Sobirova Dildora Ravshanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gen-modifikatsiyalangan oziq-ovqat mahsulotlarini tibbiy-biologik xavfsizligini baholashni ilmiy asoslash (soya misolida)», 14.00.07–Normal va patologik fiziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib553.
Ilmiy rahbar: Usmanov Ravshanbek Djaxongirovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06. 2017.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Xudayberganov Anatoliy Sagatbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Azizova Feruza Lyutpillaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gen-modifikatsiyalangan oziq-ovqat mahsulotlarining tibbiy-biologik xavfsizligini gen-modifikatsiyalangan soya misolida tajribada baholashni ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tajribada gen-modifikatsiyalangan soyaning tibbiy-biologik xavfsizligini baholashning bosqichma-bosqich tizimi ishlab chiqilgan;
ilk bor gen-modifikatsiyalangan soyaning oq zotsiz kalamushlar birinchi va ikkinchi avlodlariga mutagen, embriotoksik, kanserogen ta’siri isbotlangan;
gen-modifikatsiyalangan soyaning tajriba hayvonlari birinchi va ikkinchi avlodlari qoni gematologik, biokimyoviy ko‘rsatkichlariga salbiy ta’siri hamda jigar va talog‘ida morfologik o‘zgarishlarga olib kelishi isbotlangan;
tajribada gen-modifikatsiyalangan oziq-ovqat mahsulotlari bilan organizmning kimyoviy va biologik tabiatli kontaminantlar bilan zararlanishini tibbiy-biologik jihatdan baholovchi ta’sir biologik markyori-immunotroplik indeksi, toksik sifatini baholash uchun samara biomarkyori-infuzoriya polikulturalari yordamida biotest o‘tkazish tavsiya etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gen-modifikatsiyalangan oziq-ovqat mahsulotlarini tibbiy-biologik xavfsizligini baholashni ilmiy asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Gen-modifikatsiyalangan oziq-ovqat mahsulotlarini tibbiy-biologik xavfsizligini baholash» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 4 maydagi 8n-d/90-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma gen-modifikatsiyalangan oziq-ovqat mahsulotlarini ozqaviy, tibbiy-biologik, tokiskologiya, embriotoksik fizik-kimyoviy va tibbiy-biologik xavfsizligini baholash imkonini bergan;
gen-modifikatsiyalangan oziq-ovqat mahsulotlarini tibbiy-biologik xavfsizligini baholash samaradorligiga erishish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Respublika davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi, Toshkent shahar Yashnobod tuman davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi, Xorazm viloyati davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 1 fevraldagi 8n-z/15-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalar tajribaviy genli modifikatsion soyani organizmga mutagen, embriotoksin va gonadotoksik ta’siri har bir genli modifikatsion mahsulotni tibbiy-biologik xavfsizligini o‘rganishni o‘tkazishda tajriba hayvonlari tannarxini tejash, tajribaga ketadigan vaqtdan yutish, qayta izlanishlarga ketadigan xarajatlarni kamaytirish imkonini bergan.