Muratov Nuritdin Djabbarovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Rudali konlarda impregnirlangan olmosli koronkalari bilan burg‘ilashning ratsional texnologiyasini yaratish», 04.00.15–Geologik razvedka ishlari texnologiyasi va texnikasi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T677.

Ilmiy rahbar: Rozikov Odiljon Taxirjanovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mineral resurslar instituti DK.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mineral resurslar instituti DK, Geologiya va geofizika instituti, Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti, Seysmologiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.GM.40.01.

Rasmiy opponentlar: Raximov Anvarxodja Akbarxodjaevich, texnika fanlari doktori; Murtazaev Abdujabbor Mustafaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: rudali konlarda impregnirlangan olmos koronkalar bilan burg‘ilashning ratsional texnologiyasini yaratishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

rudali konlarning turli xil geologik-texnik sharoitlarga impregnirlangan olmosli koronkalar turlarini oqilona tanlash hamda baholashning texnik imkoniyatlari, texnologik talablari va ishlash rejimlariga muvofiqlik me’zonlari ishlab chiqilgan;

impregnirlangan koronkalarning quduq tubidagi tog‘ jinsiga berilgan kuchlanishining tarqalishi natijasida ularning tuzilishini zaiflashishi (Kosl), bo‘laklarga bo‘linishi va dastlabki parchalanish tekisligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik aniqlangan;

burg‘ilash valining bir marta aylanishi natijasidagi botish tezligi (h) ni boshqa parametrlar (aylanish tezligi, markaziy o‘q yuki, berilayotgan burg‘ilash suyuqligining miqdori, mexanik tezlik) bilan bog‘lagan holda jarayonni raqamli elektron axborotni o‘lchov-nazorat asbobi ekranida kuzatish orqali optimal boshqarilishi takomillashtirilgan;

quduq tubida burg‘ilash jarayonida hosil bo‘lgan shlam va undan tozalash uchun zarur yuvuvchi suyuqlik miqdorlarining garmonik mosligi koeffisienti (garmonik moslik koeffisienti Kg) aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Rudali konlarda impregnirlangan olmosli koronkalari bilan burg‘ilashning ratsional texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

rudali konlarning turli xil geologik-texnik sharoitlarga mos keluvchi qirqdan ortiq impregnirlangan olmosli koronkalarni tanlash va baholashning texnologik reglamentlari Zarmitan geologiya qidiruv va Sharqiy Qurama ekspedisiyalarining ob’ektlarida burg‘ilash jarayoniga joriy etilgan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2019 yil 7 yanvardagi 15/1-spr-son ma’lumotnomasi). Natijada ob’ektlarda burg‘ilash samaradorligini 22% ga, kern olishni 70% dan 95–100% ga oshirish hamda 1 pog.m burg‘ilashga ketgan olmos sarfini esa 1,03 karatdan 0,9 karatga kamaytirish imkonini bergan;

miqdoriy jihatdan asoslangan quduq tubida burg‘ilash natijasida hosil bo‘lgan shlam va undan tozalash uchun zarur yuvuvchi suyuqlikning garmonik mosligi (garmonik moslik koeffisienti Kg), hamda impregnirlangan koronkalarning quduq tubidagi tog‘ jinsiga berilgan kuchlanishining tarqalishi natijasida tog‘ jinsining tuzilishini zaiflashishi (Kosl) Kokpatas geologiya qidiruv ekspedisiyasining «Rudnaya zona» uchastkasida amaliyotga joriy etilgan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2019 yil 7 yanvardagi 15/1-spr-son ma’lumotnomasi). Natijada bir dona 28I4G markali impregnirlangan olmosli koronka bilan amaldagi 70–80 pog.m o‘rniga 120 pog.m o‘tish imkonini bergan;

burg‘ilash valining bir marta aylanishi natijasidagi botish tezligi (h)ni boshqa parametrlar (aylanish tezligi, markaziy o‘q yuki, berilayotgan burg‘ilash suyuqligining miqdori, mexanik tezlik) bilan bog‘lagan holda jarayonni raqamli elektron axborotni o‘lchov-nazorat asbobi ekranida kuzatish orqali boshqarish g‘oyasi Rossiya Federatsiyasining Orenburg burg‘ilash uskunalari zavodi hamda «Oltoygeomash» hissadorlik jamiyati faoliyatiga joriy etilgan («Altaygeomash» AJning 2017 yil 18 noyabrdagi 007-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘lchov-nazorat asboblarini takomillashtirish va burg‘ilash uskunalarini qo‘shimcha jihozlash imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish