Mirsolieva Muhabbat Tuxtasinovnaning

fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish», 13.00.07–Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/Ped9.

Ilmiy maslahatchi: Musurmanova Aynisa, pedagogika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Bosh ilmiy metodik markaz, DSc.30.05.2018.Ped.68.01.

Rasmiy opponentlar: Ismailova Zuxra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Ismadiyarov Yashin Utkirovich, pedagogika fanlari doktori; Olimov Kaxramon Tanzilovich, pedagogika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining kasbiy kompetentligining rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

OTM rahbar va pedagog kadrlarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish  arxitektonikasi akmeologik mezonlar (kasbiy motivatsiya, shaxsiy-kasbiy sifatlar, o‘zini o‘zi boshqarish, refleksivlik, kreativlik)ning faoliyat talablari va kasbiy rivojlanish metodologiyasi bilan integrativ uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;

rahbar va pedagog kadrlarning kompetensiyalar modeli va klasterli tuzilmasi ta’limni modernizatsiyalash sharoitida ularni kasbiy tayyorgarligi mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan malaka talablari hamda koorporativ(tayanch) va metakompetensiyalar tizimini (ijtimoiy, kognitiv, funksional) integratsiyalash asosida ishlab chiqilgan;

OTM rahbar va pedagog kadrlari kasbiy kompetentligini rivojlantirishning impakt monitoring tizimi, ta’lim dasturlarini tabaqalashtirish hamda muqobil malaka oshirish shakllarini andragogik ta’lim talablariga muvofiqlashtirish asosidagi tashkiliy-boshqaruv mexanizmlari aniqlangan;

kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning tashkiliy-didaktik mexanizmlari loyihaviy ta’lim, aralash o‘qitish, t`yutorlik xizmati va innovatsion-interaktiv texnologiyalarga asoslangan variativ axborot-metodik ta’minotni ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;

rahbar va pedagog kadrlar kasbiy kompetentligini kvalimetrik mexanizmlari kompetentlik darajasini baholashning informatsion va analitik mezonlarini integral diagnostik texnologiyalar (bio portfolio, test sinovlari, «assessment centre») va indikatorli tuzilma bilan ma’qbul uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlari kasbiy kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:

kasbiy kompetentlikni rivojlantirish mazmuni va mexanizmlarini takomillashtirishda akmeologik mezonlar (kasbiy motivatsiya, shaxsiy-kasbiy sifatlar, o‘zini o‘zi boshqarish, refleksivlik, kreativlik)ning faoliyat talablari va kasbiy rivojlanish metodologiyasi bilan integrativ uyg‘unligini ta’minlash tuzilmasidan ITD-1-Yo-14 raqamli «Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlari kasbiy kompetentligini uzluksiz rivojlantirishning informatsion-metodik ta’minotini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish: akmeologik yondashuv» loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 4 oktyabrdagi 89‑03‑3468‑son ma’lumotnomasi). Kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning mazkur tuzilmasi oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining ko‘p bosqichli uzluksiz malaka oshirish tizimi tashkiliy mexanizmlarini ishlab chiqish imkonini bergan;

rahbar va pedagog kadrlarning koorporativ (tayanch) va metakompetensiyalar (ijtimoiy, kognitiv, funksional) tizimi integratsiyasiga asoslangan kompetensiyalar modelidan «Pedagogika» ta’lim sohasi va «Ta’lim menejmenti» yo‘nalishi bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish mazmuni va ularning tayyorgarligi hamda kompetentligiga qo‘yiladigan malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 4 oktyabrdagi 89-03-3468-son ma’lumotnomasi). Mazkur modelning joriy etilishi oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarining kompetentli yondashuv asosidagi zamonaviy didaktik ta’minotini ishlab chiqish imkonini bergan;

oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlarida kreativlik, innovatsion kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi PQ‑3775‑sonli «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ilovasi «Yo‘l xaritasi«ning 34-bandiga kiritilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 4 oktyabrdagi 89‑03‑3468‑son ma’lumotnomasi). Natijada rahbar kadrlarning malakasini oshirish kurslari o‘quv rejalariga innovatsion kompetentlikni rivojlantirish, ta’limdagi innovatsion jarayonlarni boshqarishga qaratilgan modullar kiritilgan, ta’lim dasturlari va o‘quv-metodik ta’minotini  takomillashtirishga xizmat qilgan;

rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlarida o‘qitish shakllari va uslublarini takomillashtirish, o‘quv jarayoniga innovatsion ta’lim va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish mexanizmlari bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 avgustdagi 242-son Qarori bilan tasdiqlangan «Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish to‘g‘risida Nizom» mazmuniga kiritilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 4 oktyabrdagi 89‑03‑3468‑son ma’lumotnomasi). Natijada rahbar va pedagog kadrlar kasbiy kompetentligini baholashning assessment texnologiyalari, integrallashgan keyslar bazasi, ommaviy ochiq onlayn kurslarning zamonaviy metodologiyasini yaratigan, malaka oshirish kurslarining masofaviy ta’lim texnologiyalar asosidagi tashkiliy-didaktik mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;

OTM rahbar va pedagog kadrlari kasbiy kompetentligini rivojlantirish jarayonlarining integral monitoringini olib borish, qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlaridagi o‘qitish sifatini nazorat qilish mexanizmlari oliy ta’lim tizimi rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimiga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2016 yil 15 avgustdagi 343-son buyrug‘i bilan joriy etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 4 oktyabrdagi 89‑03‑3468‑son ma’lumotnomasi). Natijada qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridagi o‘qitish sifati darajasini milliy va xalqaro standartlarga mosligini ta’minlashga xizmat qiluvchi ichki va tashqi nazorat mexanizmlari takomilashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish