Ro‘ziev Dilshod Ubaydullaevichning
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Asetilenni gidratlab atseton va atsetal`degidni birgalikda olish uchun yangi katalitik sistemalar yaratish», 02.00.14–Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T975.
Ilmiy rahbar: Muxiddinov Baxodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolar asosida atseton va atsetal`degidni birgalikda olish uchun yangi katalizatorlar yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
atsetilendan bir vaqtning o‘zida atsetal`degid (58,6 %) va atseton (34,8%) olish uchun mahalliy xomashyolar rux oksidi, kadmiy oksidi, kaolin asosida katalizator tarkibi va olish texnologiyasi yaratilgan (№IAR 05230);
yaratilgan katalizator ishlatilishi natijasida atsetilen konversiyasi 21,4 %ga oshishi, reaksiya jarayoni harorati 600 S ga kamayishi va regeneratsiyagacha ishlash vaqti 61 %ga oshishi isbotlangan (№IAR 05230);
atsetilendan bir vaqtning o‘zida atseton (56,7 %) va atsetal`degid (32,8%) olish uchun mahalliy xomashyolar rux oksidi, mis (II) oksidi, bentonit asosida katalizator tarkibi va olish texnologiyasi yaratilgan (№IAR 05320);
yaratilgan katalizator ishlatilishi natijasida atsetilen konversiyasi 17,5 %ga oshishi, reaksiya jarayoni harorati 58 0Sga kamayishi va regeneratsiyagacha ishlash vaqti 60 %ga oshishi isbotlangan (№IAR 05320);
atsetal`degid va atseton hosil bo‘lish nisbati katalizator tarkibidagi moddalar miqdoriga bog‘liqligi aniqlangan (№IAR 05230; №IAR 05320).
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Asetilenni gidratlash yo‘li bilan atseton va atsetal`degidni birgalikda olish uchun yangi katalitik sistemalar yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yaratilgan katalizatorlarni olish tartibi va texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK AJda amaliyotga joriy etilgan («Elektrokimyozavod» QK AJning 2018 yil 12 dekabrdagi 2090-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy xomashyolar rux oksidi, kadmiy oksidi, kaolin va rux oksidi, mis (II) oksidi, bentonit asosida atsetilendan bir vaqtning o‘zida har xil nisbatda atsetal`degid va atseton olish uchun katalizatorlar ishlab chiqarish va yiliga 0,5 mlrd. so‘mdan ortiq iqtisodiy samara olish imkonini bergan;
yaratilgan katalizatorlar «Navoiyazot» AJda atsetilendan bir vaqtning o‘zida atsetal`degid va atseton olishga joriy etilgan («Navoiyazot» AJning 2018 yil 14 dekabrdagi 3741-son ma’lumotnomasi). Natijada atsetilendan bir vaqtning o‘zida atsetal`degid va atseton olishda atsetilen konversiyasini 17,5–21,4 %ga oshirish, reaksiya jarayoni haroratini 60 0Sga kamaytirish va katalizatorlarni regeneratsiyagacha ishlash vaqtini 61 %gacha oshirish va 1,2 mlrd. so‘mdan ortiq iqtisodiy samara olish imkonini bergan.
V. Ixtiroga patenti. «Aseton va atsetal`degidni birgalikda olish uchun katalizator»ga berilgan ixtiro patentiga (№IAR 05230-2016 y.) O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2017 yil 5 oktyabrdagi 02-11/2634-son xulosasi; «Aseton va atsetal`degidni birgalikda olish uchun katalizator»ga berilgan ixtiro patentiga (№IAR 05320-2016 y.) O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2018 yil 11 iyundagi 02-11/1561-son xulosasi.