Kalanxodjaeva Shaxnoza Baxtiyarovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Buyrak usti bezi tug‘ma disfunksiyasi bilan ayollarda klinik-gormonal, metabolik va ijtimoiy xususiyatlar», 14.00.03–Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib448.

Ilmiy rahbar: Xaydarova Feruza Alimovna, tibbiyot fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.02.

Rasmiy opponentlar:Urmanova Yulduz Maxkamovna, tibbiyot fanlari doktori; Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Qozog‘iston uzluksiz ta’lim tibbiyot universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: buyrak usti bezi qobig‘ining tug‘ma disfunksiyasi bo‘lgan ayollarda klinik-gormonal, metabolik va ruhiy-ijtimoiy xususiyatlarni baholashni takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

buyrak usti bezi tug‘ma disfunksiyasi, tuxumdonlar polikistoz sindromi va idiopatik girsutizm bo‘lgan ayollarning klinik-gormonal xususiyatlari solishtirma taqqoslash mezoni asoslangan;

giperandrogeniya bo‘lgan ayollarda 21-gidroksilaza genida mutatsiyalar uchrash soni va mutatsiyalarning turi asosida buyrak usti bezi tug‘ma disfunksiyasining o‘zbek ayollarida uchraydigan gen mutatsiyalari isbotlangan;

buyrak usti bezi tug‘ma disfunksiyasi, tuxumdonlar polikistoz sindromi va idiopatik girsutizm bo‘lgan ayollarda qiyosiy mezon bo‘yicha reproduktiv tizimi xususiyatlari, bemorlarning klinik va biokimyoviy farqlari aniqlangan;

genotiplash natijasida CYP21A2 genining G1683T, T999A va C89T geterozigot mutatsiyasi isbotlangan;

buyrak usti bezi tug‘ma disfunksiyasi bo‘lgan ayollarga xos 17-gidroksiprogesteron, testosteron, degidroepiandrosteron, adrenokortikotrop gormon, sekssteroid-bog‘lovchi globulinlar, androstendion va kortizol darajalarining referens ko‘rsatkichlarining o‘rni asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Buyrak usti bezi qobig‘ining tug‘ma disfunksiyasi bo‘lgan ayollarda klinik-gormonal, metabolik va ijtimoiy mezonlarni baholashni takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalari asosida:

«Buyrak usti bezi qobig‘ining tug‘ma disfunksiyasi bo‘lgan bemorlarni kuzatishni optimallashtirish» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 7 maydagi 8n-r/124-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma buyrak usti bezi qobig‘ining tug‘ma disfunksiyasi bo‘lgan ayollarda bemor bola tug‘ilish xavfini bashorat qilish, bunday bemorlarni erta aniqlash, bemorlarni tashxislashni qulaylashtirish va samarali davolash imkonini bergan;

buyrak usti bezi qobig‘ining tug‘ma disfunksiyasi bo‘lgan ayollarda klinik-gormonal, metabolik va ijtimoiy mezonlarni baholashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Toshkent shahar endokrinologik dispanserlari klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 29 yanvardagi 8n-z/12-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi tashxisot sifatini oshirishga hamda buyrak usti bezi qobig‘ining tug‘ma disfunksiyasi bo‘lgan ayollarda davolash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish