Raxmatova Muqaddas Xoltaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ingichka ichak shilliq pardasi immun tizimining va moslashuv reaksiyalarning postnatal ontogenezidagi shakllanishi», 14.00.02–Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib31.
Ilmiy maslahatchi: Yuldashev Akram Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06. 2017.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Narimon Gulyamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sagatov Tulagan Agzamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Blinova Sof`ya Anatol`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samara davlat tibbiyot universsiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ichak mikrobiotsenozi ingichka ichak shilliq pardasining integrativ va adaptiv xususiyatlari va immun tizimining shakllanishiga ta’sirini tajriba sharoitida baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor ingichka ichakning steril va normal mikroflora sharoitida kalamushlarda, yoshga ko‘ra dinamikada ingichka ichak shilliq pardasining shakllanishi morfologik, morfometrik, ul`trastruktur va radioavtografik xususiyatlari solishtirma tahlil qilingan;
mikrobsiz va laktobatsillalar bilan assotsiatsiyalangan kalamushlarda, ingichka ichak shilliq pardasi immun tizimining morfologik, morfometrik, ul`trastruktur va radioavtografik xususiyatlari yoshga ko‘ra dinamikada solishtirma tahlil asosida isbotlangan;
ingichka ichak shilliq pardasi epiteliysi va immun tizimi hujayralarining o‘zaro munosabatlari va integratsiyasi, ingichka ichakning steril va normal mikroflora sharoitida asoslangan;
postnatal rivojlanishda ingichka ichak shilliq pardasi immun tizimining ichakdagi hazm va so‘rilish jarayonlaridagi, shuningdek ichki muhit doimiyligini saqlashdagi muhim o‘rni isbotlangan;
mikrobsiz va laktobatsillalar bilan assotsiatsiyalangan kalamushlarda ingichka ichak shilliq pardasi limfoid to‘qimasi hujayralari (peyer pilakchalari) kinetikasini o‘rganish asosida struktur-funksional zonalari o‘zaro munosabatlarining xususiyatlari va shilliq pardalar immun tizimining afferent zvenosida limfotsitlar populyasiyalari resirkulyasiyasining xususiyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ingichka ichak shilliq pardasi immun tizimining va moslashuv reaksiyalarning postnatal ontogenezidagi shakllanishi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Ingichka ichak xazm so‘ruvchi konveyr mexanizmlarning shakllanishi va gomestazning boshqarish tizimi» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 18 maydagi 8n-d/116-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma ingichka ichakda hazm so‘ruvchi jarayonlarning shakllanishi va gomestazining boshqarilishi mexanizmlarini yoritish imkonini bergan;
ingichka ichak shilliq pardasi immun tizimi va adaptiv reaksiyalarning postnatal ontogenezda shakllanishiga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyoti, jumladan, Toshkent davlat stomatologiya va Toshkent pediatriya tibbiyot institutlarining klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 7 noyabrdagi 8n-z/186 son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi organizmning immun, hazm-so‘ruvchi, nerv va endokrin tizimlari faoliyatini oshirish, yakuniy ovqatlanishga o‘tish, shuningdek ichakning birlamchi va keyingi mikroflora bilan egallanishi dinamikasida rivojlanishi, hazm va so‘rilish jarayonlarini optimallashtirish, bolalar va kattalar o‘rtasidagi ko‘plab kasalliklarni samarali davolash va profilaktikasini amalga oshirishni ta’minlash imkonini bergan.