Xolmatova Ziroat Anvarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida dialogga asoslangan munosabatlar madaniyatini shakllantirishning didaktik shart-sharoitlari», 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped193.
Ilmiy rahbar: Safarova Roxat Gaybillaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.28.09.2018.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Muxitdinova Xadicha Sabirovna, pedagogika fanlari doktori; Gabdulxakov Farid Axunovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida dialogik munosabatlar madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida dialogga asoslangan munosabatlar madaniyatini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari kommunikativ kompetentlik (verbal, lingvistik, kognitiv) tarkibiga o‘z-o‘zini erkin namoyon etishning qadriyatli elementini kiritish asosida aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarda dialogik munosabatlar madaniyatini shakllantirishning yetakchi metodi sifatida o‘quv munozarasini tashkil etishning pedagogik imkoniyatlari munosabat darajalarini tavsiflovchi omillar (boshlang‘ich, o‘rta, yuqori) va ta’sir mezonlari (izchillik, shakllanganlik, aloqadorlik, motiv) integratsiyalashgan dialogik munosabatlarni baholash asosida kengaytirilgan;
munosabatlar madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan kommunikativ yondashuvga asoslangan o‘qitish metodlari variativ, integrativ va kooperativ tamoyillarning ustuvorligini ta’minlashda o‘quvchi shaxsiga nisbatan ijobiy munosabat mezonini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda dialogik munosabatlar madaniyatini shakllantirishga oid axborot-metodik ta’minot amaliy didaktik mashg‘ulotlarni loyihalashning konstruktiv-prognostik topshiriqlari, dialogli ssenariylar va korreksion-regulyativ vazifalarni kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida dialogga asoslangan munosabatlar madaniyatini shakllantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida dialogga asoslangan munosabatlar mada-niyatini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari, kommuni-kativ kompetentlik tarkibiga o‘z-o‘zini erkin namoyon etishning qadriyatli elementlarini kiritishga oid takliflar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 6 apreldagi 137-sonli buyrug‘iga asosan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 6 apreldagi 137-buyruq, 137-003 guvohnomasi) “Trud i metodika ego prepodavaniya” darsligi mazkur ilmiy natijadan foydalanish ijtimoiy-rolli treninglar, interfaollik, ijodiy o‘yinlar asosida o‘quvchilarda dialogik munosabatlar madaniyatini shakllantirish imkoniyatlarini kengaytirish, foydalanuvchilarning o‘quv biluv faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilgan;
kommunikativ yondashuvli o‘qitish metodlari, variativ, integrativ va kooperativ tamoyillarning ustuvorligini ta’minlashda o‘quvchi shaxsiga munosabat shartini qo‘llash hamda axborot-metodik ta’minot, mashg‘ulotlarni loyihalashni konstruktiv-prognostik topshiriqlar, dialogli ssenariylar va korreksion-regulyativ vazifalarni kiritishga oid takliflardan Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 3 iyuldagi “Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari talablari asosida takomillashtirilgan o‘quv dasturlarini tasdiqlash va amaliyotga joriy etish to‘g‘risida”gi 190-sonli buyrug‘ini tayyorlashda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 19 sentyabrdagi 01-02/1-3-385-son ma’lumotnomasi). Boshlang‘ich sinflar uchun yangi avlod darsliklarini yaratish, ularda dialogik munosabatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan matnlar, o‘quv topshiriqlari va mashqlarni tizimlashtirish mazkur me’yoriy hujjat asosida amalga oshirilgan;
o‘quv munozarasini tashkil etishning pedagogik imkoniyatlari munosabat darajalarini tavsiflovchi omillar va ta’sir mezonlari integratsiyalashgan dialogik munosabatlarni baholashga doir takliflardan “Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari talablari asosida takomillashtirilgan o‘quv dasturlarini tasdiqlash va amaliyotga joriy etish to‘g‘risida”gi 190-sonli buyrug‘ini tayyorlashda hamda 1-31247 raiamli “O‘quvchilarda o‘zaro do‘stona munosabatlarga asoslanib hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirish” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihada foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 19 sentyabrdagi 01-02/1-3-385-son, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 22 fevraldagi 89-03-766-son dalolatnomalari). Ilmiy natijadan foydalanish dialogga asoslangan munosabatlar madaniyatini shakllantirishda nostandart darslarni tashkil etish samaradorligini oshirish imkonini bergan.