Allambergenova Guljaxan Aytbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja berilgan fan tarmog‘i nomi): «I.Yusupov asarlarida frazeologizmlarning uslubiy qo‘llanilishi», 10.00.03–Qoraqalpoq tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fil329.
Ilmiy rahbar: Abdinazimov Shamshetdin Najimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlar: Dusimov Zaribbay, filologiya fanlari doktori, professor; Pirniyazova Alima Qud`yarovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: taniqli shoir I.Yusupov asarlaridagi frazeologizmlarning leksik-semantik xususiyatlari va stilistik funksiyalarini aniqlash asosida qoraqalpoq tili badiiy matnlarining lingvopoetik tabiatini belgilovchi yetakchi tamoyillarni yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qoraqalpoq tilshunosligida birinchi marta I.Yusupov asarlari tilining lingvopoetik tahlili asosida frazeologik birliklarning badiiy matndagi semantik-stilistik vazifalari ijodkorning o‘ziga xos poetik mahorati va uslubini ifodalashdan iboratligi aniqlangan;
shoir asarlari tilidagi ko‘p ma’noli, sinonim, antonim, omonim va somatik frazemalar hamda frazemalardagi variantlilik hodisasining tadqiqi natijasida ijodkor poetik nutqida xalq tiliga xos turg‘un birikmalarning qo‘llanilishi ustuvorlik qilishi isbotlangan;
I.Yusupov asarlaridagi turg‘un birikmalarning lingvopoetik tahlili asosida qoraqalpoq she’riyati poetik kontekstidagi frazemalar uslubiy-nominativ, nutqni ixchamlashtirish, obrazli ifodalash, baholash, emotsional va ekspressiv funksiyalarni bajarishi dalillangan;
frazemalarning okkazional uslubiy xossalari she’riy matnda satira, yumor va gradatsiya hosil qilish, personajlar nutqining o‘ziga xosligini ko‘rsatish, she’r mavzusini belgilash hamda shoirning g‘oyaviy-badiiy niyatini aks ettirishdan iboratligi asoslangan;
shoirning frazeologik birliklardan foydalanishdagi o‘ziga xos novatorligi frazemalarni qo‘llash jarayonida turg‘un birikmalarning ma’no qamrovini kengaytirish, frazema tarkibidagi lisoniy komponentlarni almashtirish, frazema vositasida dialogik nutqni boyitish va obrazli metaforik kontekst yaratishda namoyon bo‘lishi ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
I.Yusupov asarlaridagi frazeologizmlarning uslubiy qo‘llanilishini o‘rganish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
shoir asarlarida frazemalarning leksik-semantik va funksional-stilistik xususiyatlari ilmiy-nazariy umumlashmalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar ilmiy-tadqiqot institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan FA-F1-G003 raqamli «Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi» mavzusidagi loyihani amalga oshirishda, xususan, frazemalarni struktur-semantik o‘zgartirish usullari va funksional-stilistik qo‘llanish jarayonini tadqiq etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2018 yil 22 noyabrdagi 225/1-son ma’lumotnomasi). Natijada shoirning individual frazemalar yaratishdagi o‘ziga xos novatorligi aniqlangan;
I.Yusupov asarlarida frazeologizmlarning uslubiy qo‘llanilishi, adabiy merosining milliy o‘zlikni anglashdagi ahamiyati va ularni yosh avlod ma’naviy dunyosini boyitishdagi roliga doir ilmiy xulosalardan Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2017 yil sentyabr` va 2018 yil fevral` oylaridagi «Gavhar so‘zlar» ko‘rsatuvlari hamda «Adabiyot va davr» madaniy-ma’rifiy eshittirishida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2018 yil 2 martdagi 01-02/88-son ma’lumotnomasi). Natijada shoir ijodiy merosining ahamiyatini, uning frazeologik birliklardan foydalanish mahoratini ochib berishda va keng xalq ommasining badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish va kitobxonlik madaniyatini oshirishga xizmat qilgan;
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti qoshidagi Berdaq Milliy muzeyida shoir I.Yusupovning hayoti va adabiy meroslari bo‘yicha ko‘rgazma tashkil etishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 2-03/1885-son ma’lumotnomasi). Shu orqali I.Yusupov asarlarining ahamiyati, ijodining o‘ziga xosligi, poetik asarlarida qahramonlarning turli psixologik holatlari yoritilgani va komil inson tarbiyasidagi roli va ahamiyati bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiga xizmat qilgan;
hozirgi qoraqalpoq adabiyotining yirik namoyandasi I.Yusupov asarlaridagi iboralarning o‘ziga xos xususiyatlari va badiiy tafakkurning yangilanishiga doir ilmiy qarashlar Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasining anjumanlari, davra suhbatlari hamda yosh iste’dodlar mahoratini oshirishga bag‘ishlangan seminarlarda bayon qilingan (Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasining 2018 yil 16 oktyabrdagi 148-son ma’lumotnomasi). Natijada shoir asarlaridan olingan iboralar orqali qahramonning turli psixologik holatlarini yaratishda va obrazli tasvirlashdagi badiiy mahorati takomillashtirilgan.