Ro‘ziboev Dilmurod Ro‘zimetovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chanoq-son bo‘g‘imi endoprotezlangan bemor va nogironlarda tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya samaradorligini baholash», 14.00.22–Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib225.

Ilmiy rahbar: Asilova Saodat Ubayevna, tibbiyot fanlari doktori , professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.28.02.2018.Tib.62.01.

Rasmiy opponentlar: Shorustamov Muxammadjon Tadjialievich, tibbiyot fanlari doktori; Minasov Timur Bulatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi)

Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maksadi: chanoq-son bo‘g‘imi endoprotezlangan bemor va nogironlarning tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 

ChSBning EPdan avval va keyingi statik-dinamik o‘zgarishlarning darajalari va ratsional mehnat turiga jalb etish tavsiyalari ishlab chiqilgan hamda ular asosida EP natijasi prognozlashtirilgan;

ChSBning holatini yaxshilash imkonini beruvchi funksional davolash taktikasining EP o‘tkazilgan bo‘g‘imlarda jarrohlik amaliyotidan keyingi yuzaga keladigan kontrakturalarning oldini olishi isbotlangan;

ChSB EPdan keyin bemor holati dinamikasi ta’rifiga asoslangan bemorlarning takomillashtirilgan tibbiy-ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya darajalarini baholashning yuqori, yaxshi, o‘rta, mo‘’tadil va past ko‘rsatkichlari aniqlangan;

nogironlik guruhiga salbiy ta’sir qiluvchi omillarni bartaraf etish imkonini beruvchi klinik-funksional va ijtimoiy-maishiy ko‘rsatkichlarga asoslangan ratsional reabilitatsiya taktikasi tavsiya qilingan. 

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

ChSB EPdan keyin bemor va nogironlarda tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasi samaradorligini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:

«O‘zbekiston Respublikasida chanoq-son bo‘g‘imini endoprotezlashdan keyin nogironlar reabilitatsiyasi individual dasturini ishlab chiqishning asosiy tamoyillari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 30 noyabrdagi 8n-d/257-son ma’lumotnomasi). Har bir bemor uchun individual tayyorlangan tavsiyalar statsionar, ambulator-poliklinika bosqichlarida reabilitatsion yordamni optimallashtirishga va vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik muddatlarining qisqarishiga imkon bergan;

EPdan so‘ng ChSB funksional holatini yaxshilash imkonini beruvchi funksional davolash taktikasi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 30 noyabrdagi 8n-d/257-son ma’lumotnomasi). Natijada bemorlarda kontrakturalarni bartaraf etish ChSB ning foydali modelini ishlab chiqish imkonini bergan;

ChSB EP bemor va nogironlarda tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya samaradorligini aniqlashga bag‘ishlangan tadqiqot natijalari 1-Respublika klinik shifoxonasiga, Samarqand va Urganch shaharlarining reabilitatsiya markazlari klinikalariga hamda Toshkent shahar Bosh tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi amaliyotlariga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 30 noyabrdagi 8n-d/257-son ma’lumotnomasi). Natijada vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik muddatlari 37,5% bemorlarda 1 oygacha qisqarishi, 67,5% bemorlarning ishga qaytishi, 80% bemorlarda kontrakturalarning bartaraf etilishiga hamda bemorlarda 20,3% holatda nogironlik guruhining pasayishi va 16,9% holatda nogironlik guruhlaridan to‘liq chiqib ketishiga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish