Xakimov Ravshan Nigmatillaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shok chaqiruvchi jarohatlarda travmatologik muolajalarning vaqti va hajmini takomillashtirish», 14.00.40–Shoshilinch tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/Tib100.
Ilmiy maslahatchi: Xadjibaev Abduxakim Muminovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, Dsc.28.02.2018.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Miroshnichenko Aleksandr Grigor`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Rizaev Kamal Saidakbarovich, tibbiyot fanlari doktori; Xamraev Alisher Shaxobovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Moskva shahri Sog‘liqni saqlash departamentiga qarashli N.V.Sklifosovskiy nomidagi Tez yordam ilmiy-tadqiqot instituti davlat byudjeti sog‘liqni saqlash muassasasi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: shokogen jarohatlar bilan shikastlangan bemorlarning boshlang‘ich va o‘tkir davrida diagnostika va davolash usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
olingan jaroxatlarni ball tizimida baholashga asoslanib, erta va kechiktirilgan osteosintez o‘tkazish uslubi takomillashtirilgan;
qo‘l-oyoq suyaklarining shokogen singan qo‘shma jarohatli bemorlarda erta osteosintez amaliyotini mutlaq – ichki qon ketish, miya ichi gematomasi ISS<25 va to‘qima ichi bosimi diastolik bosimdan 20–30 mm.sm.ust.dan kam bo‘lgan holatlarda, nisbiy – kichik sinishlar, shok holatidan chiqmaganlik, ISS>25 va to‘qima ichi bosimi diastolik bosimga teng bo‘lgan holatlarda va qarshi – nomuqobil gemodinamika, davom etayotgan shok holati, ISS>45 va to‘qima ichi bosimi diastolik bosimdan yuqori bo‘lgandagi ko‘rsatmalarga asoslanib amalga oshirilgan;
o‘ta og‘ir ahvoldagi bemorlarda qo‘l-oyoq suyaklarining sinishlarida travmatik kasallikning erta bosqichida birlamchi kam invaziv usulda suyaklar stabilizatsiyasi orqali bosqichli jarrohlik davo uslubi takomillashtirilgan;
og‘ir ahvoldagi bemorlarda shikastlanish kasalligining erta davrida barqaror osteosintez o‘tkazilishi umumiy holatini og‘irlashtirmaydigan qo‘l-oyoqlar gomeostazining yo‘l qo‘yiladigan to‘qima ichi bosimi – diastolik bosimdan 20–30 mm.sm.ust.dan kam bo‘lgan va diastolik bosimga teng bo‘lgan ko‘rsatkichlari aniqlangan;
shokogen jarohatli bemorlarda dori-darmonlarga bog‘liq bo‘lmagan – uzun naysimon suyaklarni parmalamasdan qilinadigan osteosintezi, dori-darmonlarga bog‘liq – tarkibida yantar kislotasi bor eritmasini erta va bosqichli qo‘llash hamda jarrohlik – kaminvaziv kam jarohatlovchi osteosintez choralarini qo‘llab yog‘li emboliya asorati rivojlanishining oldini olish takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Shokogen shikastlanishlarda travmatologik yordam hajmi va muddatlarini optimallashtirishga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Suyak tizimi jarohatli bemorlarda yog‘li emboliya sindromi tashxisi, davosi va profilaktikasiga zamonaviy yo‘llar» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 10 oktyabrdagi 8n-r/34-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomani tatbiq qilish natijasida qo‘l-oyoq suyaklarining shokogen sinishli qo‘shma jarohatlar mavjud bo‘lgan bemorlarga yuqori texnologik davoni jahon standartlari darajasida ko‘rsatishga erishilgan;
«Qo‘shma shokogen jarohatlarida tez tibbiy yordam ko‘rsatishda tashxislash-davolash chora-tadbirlari algoritmi» ishlab chiqilgan hamda tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 18 fevraldagi 8n-z/25-son ma’lumotnomasi). Mazkur tashxislash-davolash algoritmi qo‘shma jarohat olgan bemorlarda kasalxonagacha bosqichda jarohatning og‘irligini prognozlashga va kelib chiqadigan asoratlarining oldini olishga xizmat qilgan;
shokogen shikastlanishlarda travmatologik yordam hajmi va muddatlarini optimallashtirishga bag‘ishlangan tadqiqotdan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, RShTYoIMning Samarqand va Andijon viloyati filiallari amaliy faoliyatiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 10 oktyabrdagi 8N-d/34-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning klinik amaliyotga tatbiq etilishi qo‘l-oyoq suyaklarining qo‘shma shokogen shikastlanishlarida operatsiyadan keyingi asoratlar sonini 23,5%dan 6,5%gacha qisqartirish va davolanishga ketgan umumiy xarajatlarni 15%ga kamayishiga imkon bergan.