Hamroev Husen Fatullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Cho‘l yaylovlari mahsuldorligini oshirishning o‘rmonmeliorativ va ekologik asoslarini takomillashtirish», 06.03.01–O‘rmon ekinlari. Seleksiya, urug‘chilik va shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish. O‘rmonlar agromelioratsiyasi va himoya o‘rmonlarini barpo etish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Qx153.
Ilmiy rahbar: Qayimov Abduxalil, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Kojaxmetov Sovetbek Kojaxmetovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Karimov Farhod Isomiddinovich, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yaylov fitotsenozi va uning shakllanish dinamikasini, turli tipdagi tuproq sharoitida o‘rmon ihotazorlarining yaylovlar mahsuldorligiga ta’sirini baholash hamda iqlim omillari va cho‘l yaylovlari mahsuldorligi orasidagi bog‘liqlikni aniqlash usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qizilqumning turli tipdagi tuproq sharoitida yaylov fitotsenozlari uchun o‘rmon ihota va meliortiv-ozuqa qatorlari tuzilishining optimal ko‘rsatkichlari aniqlangan;
o‘rmon ihotazorlari ta’siri natijasida turli tipdagi tuproqlarda o‘simlik tur tarkibining o‘zgarishi, cho‘l yaylovlarining yillik va mavsumiy mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini shakllanish dinamikasi aniqlangan;
cho‘l yaylovlarida o‘rmon ihotazorlarining mikroiqlim hosil qilish xususiyati, uning bahor va yoz mavsumlaridagi o‘zgarish ko‘rsatkichlari asoslangan;
o‘rmon ihotazori bilan himoyalangan va tabiiy cho‘l yaylovlari mahsuldorligi hamda iqlim omillari orasidagi matematik bog‘liqlikning regressiya tenglamalari ishlab chiqilgan;
cho‘l yaylovlarida o‘rmon ihota va meliorativ-ozuqa qatorlari barpo etishning samaradorlik ko‘rsatkichi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Cho‘l yaylovlari mahsuldorligini oshirishning o‘rmon meliorativ va ekologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
o‘t qoplami kuchsiz rivojlangan qumli tuproq sharoitida ihotazor va meliorativ-ozuqa qatorlari barpo etish texnologiyasi Jondor va Qorako‘l davlat o‘rmon xo‘jaliklarida 20,0 gektar maydonda joriy etilgan (O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2018 yil 12 dekabrdagi 03/18-4164-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida yaylov mahsuldorligi 0,64–3,53 ozuqa birligi kg/ga ga ortgan va iqtisodiy samaradorlik 12,933 mln so‘mni tashkil etgan;
sur-qo‘ng‘ir tuproq sharoitida meliorativ-ozuqa qatorlari barpo etish texnologiyasi Jondor va Qorako‘l davlat o‘rmon xo‘jaliklarida 20,0 gektar maydonda joriy etilgan (O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2018 yil 12 dekabrdagi 03/18-4164-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida yaylov mahsuldorligi 0,18–2,64 ozuqa birligi kg/ga ga ortgan va iqtisodiy samaradorlik 10,458 mln so‘mdan iborat bo‘lishi aniqlangan;
past-tepalikli qumli tuproq sharoitida meliorativ-ozuqa qatorlari barpo etish texnologiyasi Jondor va Qorako‘l davlat o‘rmon xo‘jaliklarida 5,0 gektar maydonda joriy etilgan (O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2018 yil 12 dekabrdagi 03/18-4164-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida yaylov mahsuldorligi 0,38–2,10 ozuqa birligi kg/ga ga ortgan va iqtisodiy samaradorlik 8,428 mln so‘mga teng bo‘lishiga erishilgan.