Xolmatov Azbiddin Ne’matillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nurota tog‘ tizmasi qoyatosh rasmlari texnika-tipologiyasi va tarixiy tahlili», 07.00.06–Arxeologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tar364.
Ilmiy rahbar: Xo‘janazarov Muhiddin, tarix fanlari nomzodi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Arxeologik tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Arxeologik tadqiqotlar instituti, DSC. 27.06.2017. TAR.45.01.
Rasmiy opponentlar: Shaydullaev Shapulat Bozorovich, tarix fanlari doktori; Abdullaev Baxtiyor Mannopovich, tarix fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Nurota tog‘ tizmasida aniqlangan yangi qoyatosh rasmlari tadqiqoti asosida insoniyat tarixiy taraqqiyotining bronza, ilk temir va antik hamda o‘rta asrlar va undan keyingi davrlarda ushbu hududda yashagan ovchi va ko‘chmanchi chorvador xalqlarning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, ma’naviy, diniy hayoti va xo‘jaligini Vatanimiz tarixida tutgan o‘rnini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Nurota tog‘ tizmasida bronza davridan so‘ngi o‘rta asrlargacha bo‘lgan tarixiy davrlarga oid 39 ta yangi qoyatosh rasmlari yodgorliklarining arxeologik xaritasi yaratilgan;
yangi topilgan qoyatosh rasmlari syujetlarining mazmun-mohiyatiga ko‘ra antropomorf, zoomorf, geometrik, xo‘jalikka oid buyumlar, kiyim-kechak, abstrakt tasvirlar va turli alifbodagi yozuvlardan iborat 7 ta yirik guruhga ajratilgan;
qoyatosh rasmlari antropomorf guruhi tipologiyasiga yangi tip sifatida qo‘shilgan «quyoshboshli odam» tasviri qadimgi qabilalarning ilohiy yetakchisi obrazi bo‘lganligi asoslangan;
Nurota tog‘ tizmasi yangi qoyatosh rasmlari syujeti, chizilish uslubi, ishlanish texnikasidagi o‘zaro o‘xshashlik asosida bronza, ilk temir va antik hamda ilk o‘rta asrlar davrida ko‘chmanchi chorvador aholining qo‘shni, xususan Qozog‘iston, Janubiy Sibir, Oltoy hududlari aholisi bilan madaniy aloqada bo‘lganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Nurota tog‘ tizmasi qayatosh rasmlari yodgorliklari (qiyosiy ilmiy talqini va xronologiyasi masalalari) bo‘yicha qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar asosida:
Nurota tog‘ tizmasi qoyatosh rasmlari yodgorliklari o‘rni va ahamiyatiga doir yangi ma’lumotlar «O‘zbekistonning qadimgi dehqonchilik madaniyatlari va ko‘chmanchi-chorvadorlar dunyosi: mil. avv. III – milodning I ming yilliklari boshlarida o‘zaro aloqalar va ta’sirlar muammosi» mavzusidagi davlat grantida (2012–2016 yy.) foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 2 oktyabrdagi 3/1255-2598-son ma’lumotnomasi). Bunda Nurota tizma tog‘larida bronza davridan to ilk o‘rta asrlargacha bo‘lgan davrga oid 30 dan ortiq qoyatosh suratlari yodgorliklari mavjud ekanligi va bu erda qoyatosh suratlari tipologiyasida kam uchraydigan naqshdor bezakli uslubda ishlangan hayvon tasvirlari aniqlanganligi, O‘zbekiston hududi qoyatosh suratlari yodgorliklari qatoriga o‘ziga xos uslubda ishlangan Nurota tog‘ tizmasi qoyatosh suratlari galereyasi kiritilganligi to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan foydalanilgan;
Nurota tog‘ tizmasi qoyatosh rasmlaridan namunalar Samarqand davlat birlashgan tarixiy-me’moriy badiiy muzey-qo‘riqxonasining “O‘zbekiston dunyo madaniyatlari chorrahasida” ekspozisiyasini yoritishda foydalanilgan (Madaniyat vazirligining 2018 yil 18 oktyabrdagi 01-11-01-7254-son ma’lumotnomasi). Muzey eksponatlari orasidan joy olgan qoyatosh rasmlar insoniyat tarixiy taraqqiyotining bronza, ilk temir va antik hamda undan keyingi davrlarda yashagan asosan ovchi va dasht chorvador aholining kundalik turmush tarzi, xo‘jalik va diniy hayoti haqida muzeyga tashrif buyuruvchilarga ma’lumotlar berishga xizmat qilmoqda.