Toirov Bobur Akbarovichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisosliklar shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Keloid chandiqlarining patogenetik mexanizmlari, ularni kompleks davolashni takomillashtirish», 14.00.11–Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib484.
Ilmiy rahbar: Sabirov Ulug‘bek Yusupxanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSs.27.06.2017.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Xaitov Kaxramon Najmitdinovich, tibbiyot fanlari doktori; Gil`dieva Margarita Sabirovna, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: keloid chandiqlar rivojlanishining patogenetik mexanizmlari asosida kompleks davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
keloid chandiqlar bilan xastalangan bemorlarda IL–6 geni (G–174C) polimorfizmining S/S gomozigotasi hamda TGFβ1 geni (Arg25Pro) polimorfizmining Pro/Pro gomozigotasi uchrashini nazorat guruxiga qaraganda yaqqol namoyon bo‘lishi xusnbuzar o‘rnida patologik kollagen rivojlanish xavfi isbotlangan;
keloid chandiq bilan xastalangan bemorlarda metalloproteinaza to‘qima ingibitori konsentratsiyasining ishonchli oshishi va matriks metalloproteinaza sintezining pasayishiga javoban xusnbuzardan keyin keloid chandiqlar shakllanishi isbotlangan;
keloid chandiqli bemorlarda superoksiddismutazaning ishonchli pasayishi bemorlar organizmida oksidativ zo‘riqishi hisobiga javoban antioksidant tizimning ushbu bo‘g‘imi mobilizatsiyasi yuzaga kelishi asoslangan;
keloid chandiqlar bilan og‘rigan bemorlarda o‘tkazilgan genetik va immunoferment tahlillar asosida kasallikni rivojlanish xususiyatlari aniqlangan, hamda patogenetik asoslangan kompleks terapevtik davolash tizimi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Keloid chandiqlarining patogenetik mexanizmlari, ularni kompleks davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Keloid chandiqlarni tashxislash va davolashga zamonaviy yondoshuv» uslubiy qo‘llanma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 29 oktyabrdagi 8n-d/227-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma xusunbuzardan keyingi teri yuz sohasida yuzaga keladigan chandiqlarni tashxislash va samarali davolash tizimini takomillashtirish imkonini bergan;
keloid chandiqlarining patogenetik mexanizmlari, ularni kompleks davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, shuningdek, Samarqand hamda Toshkent viloyatlari teri-tanosil dispanserlari klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 8 yanvardagi №8n-z/2-sonli ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi tibbiy yordam sifatini oshiradi, shuningdek, tashxislash va davolashning yangi uslublarni qo‘llash orqali keloid chandiqlari bo‘lgan bemorlar hayot sifatini yaxshilash hamda bemorlarning ambulator sharoitda davolanish muddatini qisqartirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkonini bergan.