Komilov Samandar Iskandarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Geosintetik materiallar bilan kuchaytirishning yo‘l ko‘tarmasi ustuvorligiga ta’siri», 05.09.02–Asoslar, poydevorlar va er osti inshootlari. Ko‘priklar va transport tonnellari. Yo‘llar, metropolitenlar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3. PhD/T486.
Ilmiy rahbar: Kayumov Abdubaki Djalilovich,texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti hamda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.09.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Xayat Zoyirovich, texnika fanlari doktori, professor; Sadikov Ibragim Salixovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: avtomobil` yo‘llari yo‘l poyi ko‘tarma gruntlarini geosintetik materiallar bilan kuchaytirishning mavjud usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
geosintetik material bilan grunt orasidagi o‘zaro ta’sir xususiyatlarini hisobga olgan holda ko‘tarma yon bag‘ir qiyaligi ustuvorligini hisoblash uchun kuchaytirilgan mavjud yo‘l ko‘tarmasining tuzilmaviy-echim sxemasi gruntlarning xossa va tarkiblaridan kelib chiqib takomillashtirilgan;
avtomobil` yo‘l ko‘tarmasi ustuvorligini hisoblashdagi mustahkamlik ko‘rsatkichlarini grunt namligi va zichlashtirish koeffisientiga bog‘liqligining analitik ifodalari ishlab chiqilgan;
geosintetik material va gruntning o‘zaro ta’siridagi aniqlanishi lozim bo‘lgan ichki ishqalanish burchagi va bog‘lanish kuchi ko‘rsatkichlarini tavsiflovchi usullar murakkab rel`ef va muhandis-geologik sharoitga ega bo‘lgan hududlarni hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
ko‘tarmaning har bir qatlamidagi ustuvorlik koeffisienti qiymatlarini gruntning mustahkamlik ko‘rsatkichlari, geomaterial parametri, shuningdek avtomobil`, yo‘l to‘shamasi va grunt yuklamalariga bog‘liq holda asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Geosintetik materiallar bilan kuchaytirilgan yo‘l ko‘tarmasi ustuvorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
geosintetik material va grunt xususiyatlarini hisobga olgan holda ko‘tarma yon bag‘ir qiyaligi ustuvorligini hisoblash uchun kuchaytirilgan mavjud yo‘l ko‘tarmasining tuzilmaviy-echim sxemasi gruntlarning xossa va tarkiblaridan kelib chiqib ko‘tarmaning har bir qatlamidagi ustuvorlik koeffisienti qiymatlarini gruntning mustahkamlik ko‘rsatkichlari, geomaterial parametri shuningdek avtomobil`, yo‘l to‘shamasi va grunt yuklamalariga bog‘liq holda asoslangan natijalari M-39 «Almata-Bishkek-Toshkent-Termez», A-380 «G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu» va A-378 «G‘uzor-Chim-Ko‘kdala-Samarqand» avtomobil` yo‘llari kesishmasi transport echimidagi PK 6+30 - PK 6+80 uchastkasiga yo‘l ko‘tarmasi tikligini oshirish va ustuvorlik koeffisientini talab etilgan qiymatlarini ta’minlashda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil` yo‘llari davlat qo‘mitasining 2018 yil 14 dekabrdagi 03/6553-6595-son ma’lumotnomasi). Natijada yo‘l ko‘tarma ustuvorligi 1,5 baroborga oshirishga erishilgan;
avtomobil` yo‘l ko‘tarmasi ustuvorligini hisoblashdagi mustahkamlik ko‘rsatkichlarini grunt namligi va zichlashtirish koeffisientiga bog‘liqlikligining analitik ifodalari IQN-121-17 (idoraviy qurilish normalari) «Yuqori namlikdagi gruntlardan avtomobil` yo‘llarining poyini qurish buyicha yo‘riqnoma» va MQN 40-2009 (muassasaviy qurilish normalari) «Avtomobil` yo‘llarida geosintetik materiallarni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma»ga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritish uchun joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi avtomobil` yo‘llari davlat Qo‘mitasining tomonidan berilgan 2018 yil 14 dekabrdagi 03/6553-6595-son ma’lumotnoma). Natijada hisob ishlari asosida geosintetik materiallarni amalda qo‘llab yo‘l ko‘tarmasi ustuvorligini oshirishga erishilgan;
geosintetik material va gruntning o‘zaro ta’siridagi aniqlanishi lozim bo‘lgan ichki ishqalanish burchagi va bog‘lanish kuchi ko‘rsatkichlarini tavsiflovchi usullar murakkab rel`ef va muhandis-geologik sharoitga ega bo‘lgan hududlarni hisobga olgan holda hamda ko‘tarmaning har bir qatlamidagi ustuvorlik koeffisienti qiymatlarini gruntning mustahkamlik ko‘rsatkichlari, geomaterial parametri, shuningdek avtomobil`, yo‘l to‘shamasi va grunt yuklamalariga bog‘liq holda asoslangan natijalari M-34 «Toshkent-Dushanbe» avtomobil` yo‘lini 4R-29 «Guliston-Gagarin» avtomobil` yo‘li bilan bog‘lovchi yangi yo‘nalishdagi (Guliston shahrini aylanib o‘tish avtomobil` yo‘li) 81+50 va 82+50 piketlari oralig‘i uchastkasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil` yo‘llari davlat Qo‘mitasining 2018 yil 14 dekabrdagi 03/6553-6595-son ma’lumotnomasi). Natijada foydalanishga topshirilgan asfal`t-beton qoplamali yo‘llarning xizmat qilish muddatini 5 yildan 10 yilgacha oshirish imkonini bergan.