Mavlonov Jurabek Yorqul o‘g‘lining

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar:

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Davlat va xalq o‘rtasida samarali muloqotni ta’minlashda fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish», 23.00.02–Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/Siyos16.

Ilmiy maslahatchi: Muminov Alisher Gaffarovich, siyosiy fanlar doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08.2017.S.01.08.

Rasmiy opponentlar: Ravshanov Fazliddin Ravshanovich, siyosiy fanlar doktori, professor; To‘ychiev Berdiqul To‘raqulovich, falsafa fanlari doktori, professor; Irnazarov Qudrat To‘g‘onovich, tarix fanlari doktori, professor

Yetakchi tashkilot:Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: davlat bilan xalq o‘rtasida samarali muloqotni ta’minlashda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini kuchaytirish yuzasidan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

«fuqarolik muloqoti», «davlat – fuqaro» va «davlat – fuqarolik jamiyati institutlari – fuqaro» muloqot modeli tushunchalarining zamonaviy mazmuni ochib berilgan, fuqarolik jamiyati globallashuv va axborotlashuv paradigmalarining siyosiy-kommunikativ xarakteri asoslangan;

huquqiy-me’yoriy hujjatlarni muhokama qilish jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini kengaytirish uchun krautsorsing texnologiyalarni qo‘llashga oid takliflar ishlab chiqilgan;

fuqarolik jamiyati institutlari samaradorligini baholash ijtimoiy monitoring metodikasi ishlab chiqilgan;

milliy NNT faoliyatini liberallashtirish orqali davlat va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi munosabatlarning shaffofligini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;

davlat va xalq o‘rtasidagi muloqotni ta’minlashda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini kengaytirish uchun ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida memorandumlar tuzish, axborot tahlilining zamonaviy usullaridan foydalanish, PR-texnologiyalarni joriy qilish, «yo‘l xaritalash» strategiyasidan foydalanish kabi optimallashtirishning innovatsion mexanizmlari ishlab chiqildi.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Davlat va jamiyat o‘rtasida samarali muloqotni ta’minlashda fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«fuqarolik muloqoti», «fuqarolik jamiyati institutlarining muloqotlik imkoniyatlari», «davlat – fuqarolik jamiyati institutlari – fuqaro» muloqot modeli kabi tushunchalarning ilmiy muomalaga kiritilishi Shotlandiyaning Glazgo universiteti tomonidan e’tirof etilgan (Shotlandiya Glazgo universitetining 2018 yil 22 dekabrdagi ma’lumotnomasi). Mazkur tushunchalar fuqarolik jamiyatining zamonaviy siyosiy-kommunikativ masalalarini o‘rganishda muhim ilmiy ahamiyat kasb etib, siyosiy texnologiyalarning tarmoqli xarakterini ochib beradi hamda siyosiy fanlar sohasida yangi tadqiqotlar o‘tkazish imkonini bergan;

siyosiy partiyalar faoliyati ochiqligi va shaffofligini ta’minlashga oid takliflar asosida partiyalar tomonidan ilgari surilgan yangi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni jamoatchilik muhokamasiga olib chiqishga oid zamonaviy, O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilgan, siyosiy texnologiyalarni qo‘llashga, mamlakatimiz partiyaviy tuzilmalar ijobiy imiji shakllanishi va aholi tomonidan siyosiy partiyalarga bo‘lgan ishonchning ortishiga ko‘maklashgan (O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengashining 2018 yil 24 iyul`dagi 01-27/758-son ma’lumotnomasi). Krautsorsing asoslari qo‘llanilishi me’yoriy-huquqiy hujjatlar muhokamasiga siyosiy partiyalarning ekspertlari va elektoratning faol vakillarini keng jalb qilishga xizmat qilgan;

fuqarolarning siyosiy-huquqiy madaniyatini oshirish va o‘zlikni anglash jarayoni monitoringini olib borish yuzasidan ilgari surilgan metodik takliflar Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti axborot-tahliliy faoliyatining Kompleks dasturiga kiritilgan hamda “Fuqarolarning siyosiy, huquqiy va o‘zlikni anglash jarayoni monitoringi”ni o‘tkazishda qo‘llanildi. (Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining 2018 yil 18 maydagi 03-190-son ma’lumotnomasi). Mazkur metodika mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan fuqarolik jamiyati institutlari reytingini shakllantirishda, ularning istiqboldagi rivojlanish “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilishi va joriy etilishida ko‘maklashdi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlarga daxldorlik hissi va davlat bilan xalq o‘rtasida muloqot darajasini oshirishga xizmat qilgan;

mamlakatimiz nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish, adliya, soliq va boshqa nazorat organlari tomonidan NNTlar faoliyatini tekshiruv jarayonining shaffofligi, muddat, shart va davriyligining aniq tartibi hamda tekshiruvchilarning huquq va majburiyatlarini aniqlashtirish, NNTlar faoliyati ustidan davlat nazorati tizimini erkinlashtirish yuzasidan takliflar berildi (O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari assotsiatsiyasining 2018 yil 3 avgustdagi 04-06/247-02-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar muhim ijtimoiy masalalar bilan shug‘ullanadigan NNTlar faoliyatini keng yoritish uchun ko‘mak mexanizmlarini shakllantirish, aholi o‘rtasida ko‘ngilli va xayriya ishlarini ommalashtirish, ijtimoiy reklama va ijtimoiy audit bilan shug‘ullanish, davlat muassasalariga kadrlar tanlash va davlat xizmatiga jalb qilish jarayonida ijtimoiy sheriklik tizimini yo‘lga qo‘yish kabi mexanizmlardan O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari assotsiatsiyasi amaliyotida keng foydalanib kelinmoqda;

ijtimoiy nazorat mexanizmlarini kengaytirish va unda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish xususidagi takliflar O‘zbekiston “Mahalla” xayriya fondi tomonidan foydalanib, davlat va fuqarolar o‘rtasida Respublika Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish kengashi faoliyati samaradorligini oshirgan hamda jamiyat hayotida mahallaning ishtirokini kengaytirish yuzasidan yangi yondashuvlar shakllanishiga ko‘maklashgan (Respublika Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqari organlari faoliyatini muvofiqlashtirish kengashining 2018 yil 13 sentyabrdagi 02-01/493-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, ijtimoiy sheriklik to‘g‘risidagi memorandumlar tuzish, aholi bilan ishlash jarayonida zamonaviy PR-texnologiyalarini amaliyotga joriy qilishga xizmat qilib, Respublika kengashining mintaqaviy seminarlar tashkil etishda o‘quv materiallari sifatida keng foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish