Azizova Nigora Davlyatovnaning

fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalar bronxial astmasida metabolik sindrom (klinikasi, tashxisi va davolash)», 14.00.09–Pediatriya (tibbiyot fanlari).

Disertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSs/Tib59.

Ilmiy maslahatchi: Shamsiev Furkat Muxitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSs.27.06.2017.Tib.29.01.

Rasmiy opponentlar: Shamsiev Fazlitdin Sayfutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Bobomuratov Turdikul Akramovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aliev Axmadjon Lutfullaevich, tibbiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: A.A.Bogomol`s nomidagi Milliy tibbiyot universiteti (Kiev, Ukraina).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: bronxial astma bilan kasallangan bolalarda metabolik sindromning uchrash darajasi, rivojlanish xavf omillari, tashxislash va davolashga kompleks yondashishni ishlab chiqish uchun uning klinik-laborator xususiyatlarini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor bronxial astma bilan kasallangan bolalarda metabolik sindromning uchrash darajasi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi irsiy moyillik, arterial gipertenziya, noto‘g‘ri ovqatlanish, sust jismoniy harakat, tana vaznining oshishi (+2SO va +3SO) xavf omillari ekanligi isbotlangan;

bronxial astma bilan kasallangan maktab yoshidagi bolalarda metabolik sindromining klinik-biokimyoviy xususiyatlari va uning ko‘rinishlarini erta tashxislashda insulinorezistentlik, dislipidemiya va uglevodlar almashinuvining buzilishi asosiy sabab bo‘lishi aniqlangan;

bronxial astmali bolalarda metabolik sindrom rivojlanishida interleykinlar IL-1β, IL-4, IL-6, IL-8 va FNO-α miqdorini aniqlash orqali yallig‘lanish oldi va yallig‘lanishga qarshi sitokinlarning informativligi va ularning o‘zaro bog‘liqligi isbotlangan;

ilk bor bronxial astma bilan kasallangan bolalarda metabolik sindrom alomatlarini hisobga olgan holda kasallikning qaytalanish darajasini pasaytirish, hurujlar orasidagi davrni uzaytirish va noxush oqibatlarning oldini olish imkonini beruvchi erta tashxislash va davolash usuli ishlab chiqilgan;

kasallikning uzoq muddatli remissiyasiga erishish bilan ifodalanuvchi insulinrezistentlik, uglevod va lipid almashinuvi (tana vazni dinamikasi, tana vazni indeksi, sistolik arterial bosim, umumiy xolesterin, yuqori zichlikdagi lipoproteidlar) va sitokin holatiga  ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi metformin dori vositasidan foydalangan holda BAning differensiallangan davolash usullari takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Bronxial astma bilan kasallangan bolalarda metabolik sindromni tashxislash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha  olingan ilmiy natijalar asosida:

“Bronxial astma bilan bemor bolalarda metabolik sindrom. Tashxislash, klinikasi, davolash va profilaktikasi xususiyatlari” uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2013 yil 25 martdagi 8nd/38-son ma’lumotnomasi). Tavsiya etilgan uslublarning joriy etilishi metabolik sindrom fonida BA bemor bolalarni differensial tashxislash va davolashni yaxshilash imkonini bergan, bu o‘z navbatida bemorlar hayot sifatini yaxshilash va kasallikni qaytalanish darajasini kamaytirishga xizmat qilgan;

“Bronxial astma bo‘lgan bolalarda metabolik sindromni tashxislash va davolash tamoyillari” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 30 iyuldagi 8n-r/208 son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarning amaliyotga joriy etilishi natijasida BA va metabolik sindromda kasallikning qaytalanish darajasini ikki martaga kamayishiga, immunologik va funksional ko‘rsatkichlarning turg‘unlashishiga olib kelgan;

“Bronxial astmali bolalarda metabolik sindrom rivojlanishi xavfini bashoratlash va uning reabilitatsiyasi” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil  30 iyuldagi 8n-r/212-son ma’lumotnomasi). BA bolalarda MS rivojlanish xavfini bashoratlash uslubini qo‘llash, reabilitatsiya usullarini inobatga olgan holda, asosiy kasallikning qaytalanish darajasini kamayishiga va ushbu sindrom rivojlanishining oldini olishga olib kelgan;

metabolik sindrom fonida bronxial astma bilan kasallangan bolalarni tashxislash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining pulmonologiya va allergologiya bo‘limlariga, Toshkent shahar 3-son bolalar klinik shifoxonasiga, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari amaliyotiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 24 dekabrdagi 8n-z/245-son ma’lumotnomasi). Tavsiya etilgan natijalarning joriy etilishi natijasida BA kasalligida qaytalanish darajasini 1,8 martaga kamayishiga, immunologik va funksional ko‘rsatkichlarning stabillashishiga, natijada uzoq muddatli remissiya va kasallikning ijobiy kechishiga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish