G‘aybullaev G‘ulom Saydalimovichning

dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida fan doktori (DSc) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Intensiv tipdagi don sifati kuchli, qimmatbaho yumshoq bug‘doy navlarini yaratish», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/Qx113.

Ilmiy maslahatchi: Xalilov Nasriddin, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Samarqand veterinariya medisinasi instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.

O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan: kuzgi yumshoq bug‘doyning «Jasmina» navi (№NAR 00196, 27.03.2018 y.); kuzgi yumshoq bug‘doyning «Farboma» navi (№NAR 00198, 27.03.2018 y.); kuzgi yumshoq bug‘doyning «Amira» navi (№NAR 00197, 27.03.2018 y.).

O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2019 yil 14 yanvardagi 02-11/120; 02-11/121; 02-11/122-son xulosalari.

II. Tadqiqotning maqsadi: sug‘oriladigan erlar uchun intensiv tipdagi serhosil, tezpishar, kasallik va zararkunandalarga, yotib qolishga chidamli, don sifati kuchli hamda qimmatli bug‘doy talablariga javob beradigan kuzgi yumshoq bug‘doy navlarini yaratishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor yumshoq bug‘doy seleksiyasi uchun jahon kolleksiyasidan dastlabki ashyo sifatida hosildor, don sifati kuchli va qimmatbaho bug‘doy talablariga javob beradigan, kasallik va zararkunandalarga va yotib qolishga chidamli nav namunalari aniqlangan;

yumshoq bug‘doyning nav va namunalari ishtirokida yaratilgan duragaylarda qimmatli xo‘jalik belgi va xususiyatlarning irsiylanish qonuniyatlari asoslangan;

qimmatli xo‘jalik-biologik xususiyatlarga ega nav va nav namunalari asosida yaratilgan duragay populyasiyalari ichidan yangi tizmalar tanlab olingan;

intensiv tipdagi yangi serhosil, don sifati kuchli va qimmatbaxo bug‘doy talablariga javob beruvchi «Jasmina», «Farboma», «Amira» navlari yaratilgan;

yaratilgan yumshoq bug‘doyning «Jasmina», «Farboma» va «Amira» navlarining birlamchi urug‘chilik tizimi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Sug‘oriladigan maydonlar uchun intensiv tipdagi serhosil, tezpishar, kasallik va zararkunandalarga, yotib qolishga chidamli, don sifati kuchli hamda qimmatli bug‘doy talablariga javob beradigan navlar yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:

andoza navlarga nisbatan hosildor, don sifati yuqori intensiv tipdagi kuzgi yumshoq bug‘doyning 3 ta yangi «Jasmina», «Farboma» va «Amira» navlari yaratilgan. (Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasining 2019 yil 10 yanvardagi T/6-4-19-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida ushbu bug‘doy navlari ekin maydonlarining kengayishiga erishilgan;

kuzgi yumshoq bug‘doyning «Jasmina» navi 2016 yil Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Surxandaryo, Navoiy, Jizzax viloyatlari uchun va «Farboma» navi 2019 yil Samarqand va Navoiy viloyatlari uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish uchun davlat reestriga kiritilgan (Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasining 2019 yil 10 yanvardagi T/6-4-19-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida ushbu navlardan fermer xo‘jaliklarida andoza navlarga nisbatan 10-12 sentnergacha qo‘shimcha don hosili olingan va don sifati yuqori bo‘lishiga erishilgan;

kuzgi yumshoq bug‘doyning yangi yaratilgan «Jasmina» (NAP 00196), «Farboma» (NAP 00198) va «Amira» (NAP 00197) navlariga Intellektual mulk agentligining seleksiya yutug‘iga patentlari olingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 22 yanvardagi 02/121-28-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu kuzgi bug‘doy navlari  sug‘oriladigan mintaqalar fermer xo‘jaliklarida ekish uchun keng maydonlarga ekish uchun joylashtirilgan;

kuzgi yumshoq bug‘doyning yangi «Jasmina», «Farboma» va «Amira» navlari 2014-2018 yillarda Samarqand viloyatining g‘allachilik fermer xo‘jaliklari sug‘oriladigan maydonlariga jami 31733 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 22 yanvardagi 02/121-28-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida «Jasmina» navidan o‘rtacha gektaridan 69,5 sentner, «Farboma» navidan 68 sentner va «Amira» navidan 67,8 sentner don hosili etishtirilgan, rentabellik darajasi 62-65 foizni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish