar komplekslari olingan;

polimerlarni medamin va al`bendazol bilan bog‘lanishini elektrostatik hamda boshqa nisbatan kuchsiz turli ta’sirlashuvlar orqali amalga oshishi aniqlangan;

pektin va akriloilglikol kislotasi gidrogellariga medamin hamda al`bendazol gidroxloridining yutilishi asosida olingan polimer dori shakllarining prolongatsiya xossasiga ega bo‘lishi isbotlangan;

ilk bor medamin gidroxloridning pektin va pekta kislotasi bilan polimer komplekslari shaklida exinokokkozga qarshi faollikka ega bo‘lishi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Medamin va al`bendazolni yangi polimer dori shakllarini sintezlash va ularning xossalarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

qishloq xo‘jalik mollarining gel`mintoz kasalligini davolashda qo‘llaniladigan 2,5% «Medapek» («Karpek») uchun ishlab chiqilgan texnik shartlar «O‘zstandart» agentligi tomonidan ro‘yxatga olingan (Ts 035354400-027:2016). Natijada medaminning exinokokkoz va gel`mintozga qarshi zaharliligi kam bo‘lgan yangi polimer dorivor shaklini yaratish imkonini bergan;

antigel`mint xossali «Medapek» («Karpek») preparatini ishlab chiqarish bo‘yicha texnologik yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan (TI 03535440-027:2017). Natijada veterinariya amaliyotida ishlatilayotgan import o‘rnini bosuvchi yangi preparatlar olish imkonini bergan;

medamin asosidagi yangi polimer komplekslaridan FA-A11-T193 raqamli «Exinokokkoz va boshqa xavfli gel`mintoz kasalliklarga qarshi «Medapek» («Karpek») yuqori samarali dori vositalarni ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish» fundamental loyihasida exinokokkoz va boshqa xavfli gel`mintoz kasalliklarga qarshi preparat olishda foydanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 4 dekabrdagi 4/1255-3169-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi veterenariya preparati olishning texnologik reglamentini ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish