Tashnazarov Samiddin Nizamovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida moliyaviy hisobotning nazariy va metodologik asoslarini takomillashtirish», 08.00.08–Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Iqt49.

Ilmiy maslahatchi: Urazov Komil Baxromovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.

Rasmiy opponentlar: Kurbanov Ziyat Niyazovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tuychiev Alisher Jo‘raevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Dusmuratov Radjapbay Davlatbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida moliyaviy hisobotning nazariy va metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

moliyaviy hisobotning qamrab olayotgan axborotlarini belgilash orqali “moliyaviy hisobot” hamda amalga oshirish ketma-ketligi va qayta tashkil etish jarayoniga aniqlik kiritish yo‘li bilan “moliyaviy hisobot transformatsiyasi” tushunchalari ta’riflari takomillashtirilgan;

zamonaviy yondashuvlar asosida moliyaviy hisobotning aktivlari qiymati va majburiyatlarini baholash  hamda xususiy kapitali elementlari o‘zgarishini hisobga olishning uslubiy tartib-qoidalari takomillashtirilgan;

xalqaro talablardan kelib chiqib, buxgalteriya balansida aktivlar va majburiyatlar tarkibi hamda moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotning yangi shakli ishlab chiqilgan;

ilg‘or xorijiy tajribalar asosida “Pul oqimlari haqidagi hisobot”ning mazmuni va tarkibi takomillashtirilgan hamda hisobotni bevosita va bilvosita usullarda tuzishda transformatsiya formulalari ishlab chiqilgan;

“Xususiy kapitalning o‘zgarishi to‘g‘risidagi hisobot”ning mazmuni va uning tarkibini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiqlashtirish asosida ushbu hisobotning yangi shakli ishlab chiqilgan;

“Foyda va zararlar hamda boshqa to‘plam daromadlar to‘g‘risidagi hisobot”, “Mahsulot (ish, xizmatlar) tannarxi to‘g‘risidagi hisobot”larning shakllari hamda ushbu hisobotlarni tuzishda veriaybl kosting (variable costing) tizimini qo‘llashning uslubiy tartibi takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida moliyaviy hisobotning nazariy va metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflari asosida:

“moliyaviy hisobot” hamda “moliyaviy hisobotning transformatsiyasi” tushunchalariga takomillashgan ta’riflari  5A230901 – “Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)”, 5A230902 – “Audit (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” mutaxassisliklari talabalari uchun tavsiya etilgan “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari” fani bo‘yicha muallif tomonidan yozilgan darslikka kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 14 iyundagi 531-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan mualliflik guvohnomasi). Ushbu ta’riflarning darslikka kiritilishi moliyaviy hisobotning nazariy asoslarini takomillashtirishga hamda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilgan;

zamonaviy yondashuvlar asosida moliyaviy hisobotning aktivlar, majburiyatlar hamda xususiy kapital elementlarini baholash va hisobga olish bo‘yicha uslubiy tartib-qoidalarini takomillashtirish bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Auditorlar palatasi tomonidan moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etishga oid uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Auditorlar palatasining 2018 yil 19 oktyabrdagi 90/1-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning joriy qilinishi orqali aktivlar, majburiyatlar hamda xususiy kapitalni baholash va hisobga olish tartib-qoidalarini takomillashtirishga hamda moliyaviy hisobotning me’yoriy-huquqiy asoslarini mustahkamlashga erishilgan;

xalqaro talablardan kelib chiqib, buxgalteriya balansida aktivlar va majburiyatlar tarkibini takomillashtirish bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 1 fevraldagi 16-son “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to‘ldirish qoidalariga o‘zgartirish kiritish haqidagi” buyrug‘ida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 31 maydagi AK 17-01-35/317-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi axborot foydalanuvchilarning ehtiyojlariga monand holda moliyaviy holatni yorqin aks ettirish imkoniyatini bergan;

ilg‘or xorijiy tajribalar asosida pul oqimlari haqidagi hisobotning mazmuni va tarkibini takomillashtirish bo‘yicha takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 1 fevraldagi 16-son “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to‘ldirish qoidalariga o‘zgartirish kiritish haqidagi” buyrug‘ida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 31 maydagi AK 17-01-35/317-son ma’lumotnomasi) hamda hisobotning yangi shakli va hisobotni bevosita va bilvosita usullarda tuzishda transformatsiya formulalari O‘zbekiston Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi va O‘zbekiston Auditorlar palatasi tomonidan moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etishga oid uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasining 2018 yil 22 oktyabrdagi 108-son va O‘zbekiston Auditorlar palatasining 2018 yil 19 oktyabrdagi 90/1-son ma’lumotnomalari). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy qilinishi pul oqimlari haqidagi hisobot sifatining oshishi hamda xalqaro tajribalardagi bevosita va bilvosita usullarning qo‘llanilishini ta’minlagan;

xususiy kapitalning o‘zgarishi to‘g‘risidagi hisobotning mazmuni va uning tarkibini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiqlashtirish asosidagi hisobotning yangi shakli O‘zbekiston Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi va O‘zbekiston Auditorlar palatasi tomonidan moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etishga oid uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasining 2018 yil 22 oktyabrdagi 108-son va O‘zbekiston Auditorlar palatasining 2018 yil 19 oktyabrdagi 90/1-son ma’lumotnomalari). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy qilinishi moliyaviy hisobot shakllarining bir-biriga uzviy bog‘liqligini hamda hisobotlarning moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida tranformatsiyasini ta’minlagan;

foyda va zararlar hamda boshqa to‘plam daromadlar to‘g‘risidagi hisobot va mahsulot (ish va xizmatlar) tannarxi to‘g‘risidagi hisobotlarning shakllari hamda ushbu hisobotlarni tuzishda veriaybl kosting (variable costing) tizimini qo‘llashning uslubiy tartibi O‘zbekiston Auditorlar palatasi va O‘zbekiston Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi tomonidan moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etishga oid uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Auditorlar palatasining 2018 yil 19 oktyabrdagi 90/1-son va O‘zbekiston Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasining 2018 yil 22 oktyabrdagi 108-son ma’lumotnomalari). Ushbu tavsiyalarning amaliyotga joriy etilishi korxonalarda boshqa to‘plam daromadlarni tahlil qilish hamda doimiy xarajatlarni nazorat qilish imkoniyatini oshirish orqali mahsulot birligi tannarxini kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish