Raximov Nodir Maxammatkulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Regionar limfa tugunlarida metastaz bo‘lgan buyrak hujayrali saratonini tashxislash va davolashda yangi yondashuvlarni ishlab chiqish», 14.00.14–Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Tib253.
Ilmiy rahbar: Tillyashayxov Mirzagaleb Nigmatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04.12.2018.Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Abduvoxid Valievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Allazov Salax Allazovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Polatova Djamilya Shagayratovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: N.N. Bloxin nomidagi Rossiya onkologiya ilmiy markazi federal davlat byudjet muassasasi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: regionar limfa tugunlarida metastaz bo‘lgan buyrak hujayrali saratonini tashxislash va davolash taktikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy tarqalgan buyrak saratonida o‘sma hujayralari faolligining morfologik hamda immunogistokimyoviy ko‘rsatkichlari yuqori metastatik potensialga moyil omillarni tanlashga asoslangan;
limfogen metastazlarni ul`tratovushli (UTT) hamda magnitli rezonans tomografik (MRT) tashxislashdan kompyuter tomografik tashxisotida saratonni mahalliy tarqalishini baholash tartibining samaradoriligi isbotlangan;
mahalliy limfa tugunlari va magistral qon tomirlariga kirish qorin parda orti bo‘shlig‘i orqali Treys boylamini kesish bilan jarrohlik usuli takomilashtirilgan;
ad’yuvant target terapiyaning optimal sxemasi limfa tugunlariga metastazlar bilan buyrak saratonini davolashni kiritish asosida takomilashtirilgan;
buyrak saratonida VEGF-S immunogistokimyoviy markerlari, limfodisseksiya va target terapiya turini tanlash imkonini beruvchi markerlar asosida ad’yuvant target davolash tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqotnatijalariningjoriyqilinishi.
Regionar limfa tugunlarida metastaz bo‘lgan buyrak hujayrali saratonini tashxislash va davolashda yangi yondashuvlarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Buyrak hujayrali saratonida mahalliy limfa tugunlari va intralyuminar venalar trombozini tashxislash uchun noinvaziv usullar» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 19 iyundagi 8n-r/171-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma buyrak hujayrali saratonida mahalliy limfa tugunlari va intralyuminar venalar trombozini tashxislashda noinvaziv usullarni takomillashtirish imkonini bergan;
«Buyrak hujayrali saratoni regional limfa tugunlariga xirurgik yondashish tizimi» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 24 dekabrdagi 8n-r/365-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma buyrak hujayrali saratonining limfa tugunlariga kirib borish zamonaviy xirurgik usulini joriy qilish va xirurgik amaliyoti samarasini takomillashtirish imkonini bergan;
«Buyrak saratonini limfatik mestazlarni nurli tashxisi» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 24 dekabrdagi 8n-r/367-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma buyrak saratonida limfatik metastazlarni UTT, MSKT va MRT insturmental usulari yordamida samarali tashxislash imkonini bergan;
regionar limfa tugunlarida metastaz bo‘lgan buyrak xujayrali saratonini tasxishlash va davolashda yangi yondashuvlarni ishlab chiqish va oldini olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy onkologiya va radiologiya tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi onkologiya va radiologiya markazining Sirdaryo, Navoiy, Buxoro va Qashqadaryo viloyati filiallari mahalliy dispanser bo‘limlariga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 24 yanvardagi 8n-z/6-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tadqiqot natijalari asosida buyrak hujayrali rakida limfa tugunlari metastatik zararlangan bemorlarga ixtisoslashgan yuqori texnologiyali tibbiy yordam ko‘rsatish doirasini kengaytirish imkonini bergan.