Djalalova Shaxnoz Badambaevnaning
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida fan doktori (DSc) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yoqilg‘i va moylarni gidrotozalash jarayoni uchun katalitik sistemalar texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.08–Neft` va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/T209.
Ilmiy maslahatchi: Yunusov Miraxmat Pulatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01.
II. Ixtiroga patenti:
«Himoya qatlamning forkontaktini olish usuli», №IAR 03578-2008 y., O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2018 yil 11 iyuldagi 02-11/1852-son xulosasi; «Himoya qatlamning katalizatorini olish usuli», №IAP 05063-2015 y., O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2018 yil 11 iyuldagi 02-11/1891-son xulosasi; «Neft` farksiyalarini gidrotozalash katalizatori va uni tayyorlash usuli», №IAP 05423-2017 y., O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2018 yil 11 iyuldagi 02-11/1890-son xulosasi.
III. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolar asosida yoqilg‘i va moylarni gidrotozalash jarayoni uchun katalizatorlar sistemasini tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
IV. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy xomashyolar Angren kaolini, mineral to‘ldiruvchilar va ortofosfor kislotasi asosida mexanik mustahkam, kislota-asosli xossalari va geometrik formalari jihatdan optimal katalizatorlar sistemasining kaolinfosfatsement himoya qatlam forkontaktini tarkibi va olish texnologiyasi yaratilgan (№IAR 03578);
yaratilgan himoya qatlam bir vaqtda taqsimlash bilan birga forkontaktining shakli Rashig xalqa va g‘ovaklari hisobiga metal oksidlarini, smola asfal`tenlarni adsorbsiya qilishi, shu bilan birga regenratsiyalasharo ishlash vaqtini 50% oshishi isbotlangan (№IAR 03578);
tarkibida 2,5mas.%gacha V2O5 gamma oksid alyuminiy strukturasiga ega bo‘lgan polietilen ishlab chiqarish texnologiyasidagi ikkilamchi adsorbent va Angren kaolini asosida metalsizlantirish himoya qatlam katalizatorini olish tarkibi va texnologiyasi yaratilgan (№IAR 05063);
yirik dispersli ishlatilgan adsorbent zarralari va yupqa dispersli gidrooksid alyuminiy va kaolin zarralarining o‘zaro nisbati orqali metalsizlantirish himoya qatlam katalizatorining yirik g‘ovaklari ikki barobargacha ortishi aniqlangan (№IAR 05063);
past 3,0 MPa bosim va 300–3200S haroratda metalsizlantirish himoya qatlam katalizatorida metal birikmalarini 20% yutishi, asfal`tenlarni adsobsiyalashi 41mg/g, noorganik korroziya maxsulotlarini yutilishi 16%, shu bilan birga gidravlik qarshilikni kamayishi, mahsulotning rangi va kokslanishi kamayishi isbotlangan (№IAR 05063);
kobal`t, nikel`, molibden oksidlari va fosfor kislotasi bilan birgalikda limon kislotasi qo‘shilishi asosida xilat komplekslar orqali faol komponentalarining yuqori konsentarsiyasini shimdirish imkonini beruvchi yangi gidrotozalash katalizatorini olish texnologiyasi yaratilgan (№IAR 05423);
yaratilgan katalizator asosida moy va dizel` fraksiyalarini 3,0MPa, 4MPa, 5MPa bosimlarda va 3800Sda gidrotozalash respublika va jahon standartlariga to‘g‘ri kelishi asoslangan (№IAR 05423).
V. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy xomashyolar asosida yoqilg‘i va moylarni gidrotozalash jarayoni uchun katalizatorlar sistemasini tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yaratilgan himoya qatlam katalizatori Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida moyni gidrotozalash-G-24 sanoat qurulmasi №R-2 reaktoriga joriy etilgan («Oʻzbekneftgaz» AJning 2018 yil 13 sentyabrdagi 02/12-1-188-son ma’lumotnomasi). Natijada respublika standartlari talablariga mos moy fraksiyalari ishlab chiqarish hamda bir vaqtda reaktorda bosimlar farqini oshmasligi davomida teromregeneratsiyasiz uzluksiz ishlash imkonini bergan;
yaratilgan himoya qatlamning forkontakti Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida dizel` distillyatini gidrotozalash-GDS sanoat qurulmasiga joriy etilgan («Oʻzbekneftgaz» AJning 2018 yil 13 sentyabrdagi 02/12-1-188-son ma’lumotnomasi). Natijada davlat standart talablariga javob beruvchi dizel` yoqilg‘isi ishlab chiqish, bosim oshish farqi kamaytirish, smolali birikmalar yutilish va jarayon bir tekis olib borilish imkonini bergan;
yaratilgan himoya qatlamning forkontakti Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida
G-24 qurulmasi moy ishlab chiqarish jarayoniga joriy etilgan («Oʻzbekneftgaz» AJning 2018 yil 13 sentyabrdagi 02/12-1-188-son ma’lumotnomasi). Natijada reaktor ichida xomashyoni bir tekis taqsimlanish, massa almashinuvni takomilashtirish, kokssimon birikmalar forkontakt yuzasida yutilish va jarayonni samaradorligini oshirish imkonini bergan;
yaratilgan himoya qatlam forkontakti va metalsizlantirish katalizatorlari Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi G-24 qurulmasining №R-3 reaktoriga joriy etilgan («Oʻzbekneftgaz» AJning 2018 yil 13 sentyabrdagi 02/12-1-188-son ma’lumotnomasi). Natijada xorijdan olib kelinadigan katalizatorlarni 100%ga almashtirish, regeneratsiyalasharo ishlash vaqtini 50% oshirish imkonini bergan;
yaratilgan gidrotozalash katalizatorlari Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi G-24 qurulmasining №R-2 reaktoriga joriy etilgan («Oʻzbekneftgaz» AJning 2018 yil
13 sentyabrdagi 02/12-1-188-son ma’lumotnomasi). Natijada xorijdan olib kelinadigan katalizatorlarni 100%ga almashtirish va tayyor mahsulotning sifatini 21%ga oshirish hamda yaratilgan katalitik sistemani qo‘llanilish hisobiga 3,5 mlrd. so‘mdan ortiq umumiy iqtisodiy samara olish imkonini bergan.