Ochilov Komil Raximovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zaharli ximikatlar va og‘ir metal  tuzlarining hujayra morfologiyasi funksional holatiga ta’siri», 16.00.02–Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi. Veterinar akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi (biologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/V88.

Ilmiy maslahatchi: Ilyasov Aziz Saidmurodovich, biologiya fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand veterinariya medisinasi instituti, DSc.30.08.2018.V.12.01.

Rasmiy opponentlar: Dilmurodov Nasriddin Baboqulovich, veterinariya fanlari doktori professor; Rajamuradov Zaynitdin Turabovich, biologiya fanlari doktori, professor; Oripov Firdavs Suratovich, tibbiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: ayrim pestisid va og‘ir metallarni alohida va birgalikda qo‘llaganda hayvonlarning to‘qimalari va turli hujayraviy tuzilmalari morfofunksional holatiga ta’sirini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor og‘ir metall tuzlari va pestisidlarni hayvonlarga alohida va birgalikda qo‘llanilganda jigar mitoxondriyalarining funksional holati va undagi  ul`tratarkibiy o‘zgarishlari aniqlangan;

toksikantlar ta’sirida jigarning eng ta’sirchan ul`tratuzilmasi mitoxondriyalar va endoplazmatik tarmoq ekanligi aniqlanib, ularni (dropp, butilkaptaks, butifos) mazkur ultratuzilmalarda eng ko‘p to‘planishi tajribalarda isbotlangan;

qo‘rg‘oshin va kadmiy preparatlarini hayvonlarga birgalikda qo‘llanilganda mitoxondriyalar funksional holatida gepatotsitlar va siljishlarning ul`tratarkibiy o‘zgarishlari mazkur toksikantlarning o‘zaro sinergizmiga olib kelishi aniqlangan;

pestisidlar va zaharli ximikatlarni hayvonlar organizmiga ta’sir mexanizmlarini aniqlashning yangi usuli ishlab chiqilgan;

defoliantlar va qo‘rg‘oshin tuzlari birgalikda va alohida-alohida qo‘llanilganda gepatotsitlarda energetik almashinuvi va biosintetik jarayonlarning eng ko‘p o‘zgarishlari aniqlangan.

defoliantlarning toksikologik xususiyatlari bilan in vitro sharoitida ularning modifikatsiyalovchi ta’siri mitoxondriyalarda oksidlanish-qaytarilish holati, kalamushlar jigar hujayralarining  energetik metabolizmi va timotsitlar korrelyasiyasi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Zaharli ximikatlar va og‘ir metall tuzlarining hujayra morfologiyasi funksional holatiga ta’siri bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:

pestisidlar va og‘ir metall tuzlarining hayvonlar organizmi  hujayra va to‘qimalariga zaharli ta’sir mexanizmini aniqlashning eksperimental usullari ishlab chiqilgan va sud-kimyoviy laboratoriya amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 4 iyundagi 8-4/157-son ma’lumotnomasi). Bunda hayvonlarning pestisidlar va og‘ir metall tuzlari bilan zaharlanishini kimyoviy – laboratoriya usulida aniqlashda samarali natijalarga erishilgan;

hayvonlarning pestisidlar va og‘ir metall tuzlari bilan zaharlanishini kimyoviy – laboratoriya usulida aniqlash veterinariya xizmatining laboratoriya amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasining 2018 yil 5 iyundagi  02/13-577-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida bir marotabalik laborator tekshiruv tahlilini o‘tkazishda 30 000 sum mablag‘ni tejash imkoniyati yaratilgan;

ekspertizalarni o‘tkazish jarayonida yupqa qatlamli gaz-suyuqlik xromatografiyasidan foydalangan holda biologik ob’ektlarda kichik hajmdagi pestisidlar va og‘ir metall tuzlarining mavjudligini aniqlash uchun ishlab chiqilgan usullar sud-tibbiyoti ekspertiza amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligining  2018 yil 4 iyundagi 8-4/157-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida inson va hayvonlarning pestisidlar va og‘ir metall tuzlari bilan zaharlanishlarini diagnostika qilish samaradorligi oshirilib, ular o‘limining sababini aniqlash imkonini bergan;

ishlab chiqilgan laboratoriya tekshirish usullari Buxoro viloyat veterinariya tashxis markazlarining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasining 2018 yil 5 iyundagi  02/13-577-son ma’lumotnomasi). Natijada hayvonlarning zaharli ximikatlar va pestisidlar bilan zaharlanishlarini barvaqt diagnostika qilish va oldini olishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish