Axrarov Baxtiyor Sagdullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iqtisodiyot yo‘nalishidagi bakalavrlarni tayyorlashda “Axborot xavfsizligi” kursini o‘qitish metodikasi”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1PhD/Ped379.
Ilmiy rahbar: Aripov Mirsaid Mirsidikovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc. 28.12.2017.Ped.01.09.
Rasmiy opponentlar: Abduqodirov Abduqahhor Abduvakil`evich, pedagogika fanlari doktori, professor; Zayniddinov Xakimjon Nasriddinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyot yo‘nalishida ta’lim olayotgan bakalavriat bosqichi talabalari uchun “Axborot xavfsizligi” kursini o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak iqtisodchi bakalavrlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan “Axborot xavfsizligi” kursini o‘qitish konsepsiyasi milliy iqtisodiyot axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlashning huquqiy, ma’muriy, amaliy va dasturiy-texnik choralarini qo‘llashga ustuvorlik berish asosida ishlab chiqilgan;
“Axborot xavfsizligi” kursi mazmuni milliy iqtisodiyot axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlashning huquqiy va texnologik yo‘nalishlari tarkibiy birliklarini (“Axborot xavfsizligini ta’minlashning huquqiy asoslari”, “Axborot xavfsizligining kompleks tizimi”, “Operatsion tizimlar va ularda axborot xavfsizligi”) kiritish asosida takomillashtirilgan;
kursni o‘qitish metodikasi talabalar motivatsiyasini oshirish va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda tizimli va taksonomik yondashuvlarni bosqichli joriy etishga yo‘naltirilgan algoritmlarning pedagogik imkoniyatlari asosida takomillashtirilgan;
kursning o‘quv-metodik ta’minoti (interaktiv dars ishlanmalari, o‘quv qo‘llanmalar va o‘quv-uslubiy qo‘llanma) amaliy o‘quv faoliyatga yo‘naltirilgan diagnostik vositalarni (tushunchalarni nazorat qilish, interaktiv krossvord, mul`timediali blis-so‘rov dasturlari) ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Iqtisodiyot yo‘nalishidagi bakalavrlarni tayyorlashda “Axborot xavfsizligi” kursini o‘qitish metodikasi bo‘yicha olingan natijalar va tavsiyalar asosida:
bo‘lajak iqtisodchi bakalavrlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish,“Axborot xavfsizligi” kursini o‘qitish konsepsiyasi, milliy iqtisodiyot axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlashning huquqiy va texnologik yo‘nalishlari tarkibiy birliklariga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2012 yil 14 martdagi 107-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Informatika va axborot texnologiyalari\" fani o‘quv dasturi va o‘quv metodik ta’minotini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 20 iyundagi 89-03-2337-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu fan mashg‘ulotlarining soatlar bo‘yicha taqsimoti optimallashtirilib, kurs mavzularini o‘qitishning pedagogik imkoniyatlarini kengaytirish va ta’lim samaradorligini oshishiga erishilgan;
kursni o‘qitish metodikasini takomillashtirish, talabalar motivatsiyasini oshirish va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, tizimli va taksonomik yondashuvlarni bosqichli joriy etishga yo‘naltirilgan algoritmlarning pedagogik imkoniyatlariga oid takliflar asosida kursning o‘quv mashg‘ulotlari loyihalashtirilgan, “Axborot xavfsizligi”, “Axborot xavfsizligi bo‘yicha amaliyot”, “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ulardan foydalanish” nomli o‘quv qo‘llanmalar nashr etilgan va o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 20 iyundagi 89-03-2337-son ma’lumotnomasi). Kurs bo‘yicha ishlab chiqilgan dars ishlanmalari, o‘quv qo‘llanmalar iqtisodiyot yo‘nalishidagi bakalavlarni tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining o‘quv-metodik ta’minotining boyishiga va talabalarda “Axborot xavfsizligi” kursining dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy bilim, malaka va ko‘nikmalar, kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qilgan;
kursning o‘quv-metodik ta’minoti, amaliy o‘quv faoliyatga yo‘naltirilgan diagnostik vositalarni joriy etishga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2013 yil 30 iyundagi 258-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari axborot tizimida kompyuter virusiga va zarar etkazuvchi dasturlarga qarshi himoyani tashkil qilish reglamenti”ni ishlab chiqishda, shuningdek 2013 yil 14 avgustdagi 651-xs-sonli buyrug‘iga asosan hududiy davlat soliq boshqarmalari rahbar xodimlari uchun “Davlat soliq xizmati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish” nomli o‘quv kurslarini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019 yil 10 yanvardagi 13-00577-son ma’lumotnomasi). Natijada davlat soliq xizmati organlari axborot tizimlaridan axborot xavfsizligini ta’minlagan holda samarali foydalanish imkoniyatlari kengaytirilgan.