Raximov Atanazar Karimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Talabalarda tabiiy-ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (“Evolyusion ta’limot” fanini o‘qitish misolida)», 13.00.02– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/Ped51.
Ilmiy maslahatchi: Tolipova Jamila Olimjonovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc. 28.12.2017.Ped.01.09.
Rasmiy opponentlar: Sultanov Amatjon Saitkarimovich, biologiya fanlari doktori, professor; Karshibaev Hazratqul Kilichievich, biologiya fanlari doktori, professor; Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: “Evolyusion ta’limot” fanini o‘qitish jarayonida talabalarning tabiiy-ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Tabiiy-ilmiy dunyoqarash” atamasining mazmun-mohiyati biologiya fanlari ta’limining praksiologik (amaliy, samarador, ratsional) yo‘nalishi hamda didaktik maqsadlarini (motivatsion-qadriyatli, kognitiv-faoliyatli, shaxsiy-refleksiv) identiv xususiyatlarga ko‘ra integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
“Evolyusion ta’limot” fanini o‘qitish mazmuni mikroevolyusiya va makroevolyusiya jarayonlariga oid kompetensiyaviy talablarga (“DNA research” texnologiyasi tarkibi, vositalari) ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda tabiiy-ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish jarayoni (axborot ustida mustaqil ishlash, refleksiv nuqtai nazarni qaror toptirish, vitagen va sub’ektiv tajribani shakllantirish) individual va differensial ta’lim texnologiyalarining integrativ xossalarini (ijodiy, emotsional-rag‘batlovchi, variativ o‘quv topshiriqlari) aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda tabiiy-ilmiy dunyoqarashni rivojlantirishning metodik tuzilmasi (motivatsion, kognitiv, amaliy-faoliyatli) o‘qitish vositalari, metodlari va shakllarini bosqichli va maqsadli loyihalash yondashuvi (keys-to‘plam, netvorking, mahorat darslari) asosida takomillashtirilgan;
talabalarda tabiiy-ilmiy dunyoqarashni rivojlantirishga yo‘naltirilgan mezonlar (nostandart, kreativ o‘quv va test topshiriqlari) tarkibi tabiiy-ilmiy savodxonlikni baholashga oid talablarni (refleksiv baholash, o‘zlashtirgan bilimlarni amaliyotda qo‘llash, innovatsion faoliyat) belgilash asosida aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Talabalarda tabiiy-ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
“Evolyusion ta’limot” fanini o‘qitish mazmuni, mikroevolyusiya va makroevolyusiya jarayonlariga oid kompetensiyaviy talablar (“DNA research” texnologiyasi tarkibi, vositalari)ga doir takliflar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 24 sentyabrdagi 603-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 5140100 – Biologiya (turlar bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi malaka talablari mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 26 dekabrdagi 89-03-4463-son ma’lumotnomasi). Natijada biologiya fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda fanga doir xususiy kompetensiyalarni loyihalash imkoniyati yaratilgan;
talabalarda tabiiy-ilmiy dunyoqarashni rivojlantirishning metodik tuzilmasi, o‘qitish vositalari, metodlari va shakllarini bosqichli va maqsadli loyihalash oid takliflardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2009 yil 26 fevraldagi 51-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Genetika va seleksiya asoslari” nomli darslikni (№176, ISBN 978-9943-10-614-7) (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 16 maydagi 89-03-1888-son ma’lumotnomasi) tayyorlashda foydalanilgan. Darslikning “Evolyusion ta’limot” bo‘limi talabalarning evolyusion jarayonlarning bosqichlariga (populyasiya, kenja tur va tur hosil bo‘lishi) oid bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini oshirishga xizmat qilgan;
talabalarda tabiiy-ilmiy dunyoqarashni rivojlantirishga yo‘naltirilgan mezonlar, tabiiy-ilmiy savodxonlikni baholash, individual va differensial ta’lim texnologiyalarining integrativ xossalariga oid taklif va tavsiyalardan A-1-141 raqamli “Oliy ta’lim muassasalari pedagoglarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi uchun modulli Web texnologiya asosida elektron axborot-ta’lim resurslarini yaratish va amaliyotga joriy etish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 14 maydagi 89-03-1849-son ma’lumotnomasi). Loyiha doirasida “Biologik fanlarning taraqqiyot tendensiyalari va innovatsiyalari”, “Oliy ta’limda biologik fanlarni o‘qitish metodikasi” maxsus fanlarining o‘quv mazmuni takomillashtirilgan;
“tabiiy-ilmiy dunyoqarash” atamasining mazmun-mohiyati, biologiya fanlari ta’limining praksiologik yo‘nalishi hamda didaktik maqsadlarini identiv xususiyatlariga oid amaliy tavsiyalardan “Genetika va seleksiya asoslari” nomli darslikni ishlab chiqish va uning metodik ta’minotini tayyorlashda foydalanilgan (№176, ISBN 978-9943-10-614-7) (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 16 maydagi 89-03-1888-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur darslik “Evolyusion ta’limot” fanidan pedagogik tajriba-sinov o‘tkazish materiallari” nomli o‘quv qo‘llanmasini tayyorlash, talabalarda ilmiy tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.