Lokteva Nadejda Mixaylovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon matni

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «XXXXI asrlar bo‘sag‘asida Amerika adabiyotida “oilaviy xronika” janri (Enn Tayler va Juliya Al`vares ijodi asosida)», 10.00.04–Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fil.46.

Ilmiy rahbar: Lixodzievskiy Anatoliy Stepanovich,filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya ishi bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.21.01.

Rasmiy opponentlar: Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich, filologiya fanlaridoktori, professor; Nizamova Munira Nizomovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.

II. Tadqiqotning maqsadi: XX–XXI asrlar bo‘sag‘asi AQSh adabiyotida “oilaviy xronika” janrining xususiyatlarini Juliya Al`vares va Enn Tayler ijodi misolida yoritib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Rossiya va AQSh adabiyotshunoslarining oilaviy xronika janri, uning genezisi va taraqqiyoti xususidagi nazariy qarashlaridagi «family saga», «family chronicle» va «semeynaya xronika» o‘rtasidagi  farqlar isbotlangan;

oila xronikalarida oilaning bir necha avlodi hayoti, shaxsning individual muammolari, personajlarning ma’naviy, psixologik izlanishlari tasvirlanishi va gumanizm yoqlanishi kabi tipologik o‘xshashliklar bilan birga E.Tayler asarlarida Amerika oilalarining parchalanishi, J.Al`vares dilogiyasida esa, aksincha, immigrantlarning AQSh hududida jipslashishi bosh mavzu ekanligi to‘g‘risidagi prinsipal farqlar isbotlangan;

adibalar asarlarida oila an’analari, ijtimoiy-etik muammolari qahramonlar xarakterlaridagi ijobiy va salbiy o‘xshashlik hamda farqlar asoslangan, ijtimoiy muhit personajlar tabiatining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatishi dalillangan;

E.Tayler va J.Al`vares romanlarining personajlari oilalarining Amerikacha an’analarni anglashi va o‘zga madaniyatli jamiyatga qo‘shilishlari jarayonida turfa o‘zgarishlarni boshdan kechirishlari to‘g‘risidagi badiiy konsepsiya asoslangan;

XX–XXI asrlar bo‘sag‘asi AQSh adabiyotida oila mavzusida asarlar yaratayotgan yozuvchilarining yangi avlodining paydo bo‘lishi, buning natijasida ularning qalamiga mansub oila xronikalarida Amerika muhojirlarining hayoti tasvirlanishi aniqlangan.  

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Zamonaviy Amerika adabiyotining ikki yirik vakili Enn Tayler va Juliya Al`vares ijodini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:

amerikanizm va badiiy tarjima uslubi bilan bog‘liq muammolar tasviri natijalaridan A-1-209 raqamli “Madaniyatlararo va kommunikativ yondashuv asosida magistratura ixtisosliklari uchun nazariy fanlar bo‘yicha ingliz tilida darsliklar hamda o‘quv qo‘llanmalarini yaratish va lingvistik atamalarning o‘zbekcha-inglizcha-ruscha lug‘atini yaratish” mavzuidagi ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 21 fevraldagi 89-03-808-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiya materiallari “Madaniyatlararo muloqot” va “Badiiy matn stilistikasi” o‘quv qo‘llanmalarining nazariy va amaliy jihatlarini yaratishda hamda turli lug‘at va darsliklarni tuzishda “oilaviy xronika” janrining o‘ziga xos xususiyatlarini yaxshiroq yoritishga yordam bergan;

E.Tayler va J.Al`vares ijodi, dunyoqarashni tasvirlash mahoratidagi o‘ziga xos usullar bo‘yicha olingan natijalardan Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyining “O‘zbekiston va jahon adabiyotida umuminsoniy mavzular” nomli ekspozisiyasida foydalanilgan (O‘zR Fanlar Akademiyasining 2018 yil 17 apreldagi 311255-979-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiyot muzeyiga tashrif buyuruvchilarga XX–XXI asrlar bo‘sag‘asida Amerika yozuvchilari yaratgan “oilaviy xronika” bilan bog‘liq adabiy janrlar tug‘risida to‘liq tasavvur olish imkoniyati paydo bo‘lgan;

dissertatsiyada Enn Tayler va Juliya Al`varesning ezgulik, rahimdillik, sahovatlilik, insonparvarlik gumanistik falsafasi bo‘yicha qo‘lga kiritilgan natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanalining “Madaniy ma’rifiy va badiiy ko‘rsatuvlar” tahririyati tomonidan tayyorlangan “Bedorlik” turkum radioeshittirishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2017 yil 27 noyabrdagi OE/R-S-118-son ma’lumot-nomasi). Dissertatsiya materiallarini qo‘llash radiotinglovchilarni o‘zbek-amerika adabiy aloqalarining bugungi ahvoli, hozirgi zamon Amerika yozuvchilari yaratgan asarlarning janr xususiyatlari hamda ularda ko‘tarilgan oilaviy va umuminsoniy muammolar bilan yaqindan tanishtirgan;

“oilaviy xronika” janrining tarixi bilan bog‘liq natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi madaniyat ishlari vazirligi tomonidan tashkil etilgan Respublika baynalminal madaniyat markazining ilmiy faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining 2018 yil 6 apreldagi 1279-son ma’lumotnomasi). Natijada madaniyat ishlari vazirligining “Millatlararo munosabatlarning yanada va barqaror rivojlanishiga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazishni tashkil qilish” mavzusidagi tukum tadbirlarni o‘tkazishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish