Muxammedova Nilufar Eliboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Margaret Drebbl asarlarida ayol obrazi va uning ijtimoiy maqomining o‘ziga xosligi», 10.00.04–Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fil142.
Ilmiy rahbar: Lixodzievskiy Anatoliy Stepanovich, filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017. Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: Nazarov Baxtiyor, filologiya fanlari doktori, professor, akademik; Hoshimova Dildora, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Margaret Drebbl asarlarida ayol obrazi va ijtimoiy maqomining o‘ziga xosligiga ta’sir etgan muhim omillarni aniqlash va asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Margaret Drebbl ijodiga viktorian davr adabiyoti, XX asr ikkinchi yarmi ingliz adabiyotida shakllangan “o‘pkalangan yoshlar” guruhi ijodi, ishchilar romani, “tor doira”dagi mavzularga urg‘u bergan badiiy asarlar, ayollar nasri va psixologik roman xususiyatlari ta’sir etganligi asoslangan;
ingliz adabiyotida vujudga kelgan ayolning yangi obrazi yozuvchi qahramonlarining shakllanishiga ta’sir o‘tkazgani va mavzulari ko‘lamini ta’minlab berganligi isbotlangan;
ayol obrazining shaxs sifatida gavdalanishi va asarlarda uning ijtimoiy maqomi oshganligi dalillangan;
Margaret Drebblning “Qizil libosli qirolicha” romani asosida Sharq ayolining madaniy xususiyatlari aniqlangan, asarda gavdalantirilgan ayol obrazi yozuvchi ijod makonining kengayganligi hamda adibaning ayolga shaxs sifatida yondashganligi isbotlangan;
adiba badiiy mahoratini belgilovchi badiiy tasvir vositalari sanalgan metafora va allyuziyalarning, asar g‘oyasini ifodalashda, obrazlarni ishonchli tasvirlashda badiiy detallar bo‘lmish psixologik, peyzajli, madaniy detallarning va qahramonlarning ruhiy olamini ochib beruvchi ramzlarning yuksakligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Margaret Drebbl asarlarida ayol obrazi va ijtimoiy maqomining o‘ziga xosligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Margaret Drebbl romanlaridagi obrazlar tizimi va adibaning poetikasiga oid xulosalardan «O‘zbek adabiyoti qiyosiy adabiyotshunoslik aspektida: tipologiya va adabiy ta’sir» fundamental ilmiy tadqiqot vazifasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 2 apreldagi 3/1255-818-son ma’lumotnomasi). Natijada obrazlarning asarlar kesimi asosida aniqlanishi, yozuvchining badiiy tasvir vositalari va usullar orqali obrazlar xususiyatlarini yoritib berishi mumkinligiga oid zamonaviy adabiyotshunoslik talablaridan kelib chiqib bildirilgan fikrlari tadqiqot mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
Margaret Drebbl asarlarida yaratilgan ayol obrazi va uning ijtimoiy maqomini aniqlash va ularning milliy-madaniy xususiyatlari haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining davlat adabiyot muzeyida tashkil etilgan «O‘zbek va dunyo adabiyotida umumbashariy mavzular» nomli ekspozisiyani shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 2 apreldagi 3/1255-818-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchi va tomoshabinlarga ingliz madaniyati va asar tarjimalari, ingliz ayoli obrazi va uning jamiyatda tutgan o‘rni haqidagi qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoniyatini yaratgan;
Margaret Drebbl ijodidagi ayol obrazi uning shaxs sifatida shakllanish masalalari, adiba asarlarining umumbashariy qiymatiga oid ilmiy materiallardan «Madaniyat va ma’rifat» telekanalidagi «Dunyo adabiyoti» ko‘rsatuvining bir qator sonlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Madaniyat va ma’rifat» telekanalining 2018 yil 11 yanvardagi 02-16/17-son ma’lumotnomasi). Mazkur tadqiqot natijalarining efirga uzatilishi mamlakatimiz aholisini ingliz adabiyotining zamonaviy namoyondasi Margaret Drebbl asarlari bilan chuqurroq tanishtirish, ularda aks etgan gumanizm g‘oyalarini targ‘ib etishga, ma’naviy madaniyatni shakllantirishga xizmat qilgan;
Margaret Drebbl romanlarida yaratilgan ayol obrazi va uning o‘ziga xos xususiyatlariga oid ma’lumotlar Oybek uy-muzeyida tashkil etilgan «Oybek tarjimon» bo‘limini va muzeyning ilmiy-yordamchi fondini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2018 yil 18 iyundagi 01-11-008-4245-son ma’lumotnomasi). Natijada Margaret Drebbl ijodida mavjud bo‘lgan obrazlar xususiyatlari Oybek asarlarida yaratilgan qahramonlarning o‘xshashligiga bog‘liq muhim materiallar o‘zbek adabiyotining yangi qirralarini baholash imkonini bergan.