Mambetnazarov Asan Bisenbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bug‘doyning zamburug‘li kasalliklariga qarshi urug‘ dorilagich preparatlarning samaradorligi», 06.01.09–O‘simliklarni himoya qilish. (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Qx300.
Ilmiy rahbar: Isamidinov Ilxomjon Tulaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc. 27.06.2017.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Kimsanbaev Xujamurat Xamrakulovich, biologiya fanlari doktori, professor; Buranov Yusuf Xudaynazarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot-instituti Qashqadaryo filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bug‘doyning fuzarioz ildiz chirish, chang qora kuya va qattiq qora kuya kasalliklarining tarqalishi va zarari hamda ularga qarshi mahalliy urug‘ dorilagich preparatlarning biologik samaradorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent viloyati va Qoraqalpog‘iston respublikasi sharoitida kuzgi bug‘doyda uchraydigan fuzarioz ildiz chirish, chang qora kuya va qattiq qora kuya kasalliklarining tarqalishi va zarari aniqlangan;
bug‘doy o‘simligi namunalaridan ajratib olingan fuzarioz ildiz chirish kasalligini qo‘zg‘atuvchi zamburug‘larning tur tarkibi, bioekologik xususiyatlari aniqlangan;
rayonlashtirilgan Krasnodarskaya-99, Andijan-4, Omad, Yaksart va Saidaziz navlari va Xalqaro ICARDA tashkiloti tomonidan taqdim etilgan 32 ta nav namunalari orasidan 5 ta nav namunalari fuzarioz ildiz chirish va qora kuya kasalliklariga chidamliligi isbotlangan;
bug‘doyning fuzarioz ildiz chirish va qora kuya kasalliklariga qarshi kompleks ta’sir etuvchi mahalliy urug‘dorilagich preparatlarini qo‘llashning maqbul me’yorlari ishlab chiqilgan;
bug‘doyni fuzarioz ildiz chirish va qora kuya kasalliklariga qarshi mahalliy urug‘ dorilagich preparatlarining chet eldan keltirilgan preparatlarga nisbatan biologik va iqtisodiy tomondan samarali ekanligi aniqlangan.
bug‘doy ekilishidan oldin fuzarioz ildiz chirish, chang qora kuya va qattiq qora kuya kasalliklariga qarshi Gerkules 6% s.e.sus. (0,5 t/l) va Qalqon 60% s.e. (0,5 t/l) urug‘ dorilagich preparatlari qo‘llash texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bug‘doyning asosiy kasalliklariga qarshikurash choralarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
fuzarioz ildiz chirish, chang qora kuya va qattiq qora kuya kasalliklariga qarshi qo‘llanilgan mahalliy urug‘dorilagichlardan Gerkules 6% s.e.sus. va Qalqon 60% s.e. preparatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumani «Arshan» fermer xo‘jaligida 36,0 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 26 noyabrdagi, 02/023-213-son ma’lumotnomasi). Natijada gektariga 0,5 t/l me’yorida sarflangan preparatlarning biologik samaradorligi 83,3-100 foizni tashkil etgan;
fuzarioz ildiz chirish kasalligiga qarshi mahalliy urug‘dorilagichi Gerkules 6% s.e.sus. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumani «Tazatalab» fermer xo‘jaligida 55,6 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 26 noyabrdagi 02/023-213-sonli ma’lumotnomasi) Buning natijasida bug‘doydan gektariga 10,2 sentner qo‘shimcha don hosili olingan;
bug‘doyning fuzarioz ildiz chirish va qora kuya kasalliklariga qarshi kompleks ta’sir etuvchi Qalqon 60% s.e. preparati Toshkent viloyatida 30 gektar maydonda joriy etilgan («O‘zagrokimyohimoya» aksiyadorlik jamiyatning 2018 yil 27 noyabrdagi 03-12/1857-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida kuzgi bug‘doydan gektaridan 4,6–6,1 sentnergacha qo‘shimcha don hosili olishga erishilgan.