Xidirova Gavhar Rustamovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish”,  08.00.12–Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Iqt177.

Ilmiy rahbar: Ahmedov Tursun Muhitovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya  bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.30.05.2018.I.01.11.

Rasmiy opponentlar: Nazarov Sharofiddin Hakimovich, iqtisodiyot fanlari doktori; Nizomov Asliddin Badriddinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot nomi: Urgench  davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik

II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro viloyatini kelajakda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

viloyat iqtisodiyotining nisbiy yetakchi sohasi bo‘lgan turizmni muhim o‘sish omili sifatida rivojlantirish  strategiyasining uslubiy asoslari takomillashtirilgan;

mahalliy tabiiy-iqtisodiy salohiyatdan samarali foydalangan holda viloyatni o‘rta va uzoq muddatda ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari va maqsadli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;

viloyatda yetakchi tarmoq (o‘sish nuqtasi) bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan yangi oziq-ovqat va engil sanoat korxonalari, ekologik toza qishloq xo‘jalik mahsulotlari, ziyorat va tibbiyot turizmi ob’ektlarini joylashtirishga qaratilgan investision loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;

viloyatda nomarkazlashtirish tizimini qo‘llagan holda, Buxoro, G‘ijduvon va Kogon shaharlarida maxsus klasterlarni tashkil qilish orqali viloyat, tuman va shaharlar iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini tartibga solishni takomillashtirish mexanizmi tavsiya etilgan;

IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijaralar asosida:

viloyat iqtisodiyotining yetakchi sohasi bo‘lgan turizmga asoslangan strategik rivojlanish mexanizmidan Iqtisodiyot vazirligining 2018 yil 16 avgustdagi 87-sonli buyrug‘iga ko‘ra mamlakatning va Buxoro viloyatini 2019–2030 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyalarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2018 yil 7 maydagi MM-6-5/20. G-62shsh-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni amaliyotda joriy qilinishi viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uslublarini takomillashtirishga, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga, aholi turmush darajasi va sifatini oshirishga xizmat qilgan;

mahalliy tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalangan holda viloyatni o‘rta va uzoq muddatda ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari va maqsadli prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda Buxoro viloyati hokimligining 2018 yil 3 dekabrdagi 2/6317-sonli bayonnomasiga muvofiq tadqiqot natijalari viloyatning 2030 yilgacha rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy konsepsiyasi hamda kelajakdagi maqsadli ko‘rsatkichlarni (yalpi hududiy mahsulot, eksport, bandlik) asoslashda foydalanilgan (Buxoro viloyati hokimligining 2018 yil 5 dekabrdagi 2/6352-son ma’lumotnomasi). Berilgan tavsiyalarni amaliyotda qo‘llanilishi mahalliy tabiiy-iqtisodiy salohiyatdan oqilona foydalanish, iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va bandlik muammolarini hal qilish imkoniyatini bergan;

Buxoro viloyatida o‘sish nuqtasi (turizm) bilan bevosita bog‘liq sanoat (engil va oziq-ovqat), qishloq xo‘jaligi (ekologik toza mahsulotlar, yangi turizm xizmatlari bo‘yicha takliflar investision loyihalar portfelini shakllantirishda Iqtisodiyot vazirligining 2018 yil 16 avgustdagi 87-son buyrug‘iga ko‘ra foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2018 yil 7 maydagi MM-6-5/20. G-62shsh-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotda joriy qilinishi viloyatda mahsulotlar va xizmatlar hajmining oshishiga, eksport salohiyatini ko‘paytirishga, yangi ish o‘rinlarini tashkil qilishga imkon yaratgan;

viloyat, uning tumanlari va shaharlar iqtisodiyoti hamda ijtimoiy sohasini boshqarishdagi o‘rni, vazifalari va mas’uliyatini oshirish, mahalliy byudjet salohiyatini ko‘tarish, Buxoro, G‘ijduvon va Kogon shaharlarida maxsus turistik klasterlarni tashkil qilishga yo‘naltirilgan takliflar 2019 yilda samarali davlat boshqaruv tizimini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2018 yil 7 maydagi MM-6-5/20. G-62shsh-son ma’lumotnomasi), Buxoro viloyati hokimligining 2018 yil 3 dekabrdagi 2/6317-son bayyonnomasiga muvofiq mahalliy boshqaruv organlari vazifa va majburiyatlarini kengaytirish, nomarkazlashtirish bo‘yicha berilgan takliflar “Mahalliy xokimliklar to‘g‘risida”gi yangi qonun loyihasida o‘z aksini topgan (Buxoro viloyati hokimligining 2018 yil 5 dekabrdagi 2/6352-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarni amalga oshirilishi mahalliy hokimliklarning mustaqil faoliyat olib borishga, tashqi va ichki imkoniyatlardan to‘laroq foydalanishga, hududiy boshqaruv tizimi samaradorligini yanada oshirishga olib kelgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish