Fayzullaev Javlonbek Sultonovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Integratsiyalashgan transport-logistika tizimini boshqarish samaradorligini oshirish», 08.00.13–Menejment (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt781.

Ilmiy rahbar: Salimov Baxtiyor Tadjievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.

Rasmiy opponentlar: Raximova Dilfuza Nigmatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Suyunov Dilmurod Xolmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: tizimli yondashuv asosida integratsiyalashgan transport-logistika tizimini boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

integratsiyalashgan transport-logistika tizimini boshqarish mexanizmining uch bosqichli konseptual modeli «isikava diagrammasi», «qiymat yaratish oqimi xaritasi» va moddiy zaxiralarni boshqarishning «eng ko‘p–o‘rtacha–eng kam» muallif yondashuvi hamda «integratsiyalashgan sifat menejmenti konsepsiyasi» modifikatsiyasi va  boshqaruvning «kompleks rejalashtirish tamoyillari»dan foydalanish asosida takomillashtirilgan;

temir yo‘l tarmog‘ini kompleks monitoring qilishga qaratilgan integratsiyalashgan transport-logistika tizimini boshqarish samaradorligini baholash mezonining integral baholar reytingi sifat va miqdor ko‘rsatkichlarining me’yoriy qiymatlarini belgilash hamda boshqaruv xarajatlarini hisoblashda og‘ishlarning oldini olish yondashuvi asosida takomillashtirilgan;

integratsiyalashgan transport-logistika tizimidagi iqtisodiy xatarlarning ta’sir darajasini minimallashtirish imkonini beruvchi mikro va mezo darajadagi oqimli jarayonlarni samarali boshqarish algoritmi xarajatlar birligiga nisbatan optimal strategiyani belgilab olish yondashuvi asosida takomillashtirilgan; 

integratsiyalashgan transport-logistika tizimini boshqarish samaradorligini baholashning iqtisodiy-matematik modeli etkazib berish zanjirida yukni uchinchi tomonga to‘liq topshirish yondashuvi asosida optimallashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Integratsiyalashgan transport-logistika tizimini boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

integratsiyalashgan transport-logistika tizimini boshqarish mexanizmining uch bosqichli konseptual modelini «isikava diagrammasi», «qiymat yaratish oqimi xaritasi» va moddiy zaxiralarni boshqarishning «eng ko‘p–o‘rtacha–eng kam» muallif yondashuvi hamda «integratsiyalashgan sifat menejmenti konsepsiyasi» modifikatsiyasi va boshqaruvning «kompleks rejalashtirish tamoyillari»dan foydalanish asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning Logistika, yuk va tijorat ishlari boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2018 yil 5 sentyabrdagi NG/6859-son ma’lumotnomasi). Ushbu boshqarish mexanizmining uch bosqichli konseptual modelini qo‘llash «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJda biznes-jarayonlarini samarali tashkil qilish, qabul qilingan yuklarni omborda  saqlash va tovar oqimlarining harakatini nazorat qilish hamda boshqaruv xarajatlarini 13 foizga qisqartirish imkonini bergan;

temir yo‘l tarmog‘ini kompleks monitoring qilishga qaratilgan integratsiyalashgan transport-logistika tizimini boshqarish samaradorligini baholash mezonining integral baholar reytingini sifat va miqdor ko‘rsatkichlarining me’yoriy qiymatlarini belgilash hamda boshqaruv xarajatlarini hisoblashda og‘ishlarning oldini olish yondashuvi asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning Logistika, yuk va tijorat ishlari boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2018 yil 5 sentyabrdagi NG/6859-son ma’lumotnomasi). Ushbu baholash mezonining integral baholar reytingini aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga joriy etilishi boshqaruv samaradorligini 12–14 foizga oshirish imkonini bergan;

integratsiyalashgan transport-logistika tizimidagi iqtisodiy xatarlarning ta’sir darajasini minimallashtirish imkonini beruvchi mikro va mezo darajadagi oqimli jarayonlarni samarali boshqarish algoritmini xarajatlar birligiga nisbatan optimal strategiyani belgilab olish yondashuvi asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning Logistika, yuk va tijorat ishlari boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2018 yil 5 sentyabrdagi NG/6859-son ma’lumotnomasi). Mazkur boshqarish algoritmining kompaniya faoliyatiga joriy etilishi kutilayotgan xatarlarning oldini olish va xatar ta’sirchanligini 12–14 foizga kamaytirish imkoniyatini bergan;

integratsiyalashgan transport-logistika tizimini boshqarish samaradorligini baholashning iqtisodiy-matematik modelini etkazib berish zanjirida yukni uchinchi tomonga to‘liq topshirish yondashuvi asosida optimallashtirish bo‘yicha berilgan takliflar «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning Logistika, yuk va tijorat ishlari boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2018 yil 5 sentyabrdagi NG/6859-son ma’lumotnomasi). Ushbu optimallashtirilgan modelning amaliyotga joriy etilishi natijasida ta’minot zanjiriga jalb qilingan barcha logistik kompaniyalar integratsiyasi ta’minlangan va etkazib berish vaqtini 25 foizga qisqartirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish