Artikova Mavluda Abduraxmanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalar serebral falajligida epilepsiya jarayonining klinik-diagnostik tavsifi», 14.00.13–Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Tib199.
Ilmiy maslahatchi: Gafurov Baxtiyar Gafurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, 27.06.2017.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Sadikova Gulchexra Kabulovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raximbaeva Gulnora Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Zavadenko Nikolay Nikolaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya).
Yetakchi tashkilot nomi: Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: ilmiy amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalar serebral falajligida epilepsiya va epileptik tutqanoqlarning klinik-diagnostik xususiyatlarini tasniflash, prognozlash va davolash tamoyillarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor bolalar serebral falajligida (BSF) simptomatik epilepsiya (SE) asorati bosh miya morfologik tuzilmasining o‘zgarishlari subaraxnoidal sohaning kengayishi hamda bosh miyaning tug‘ma anomaliyalari bilan farqlanishi aniqlangan;
ilk bor BSFda irsiy belgilar aniqlanib, gaptoglobin Nr2-2 fenotipi og‘ir kechuvchi qo‘shaloq gemiplegiya va atonik-astatik shakllar rivojlanishining xavfli omili ekanligi aniqlangan;
ilk bor BSF bemorlarda lipidlarning perekisli oksidlanishi (LPO) va malonli dial`degid (MDA) miqdorining ortishi SE bilan asoratlanib, uning kuchayishi kasallikning klinik shakli va gaptoglobin fenotipiga bog‘liqligi aniqlangan;
BSF bemorlarda atsetilxolin miqdori pasayishi natijasida miyada neyromediatorlar muvozanatining buzilishi SEni rivojlanishi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor BSF va SEli bemorlar gomeostazida elektrolitlarning pasayishga moyilligi hamda orqa miya suyuqligida (OMS) bu ko‘rsatkichlar o‘ta past ekanligi aniqlangan;
neyromediatorlar mikdorining etishmovchiligi BSF va SE og‘irlik darajasiga bog‘liqligi isbotlangan;
patologik jarayonning zo‘rayishini ko‘rsatadigan yallig‘lanish (TNFα, IFNγ) va yallig‘lanishga qarshi (IL-10) sitokinlar miqdorining ikkala biologik muhitda ham ortishi SE asoratli BSF bemorlarga xos ekanligi aniqlangan;
ilk bor autopsiyada bosh miya tuzilmasining morfometrik xususiyatlari tasniflanib, miya po‘stlog‘i va po‘stloq ostida hosil bo‘lgan glial chandiq gliyaning epileptik o‘choqlar shakllanishida muhimligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalar serebral falajligida epilepsiya jarayonini tashxislash va davolashning yangi usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Bolalar serebral falajligida simptomatik epilepsiyani tashxislash va davolashda yangicha yondashuvlar» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 27 fevraldagi 8n-r/34-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma tashxislash, xavfli guruhni aniqlash, kasallik kechishini bashorat qilish va o‘z vaqtida davolash chora-tadbirlarini qo‘llashga xizmat qilgan;
«Simptomatik epilepsiya asoratli bolalar serebral falajligida bosh miyaning morfologik xususiyatlari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 27 fevraldagi 8n-r/34-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma BSFning turli klinik shakllarida bosh miyaning har xil sohalarida patomorfologik o‘zgarishlar epileptik o‘choqlar shakllanishiga bog‘liqligini aniqlashga xizmat qilgan;
BSFda epilepsiya jarayonini tashxislash va davolashning yangi usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi nevrologiya bo‘limi hamda Buxoro viloyati ruhiy-asab kasalliklari dispanseri bolalar bo‘limi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 6 martdagi 8n-d/10-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar tibbiy yordam sifatini oshirishga, tashxislash va davolashning yangi uslublarni qo‘llash orqali BSFda epilepsiya xurujlarini kamaytirish, asoratlarining oldini olish, bemorlar hayot sifatini yaxshilash hamda bolalarni statsionarda davolanish muddatini qisqartirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikka imkon yaratgan.