Muxammedova Xulkar Eliboevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Charl`z Dikkens asarlarida ayol xarakteri tipologiyasi», 10.00.04–Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fil143.

Ilmiy rahbar: Xolbekov Muxammadjon Nurqosimovich, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017. Fil.21.01.

Rasmiy opponentlar: Baqoeva Muhabbat Qayumovna, filologiya fanlari doktori, professor; Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich, filologiya fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Charl`z Dikkens asarlarida ayol xarakteri tipologiyasini yaratish hamda madaniy-adabiy, ijtimoiy jarayonlar kesimida yoritib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Viktorian ingliz adabiyoti asnosida ayol xarakteri hozirgi zamon adabiyot nazariyasi bilan bog‘liq tomonlari tipologik yo‘nalishda ochib berilgan;

Yozuvchi prozasini qamrab olgan to‘rt ijod davri mobaynida yaratilgan asarlarda ayol xarakterining milliy koloriti isbotlangan;

Adib ijodiga tegishli bo‘lgan asarlarda ayol xarakterining ijtimoiy belgilariga asoslanib, obrazning tobeligi, fidokorligi, makkorligi hamda o‘ziga xos va farq qiluvchi xususiyatlari dalillangan;

Charl`z Dikkens asarlari asosida ishlab chiqilgan xarakter mezonlari ayol obrazini tiplarga ajratishda tatbiq etilganligi isbotlangan;

Yozuvchi asarlarida yaratilgan ayol xarakteri tipologiyasi qisman o‘zbek asarlaridagi ayol obrazi bilan qiyoslanib, ular o‘rtasidagi farq qiluvchi jihatlari asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Hozirgi jahon adabiyotshunosligida kechayotgan innovatsion jarayonlarni o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

Charl`z Dikkens ijodida yaratilgan ayol obrazi qiyofasiga xos bo‘lgan fazilatlar, xislatlar uning xarakterida  o‘z aksini topishi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining davlat adabiyot muzeyida tashkil etilgan «O‘zbek va dunyo adabiyotida umumbashariy mavzular» nomli ekspozisiyani shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 2 apreldagi 311255-817-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchi va tomoshabinlarga  ingliz madaniyati va asar tarjimalari va ingliz ayol xarakteri tiplari haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoniyati yaratilgan;

Charl`z Dikkens ijodiy merosi asosida ayol xarakteri tipologiyasini yaratishga oid ilmiy-nazariy xulosalardan «O‘zbek adabiyoti qiyosiy adabiyotshunoslik aspektida: tipologiya va adabiy ta’sir» fundamental ilmiy tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 2 apreldagi 311255-817-son ma’lumotnomasi). Natijada ayol xarakteriga berilgan turli talqinlarni taqqoslash hamda adabiyotshunoslik tushunchalari tizimida tutgan o‘rnini belgilash, adabiy qahramon tiplarini qiyosiy adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan o‘rganish bo‘yicha manba bo‘lib xizmat qilgan;

Charl`z Dikkens asarlarida ayol xarakterini ochib berish orqali aniqlangan ayol obrazlariga oid ma’lumotlar Oybek uy muzeyida tashkil etilgan «Oybek tarjimon» bo‘limini va muzeyning ilmiy-yordamchi fondini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2018 yil 18 iyundagi 01-11-08-4239-son ma’lumotnomasi). Natijada Charl`z Dikkens ijodining o‘zbek adabiyotida o‘rganilishi, Oybek ijodi bilan taqqoslanishi, o‘zbek va ingliz ayol obrazlarining tipologik qirralari, o‘zbek adabiyotida jahon adabiyotining ta’sirini aniqlashga imkon bergan;

Charl`z Dikkens asarlarida ayol xarakteri tiplarini aniqlash, xarakterlar kriteriyalarini ishlab chiqish masalalari, adib asarlarining umumbashariy qiymati, bugungi o‘quvchi uchun muhim bo‘lgan jihatlar bilan bog‘liq natijalardan «Madaniyat va ma’rifat» telekanalidagi «Dunyo adabiyoti» ko‘rsatuvining bir qator sonlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Madaniyat va ma’rifat» telekanalining 2018 yil 11 yanvardagi 02-16/16-son ma’lumotnomasi). Mazkur tadqiqot natijalarining efirga uzatilishi mamlakatimiz aholisini jahon adabiyotining ulkan namoyondasi Charl`z Dikkens asarlari bilan chuqurroq tanishtirish, ularda tarannum etilgan umuminsoniy tuyg‘ularni targ‘ib etishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish