Paizbekova Aziza Djaksinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ingliz, rus, o‘zbek va qozoq tillari maqollaridagi vaqt reprezentatsiyasining lingvokognitiv aspekti», 10.00.06–Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fil72.
Ilmiy rahbar: Djusupov Maxanbet Djusupovich,filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya ishi bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: Umarxodjaev Muxtor Ishanxodjaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Nasrullaeva Nafisa Zafarovna,filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: ingliz, rus, o‘zbek va qozoq tillari maqollarida zamon munosabatining reprezentatsiyasidagi umumiy va farqli jihatlar, vaqtni o‘tmish, bugun va kelajakda davom etuvchi hodisa sifatida universal va milliy-madaniy tushunish aspektida chog‘ishtirish hamda lingvokognitiv xususiyatlarini yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz, rus, o‘zbek va qozoq tillari maqollar tizimidagi vaqtmunosobatlari doirasiga bog‘liq paremiyalar tasniflangan, lingvokognitiv va lingvokulturologik xususiyatlar reprezentatsiyasi bilan bog‘liq birliklar aniqlangan, hamda ularning semantikasidagi o‘ziga xos kategoriyalashuv, milliy-madaniy xususiyatlar asoslangan;
chog‘ishtirilayotgan tillar paremiyalar asosida «vaqt»konseptining shakllanish jarayoni hamda til birliklarining leksik ma’nosini aks ettiruvchi semantik, komponentlarning turg‘un va ko‘chma ma’nolari bilan bog‘liq paradigmatik va sintagmatik munosabatlardagi temporal markerlari aniqlangan;
ingliz, rus, o‘zbek va qozoq tillari maqollarida aks etgan «vaqt»konsepti strukturasi asosida vaqtning verballashuvi, tildagi in’ikosi, vaqt munosabatlari reprezentatsiyasida namoyon bo‘ladigan vaqt kategoriyalari taqvim-davriy vaqt, chiziqli vaqt, biologik vaqt, ijtimoiy vaqt modellari ishlab chiqilgan;
maqollar (paremiyalar) tuzilmasida vaqtreprezentatsiyasining lingvokognitiv aspektini ochib berish orqali integral va differensial xususiyatga ega bo‘lgan verbal vositalari dalillangan;
ingliz, rus, o‘zbek va qozoq tillaridagi maqollarda vaqt munosabatlarining antroponimlar, ovqat nomlari, maishiy predmetlar, kiyim-kechak nomlari, zoonimlar, toponimlar, muayyan tarixiy davrlarni ifodalovchi istorizmlar, uslubiy xos so‘zlar, oila, e’tiqod va ijtimoiy mavzularga oid leksika, ularning universal hamda milliy-madaniy xususiyatlarini tasniflash asosida izomorfik va allomorfik jihatlari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ingliz, rus, o‘zbek va qozoq tillari maqollardagi vaqt reprezentatsiyasining lingvokognitiv aspektini tahlil etish jarayonida olingan natijalar asosida:
tilshunoslik nazariyasida paremiologiyaning maxsus bo‘lim sifatidagi muammolari, maqollarni kategoriyalash bilan bog‘liq natijalar ITD-1-07 raqamli «Tilshunoslik asoslari fanidan darslik, o‘quv-uslubiy majmua va ularning elektron nusxalarni yaratish» nomli amaliy tadqiqot loyihasi asosida tayyorlangan darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 3 fevraldagi 89-03-566-son ma’lumotnomasi). Joriy etilgan materiallar vaqt munosobatlarga oid temporal markerlarni shakllanishi natijasida tillararo hamda sohalararo aloqalarda interterminlarni o‘zlashtirishda kal`kalash, transliteratsiyalash, undan tashqari leksik, semantik o‘zgarishlar kabi o‘ziga xosliklarini ochib berishga xizmat qilgan;
vaqt munosobatlari aks etuvchi taqvim-davriy vaqt, chiziqli vaqt, biologik vaqt, ijtimoiy vaqt kategoriyalari bo‘yicha olingan natijalardan A-1-209 raqamli amaliy loyihada «Madaniyatlararo va kommunikativ yondashuv nigohida xorijiy filologiya magistratura mutaxassisligi bo‘yicha nazariy fanlardan ingliz tilida darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratish»nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 3 fevraldagi 89-03-566-son ma’lumotnomasi). Natijada tatbiq qilingan materiallar maqollarning mavzusini o‘rganishda hamda milliy o‘ziga xosligini namoyon qilishda asosiy vosita bo‘lib xizmat qilgan;
turli sistemalarga xos tillardagi maqollarni chog‘ishtirishda ulardagi milliy-madaniy komponentlar orqali milliy madaniyatni targ‘ib qilish mumkinligi haqidagi ilmiy fikrlar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar» ko‘rsatuvi va «Katta tanaffus» turkum radio eshittirishlari tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2018 yil 26 fevraldagi O’z/R-1-35-son ma’lumotnomasi).Turli tizimli tillarga xos maqollardagi vaqt munosabatining milliy-madaniy komponentlari radio eshtirishlar mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
maqollarning poliaspekt chog‘ishtirma tadqiqi, temporal ixtisoslashgan leksikasi shakllanishida leksik birliklarning mohiyati va semantik xususiyatlariga doir xulosalardan IOT-2013-1-50 raqamli «Xorijiy filologiya magistrlari uchun nazariy va amaliy chet tili (ingliz, fransuz, nemis va ispan) bo‘yicha yaratilgan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni takomillashtirish, nashrga tayyorlash va chop etish» mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 6 martdagi 89-03-1301-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi loyiha bo‘yicha tayyorlangan darslik, o‘quv-uslubiy majmua, elektron resurslarni terminologiya bo‘yicha eng so‘nggi ma’lumotlar va adabiyotlar bilan boyitishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.